O‘rinov Eldor Fazliddin o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yomg‘irlatib sug‘orish (pivot) qurilmasining texnologik ish jarayonini takomillashtirish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/5443
Ilmiy rahbar: Xasanov Ibrohim Subxonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.17.03
Rasmiy opponentlar: Fayzullaev Xayriddin Alimurodovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xudayarov Zafar Jumaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yomg‘irlatib sug‘orish (pivot) qurilmasining asosiy konstruktiv va texnologik parametrlarini nazariy va eksperimental tadqiq etish asosida sug‘orishning bir xilligini oshirish, suv va energiya sarfini kamaytirishni ta’minlaydigan takomillashtirilgan pivot yomg‘irlatib sug‘orish qurilmasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
texnologik ish jarayoni takomillashtirilgan yomg‘irlatib sug‘orish (pivot) qurilmasining konstruktiv sxemasi sug‘orishning bir xilligi, suv va energiya sarfini kamaytirishni   ta’minlanishi lozimligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
yomg‘irlatib sug‘orish (pivot) qurilmasida sprinkler soplosi diametri, suv bosimi va yomg‘irlatish balandligining o‘zaro bog‘liq ta’sirini hisobga olgan holda suv sarfi va sepilish yuzasini ifodalovchi takomillashtirilgan nazariy matematik model ishlab chiqilgan;
yomg‘irlatib sug‘orish (pivot) qurilmasida yomg‘irlatish balandligini       h=1,5 m deb qabul qilish orqali sug‘orish bir xilligini (CU ≥ 90 %) ta’minlash va shamol hamda bug‘lanish hisobiga suv yo‘qotishlarini kamaytirish imkoniyati asoslangan;
sprinkler nasadkalarining radius bo‘yicha optimal joylashuvi va parametrlarini tanlash orqali suv sarfini kompensatsiyalashga asoslangan yangi konstruktiv-texnologik echim taklif etilgan va uning amaliy samaradorligi dala sinovlari bilan tasdiqlangan;
takomillashtirilgan pivot yomg‘irlatib sug‘orish qurilmasida ishchi bosimni        0,7 MPa dan 0,577 MPa gacha pasaytirish hisobiga suv tejamkorligi 10-12 % ga va energiya sarfining kamayishi ta’minlanib, qurilmaning texnik-iqtisodiy samaradorligi ilmiy jihatdan isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yomg‘irlatib sug‘orish (pivot) qurilmasining texnologik ish jarayonini takomillashtirish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
takomillashgan yomg‘irlatib sug‘orish (pivot) qurilmasi bilan dalalarni yomg‘irlatib sug‘orish texnologik jarayonlarining bajarilishi sifat ko‘rsatkichlarini baholashga dastlabki talablar va uning konstruksiyasini loyihalashga texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 9-apreldagi 05/04-04-139-son ma’lumotnomasi). Natijada texnologik ish jarayoni takomillashtirilgan yomg‘irlatib sug‘orish (pivot) qurilmasining konstruktiv sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan; 
takomillashgan yomg‘irlatib sug‘orish (pivot) qurilmasi Navoiy viloyati fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 9-apreldagi 05/04-04-139-son ma’lumotnomasi). Natijada suv sarfini 30-40 % hamda mehnat sarfini 50% kamaytirishga erishilgan;
takomillashgan yomg‘irlatib sug‘orish (pivot) qurilmasining sanoat nusxalarini ishlab chiqishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstrktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 9-apreldagi 05/04-04-139-son ma’lumotnomasi).  Natijada takomillashgan yomg‘irlatib sug‘orish (pivot) qurilmasining sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish