Xodjaev Shaxzod Nadirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «SOVID-19-dan vafot etgan bemorlarning bosh miya qon tomirlari patomorfologiyasi», 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4931.
Ilmiy rahbar: Eshbaev Erkin Abduxalimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Bobur Luxmonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Maxkamov Nosirjon Jo‘raevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomli xalqaro qozoq turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19-dan vafot etgan bemorlar bosh miyasi oldingi, o‘rta va orqa miya arteriyalari devorida rivojlangan patomorfologik o‘zgarishlarni baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 tufayli vafot etgan bemorlarning klinik-anamnestik ko‘rsatkichlarini kompleks tahlilili asosida bosh miya ishemik insul`tining yosh va jinsga bog‘liq xususiyatlari – uning o‘rta yoshdagi erkaklarda yuqori, yosh va katta yoshdagi guruhlarda esa nisbatan kam uchrashi, insul`t rivojlangan bemorlarda arterial gipertoniya va qandli diabetning qo‘shilib kelishi yuqori darajada bo‘lishi asoslangan;
bosh miyaning intrakranial tomirlaridagi morfologik o‘zgarishlarni balli shkala asosida baholash orqali COVID-19da yuzaga keladigan shikastlanishlarning tizimli vaskulit ko‘rinishida kechishi – endoteliy deskvamatsiyasi, endotelioz, tomir devori mukoid bo‘kishi va mikrotrombozlarning bir vaqtda namoyon bo‘lishi, hamda bu morfologik o‘zgarishlarning ishemik insul`t rivojlanishi bilan ishonchli bog‘liqligi isbotlangan;
bosh miyaning oldingi, o‘rta va orqa miya arteriyalari devorida tolali tuzilmalar shikastlanishi, fibrin konglomeratlarga boy destruktiv o‘zgarishlar hamda fibroz-gialinoz jarayonlarining ustunligini hisobga olgan holda, tomir devori qayta qurilishini baholash va COVID-19 bilan bog‘liq ishemik insul`t xavfini morfologik jihatdan bashoratlash imkonini beruvchi «vaskulyar qayta shakllanish» algoritmi ishlab chiqilgan;
COVID-19dan vafot etgan bemorlarning bosh miya qon tomirlarini immunogistokimyoviy tekshiruvida ishemik insul`t kuzatilgan bemorlarda CD31 (PECAM-1), CD34 va VEGFA markerlarining ekspressiyasi, endotelial markerlar (CD31/CD34) va VEGFA pozitivligining sezilarli darajada yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
COVID-19 dan vafot etgan bemorlarning bosh miya qon tomirlarini patologoanatomik xususiyatlarini baholashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 tufayli vafot etgan bemorlarning klinik-anamnestik ko‘rsatkichlarini kompleks tahlilili asosida bosh miya ishemik insul`tining yosh va jinsga bog‘liq xususiyatlari – uning o‘rta yoshdagi erkaklarda yuqori, yosh va katta yoshdagi guruhlarda esa nisbatan kam uchrashi, insul`t rivojlangan bemorlarda arterial gipertoniya va qandli diabetning qo‘shilib kelishi yuqori darajada bo‘lishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Ekspert kengashi tomonidan 26.01.2026 yilda 8-son bilan tasdiqlangan «SARS-CoV-2 koronavirus infeksiyasida bosh miya intrakranial qon tomirlari shikastlanishini patomorfologik yondashuv asosida aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 16.03.2026 yildagi 44–son, Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 13.03.2026 yildagi 17-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 dekabrdagi 11/90-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 da serebrovaskulyar asoratlar xavfi faqat keksa yoshdagilar bilan cheklanmasligi, balki 45–59 yoshli erkaklarda ham yuqori ekani isbotlandi. Bu terapevtlar uchun yuqori xavfli guruhlarni erta aniqlash, antikoagulyant terapiyani o‘z vaqtida boshlash va bemorlarni alohida kuzatuv ostiga olish imkonini yaratdi. Natijada, nevrologik asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori xavfli guruhlarni erta aniqlash va maqsadli davolash orqali statsionarda davolanish muddatini o‘rtacha 5–7 kunga qisqarish natijasida bir nafar bemor hisobiga o‘rtacha 187500 so‘m (100 nafar bemorda qo‘llansa, umumiy 18750000 so‘m) miqdorida mablag‘lar iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: bosh miyaning intrakranial tomirlaridagi morfologik o‘zgarishlarni balli shkala asosida baholash orqali COVID-19da yuzaga keladigan shikastlanishlarning tizimli vaskulit ko‘rinishida kechishi – endoteliy deskvamatsiyasi, endotelioz, tomir devori mukoid bo‘kishi va mikrotrombozlarning bir vaqtda namoyon bo‘lishi, hamda bu morfologik o‘zgarishlarning ishemik insul`t rivojlanishi