Djuraev Muzaffar Gulamjonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta xomashyosini iflosliklardan tozlash takrorligini boshqarishni tadqiq etish” 05.06.02 – “Paxta xomashyosini iflosliklardan tozlash takrorligini boshqarishni tadqiq etish” ixtisosligi (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1167
Ilmiy rahbar: Xakimov Sherqul Shergozievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.14.02 Rasmiy opponentlar: Rasulov Ruzimurad Xasanovich texnika fanlari doktori, dotsent; Abdullaev Sharofiddin Yusup o‘g‘li texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD)
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: UXK tozalash agregatining mayda iflosliklardan tozalash bo‘limini takomillashtirish asosida tozalash jarayonini boshqariladigan texnologiyasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta xomashyosini iflosliklardan tozalash jarayonida, jinlashdan oldin tavsiya etilgan ifloslik miqdoriga yetkazish uchun takrorlanuvchi boshqariladigan bo‘lim o‘rnatish asosida tozalash jarayoni takomillashtirilgan;
paxta oqimiga ta’sir qiluvchi havo tezligi va ajralgan mayda iflosliklar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik hisobga olinib, paxta bo‘lakchalari harakati ko‘rsatkichlariga asoslangan matematik model ishlab chiqilgan va mayda iflosliklarning chiqib ketishi jadallashtirilgan;
mayda iflosliklardan tozalash samaradorligi qoziqchali-plankali barabanning to‘rli yuza bo‘yicha harakatlanayotgan paxtaga ta’sir etuvchi kuchlar tahlili orqali aniqlangan;
rejalashtirilgan tajribaviy tadqiqotlar asosida qoziqchali barabandagi qoziqchali qatorlar soni va ular orasidagi masofaning o‘zgarishi isbotlangan hamda tozalash samaradorligining matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxta xomashyosini iflosliklardan tozalash mashinasining parametlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalari asosida:
Paxta xomashyosini iflosliklardan tozalash mashinasiga dastlabki talablar tasdiqlangan. (“O‘zbekiston Paxta-to‘qimachilik klasterlar” uyushmasining 2023-yil 24-noyabrdagi 03/22-911-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxtani mayda hamda yirik iflosliklardan tozalovchi UXK uskunasini takomillashtirilgan konstruksiyasini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.
Takomillashtirilgan UXK agregati Andijon viloyati “Marhamatekstil” MChJ qoshidagi O‘qchi paxta tozalash korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan. (Andijon viloyati Marxamat tumani «Marxamattekstil» MChJ ga qarashli “O‘qchi paxta tozalash” korxonasining 2023 yil 8 maydagi sinov, 2023 yil 17 maydagi joriy qilish dalolatnomalari va 2023 yil 24 maydagi joriy etishdan olingan iqtisodiy samara xisobi “O‘zbekiston Paxta-to‘qimachilik klasterlar” uyushmasining 2023-yil 24-noyabrdagi 03/22-911-son ma’lumotnomasi). Natijada, foydalanishdagi to‘g‘ridan to‘g‘ri harajatlar 1,1 martagacha kamaygan, tozalash samaradorligi 10-15 % ga yaxshilangan, takomillashtirilgan paxtani mayda xamda yirik iflosliklardan tozalash UXK agregatini sanoat usulida ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.