Raxmatova Maktuba Ulug‘bekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘orish tizimlari nasos elektr yuritmalari guruhining energiya samaradorligini oshirish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4457.
Ilmiy rahbar: Ishnazarov Oybek Xayrilaevich - texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti, DSc.05/2025.28.11.T.02.01.
Rasmiy opponentlar:Xoshimov Fozildjon Abidovich - texnika fanlari doktori, professor. Berdiev Usan Turdievich - texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘orish tizimlari nasos stansiyalaridagi elektr yuritmalar guruhining optimal boshqarish algoritmini ishlab chiqish va chastotali rostlanadigan sinxron elektr yuritma asosida tizimning energiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘orish tizimlari nasos stansiyalarida elektr yuritmalar guruhining ish rejimi va ularning o‘zaro ta’sirini inobatga olgan xolda gibrid adaptiv boshqarish PSO–GA algoritmi ishlab chiqilgan;
«chastotali o‘zgartgich – sinxron motor – nasos – quvur» tizimining energetik va dinamik tavsiflarini hisobga olgan holda matematik modeli yaratilgan;
ko‘p motorli nasos stansiyalari uchun energiya iste’molini minimallashtirish va ish rejimlarini taqsimlash asosida optimallashtirish usuli ishlab chiqilgan;
ko‘p motorli nasos stansiyalarida gidravlik yuklamani maqbul taqsimlashga asoslangan elektr yuritmalarning energiya samarador ish rejimlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Energiya va suv tejovchi texnologiyalar asosida nasos stansiyalarining energetik samaradorligini oshirish asosida energiya tejamkor ish rejimini asoslash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
ko‘p motorli nasos stansiyalarini boshqarish usuli va optimal ish rejimi Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli ABMK FB Olot tuman boshqarmasining “Amu-Buxoro-2” nasos stansiyasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 1 apreldagi 03/17-1148-son ma’lumotnomasi). Natijada yiliga 185 000 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
“chastotali rostlagich – sinxron motor – nasos – quvur” tizimini boshqarish algoritmi Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli ABMK FB Olot tuman boshqarmasining “Amu-Buxoro-2” nasos stansiyasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 1 apreldagi 03/17-1148-son ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiyasi sarfini 7 % gacha kamaytirishga erishilgan.