bilan ishonchli bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Ekspert kengashi tomonidan 26.01.2026 yilda 8-son bilan tasdiqlangan «SARS-CoV-2 koronavirus infeksiyasida bosh miya intrakranial qon tomirlari shikastlanishini patomorfologik yondashuv asosida aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 16.03.2026 yildagi 44–son, Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 13.03.2026 yildagi 17-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 dekabrdagi 11/90-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: patologoanatom va sud-tibbiy ekspert uchun COVID-19 da o‘lim sababini morfologik jihatdan aniqroq asoslash imkoniyati yaratildi. Balli shkala asosidagi baholash tizimi autopsiya protokollarini standartlashtirish va o‘lim sababi bo‘yicha xulosa ishonchliligini oshirishga xizmat qildi. Natijada, COVID-19 bilan bog‘liq o‘lim holatlarini differensial tashxislash sifati sezilarli darajada yaxshilandi. Iqtisodiy samaradorligi: standartlashtirilgan balli baholash tizimi patologoanatomik ijro muddatini o‘rtacha 20–25% ga qisqartirish natijasida bir nafar bemor hisobiga o‘rtacha 150000 so‘m (100 nafar bemorda qo‘llanilsa, yiliga 15000000 so‘m) miqdorida mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: bosh miyaning oldingi, o‘rta va orqa miya arteriyalari devorida tolali tuzilmalar shikastlanishi, fibrin konglomeratlarga boy destruktiv o‘zgarishlar hamda fibroz-gialinoz jarayonlarining ustunligini hisobga olgan holda, tomir devori qayta qurilishini baholash va COVID-19 bilan bog‘liq ishemik insul`t xavfini morfologik jihatdan bashoratlash imkonini beruvchi «vaskulyar qayta shakllanish» algoritmi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Ekspert kengashi tomonidan 26.01.2026 yilda 8-son bilan tasdiqlangan «SARS-CoV-2 koronavirus infeksiyasida bosh miya intrakranial qon tomirlari shikastlanishini patomorfologik yondashuv asosida aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 16.03.2026 yildagi 44–son, Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 13.03.2026 yildagi 17-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 dekabrdagi 11/90-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tomir devori barcha anatomik qavatlaridagi shikastlanishni aniqlash imkonini beruvchi gistokimyoviy protokol patologoanatomik amaliyotda standart usul sifatida tavsiya etildi. Bu COVID-19 da insul`t xavfini morfologik jihatdan prognoz qilish va davolash taktikasini individualizatsiya qilishga asos yaratdi. Autopsiya va biopsiya materiallarida vaskulyar o‘zgarishlarni ob’ektiv baholash imkoniyati kengaydi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritm qo‘shimcha molekulyar-genetik tekshiruvlar hajmini qisqartirish natijasida bir nafar bemor hisobiga o‘rtacha 200000 so‘m (100 nafar bemorda yiliga 20 mln so‘m) miqdorida mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19dan vafot etgan bemorlarning bosh miya qon tomirlarini immunogistokimyoviy tekshiruvida ishemik insul`t kuzatilgan bemorlarda CD31 (PECAM-1), CD34 va VEGFA markerlarining ekspressiyasi, endotelial markerlar (CD31/CD34) va VEGFA pozitivligining sezilarli darajada yuqori bo‘lishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Ekspert kengashi tomonidan 26.01.2026 yilda 8-son bilan tasdiqlangan «SARS-CoV-2 koronavirus infeksiyasida bosh miya intrakranial qon tomirlari shikastlanishini patomorfologik yondashuv asosida aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 16.03.2026 yildagi 44–son, Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 13.03.2026 yildagi 17-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 dekabrdagi 11/90-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: CD31, CD34, VEGFA markerlaridan iborat immunogistokimyoviy panel COVID-19 da endotelial disfunksiyani ob’ektiv baholashning standart vositasi sifatida tavsiya etildi. Bu patologoanatom va klinitsist uchun insul`t xavfi yuqori bemorlarni biologik markerlar asosida baholash orqali COVID-19 autopsiyalarida endotelial shikastlanishni morfologik tashxislash natijasida bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: immunogistokimyoviy markerlar asosida xavfni oldindan baholash orqali asossiz qo‘shimcha tekshiruvlar va ortiqcha davolash hajmi kamaytirish natijasida bir nafar bemor hisobiga o‘rtacha 1785000 so‘m (100 nafar bemorda yiliga 178500000 so‘m) miqdorida mablag‘lar iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish