Bozarov Lazizjon A’zimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Toshkent shahridagi zamonaviy qurilish sharoitida shakllanayotgan turar joy muhitining gigienik tavsifi», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.2.PhD/Tib3521.
Ilmiy rahbar: Ataniyazova Raushan Aminovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziev Murodali Mehmondo‘stovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi); To‘xtarov Baxrom Eshnazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent shahrining zamonaviy qurilish sharoitida aholi yashash muhiti sifati va farovonligini belgilovchi ustuvor sanitariya-gigiena omillarini baholash asosida turar joy muhitini shakllantirishni gigienik jihatdan optimallashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
toshkent shahrida sharoitida aholining umumiy kasallanish ko‘rsatkichlarining demografik yuklama va uy-joy qurilishi jadalligiga bog‘liq hududiy differensiatsiyasi xususiyatlari aniqlanib, bunda qurilish faolligi va qurilish zichligi yuqori bo‘lgan ma’muriy hududlarda umumiy kasallanish darajalari nisbatan yuqori darajada shakllanishi isbotlangan;
toshkent shahrining zamonaviy turar joy majmualarida qurilishning zich guruhlashgan tarkibi, aholi zichligining yuqoriligi, qurilish koeffisientining ortishi, ko‘kalamzorlashtirishning etarli emasligi va ichki hovli hududlarini funksional zonalashtirishdagi nomutanosiblik kabi rejalashtirish va makoniy-tashkiliy omillar majmuasi turar joy muhitining noqulay gigienik sharoitlari shakllanishiga va hududning rekreatsion salohiyati pasayishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
zamonaviy turar joy binolari xonalarining yilning issiq davridagi mikroiqlimiga kompleks gigienik baho berish natijasida haroratning me’yoriy ko‘rsatkichlardan oshishi, havoning nisbiy namligi hamda harakat tezligining pasayishi va issiqlik yuklamasining bino qavatlari bo‘ylab notekis taqsimlanishi bilan tavsiflanuvchi o‘ta qizigan va quruq mikroiqlimning shakllanish xususiyatlari aniqlangan;
toshkent shahridagi zamonaviy uy-joy qurilishi sharoitida bino zichligi, ko‘kalamzorlashtirish darajasi va qoplamalar ulushining turar-joy muhiti gigienik qulayligiga umumiy ta’sirini aks ettiruvchi gigienik qulaylik koeffisientini hisoblagan holda, hovli ichidagi hududlarning rejalashtirish-rekreatsion ko‘rsatkichlarini integral baholash mezonlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent shahrining zamonaviy qurilish sharoitlarida turar joy muhitini shakllantirishning gigienik tavsifi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Toshkent shahrida sharoitida aholining umumiy kasallanish ko‘rsatkichlarining demografik yuklama va uy-joy qurilishi jadalligiga bog‘liq hududiy differensiatsiyasi xususiyatlari aniqlanib, bunda qurilish faolligi va qurilish zichligi yuqori bo‘lgan ma’muriy hududlarda umumiy kasallanish darajalari nisbatan yuqori darajada shakllanishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 14 avgustda 7-son bilan tasdiqlangan «Metodika ekspress-otsenki gigienicheskix faktorov ekologicheskoy ustoychivosti jilix kompleksov pri stroitel`stve, rekonstruksii i kapital`nom remonte» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 21.04.2024 yildagi 29-son, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining Nukus shahar bo‘limi bo‘yicha 20.03.2025 yildagi 204-son hamda Andijon viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 15.04.2025 yildagi 258-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 dekabrdagi 31/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu metodikani qo‘llash ekologik barqarorligi past bo‘lgan hududlarni aniqlashni ta’minladi va hovli ichidagi maydonlarni optimallashtirishga oid chora-tadbirlarni asoslash imkonini berdi. Shuningdek, bu usul yashash joylaridagi noqulay omillar ta’sirini kamaytirish va ular bilan bog‘liq shahar aholisi salomatligidagi buzilishlarning oldini olishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: turar joy majmualarining ekologik barqarorligi va qulayligini ta’minlashga qaratilgan gigienik omillarini tezkor baholash usulini joriy etish, turar joy muhitining salbiy ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda profilaktik shaharsozlik va sanitariya-gigiena choralarini ko‘rish natijasida aholining kasallanish xavfini kamaytiradi. Bu esa kasalliklarni tashxislash va davolash xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, ularning rivojlanish xavfi bilan bog‘liq tibbiy xarajatlarning oldini olish hisobiga har bir fuqaro uchun o‘rtacha 410000 so‘m va 521 nafar aholini qamrab olgan holda 213,6 million so‘mgacha byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: Toshkent shahrining zamonaviy turar joy majmualarida qurilishning zich guruhlashgan tarkibi, aholi zichligining yuqoriligi, qurilish koeffisientining ortishi, ko‘kalamzorlashtirishning etarli emasligi va ichki hovli hududlarini funksional zonalashtirishdagi nomutanosiblik kabi rejalashtirish va makoniy-tashkiliy omillar majmuasi turar joy muhitining noqulay gigienik sharoitlari shakllanishiga va hududning rekreatsion salohiyati pasayishiga sabab bo‘lishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 14 avgustda 7-son bilan tasdiqlangan «Metodika ekspress-otsenki gigienicheskix faktorov ekologicheskoy ustoychivosti jilix kompleksov pri stroitel`stve, rekonstruksii i kapital`nom remonte» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 21.04.2024 yildagi 29-son, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining Nukus shahar bo‘limi bo‘yicha 20.03.2025 yildagi 204-son hamda Andijon viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 15.04.2025 yildagi 258-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 dekabrdagi 31/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi:: ushbu metodikani qo‘llash ekologik barqarorligi past bo‘lgan hududlarni aniqlashni ta’minladi va hovli ichidagi maydonlarni optimallashtirishga oid chora-tadbirlarni asoslash imkonini berdi. Shuningdek, bu usul yashash joylaridagi noqulay omillar ta’sirini kamaytirish va ular bilan bog‘liq shahar aholisi salomatligidagi buzilishlarning oldini olishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: turar joy majmualarining ekologik barqarorligi va qulayligini ta’minlashga qaratilgan gigiyenik omillarini tezkor baholash usulini joriy etish, turar joy muhitining salbiy ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda profilaktik shaharsozlik va sanitariya-gigiena choralarini ko‘rish natijasida aholining kasallanish xavfini kamaytiradi. Bu esa kasalliklarni tashxislash va davolash xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, ularning rivojlanish xavfi bilan bog‘liq tibbiy xarajatlarning oldini olish hisobiga har bir fuqaro uchun o‘rtacha 410000 so‘m va 521 nafar aholini qamrab olgan holda 213,6 million so‘mgacha byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: zamonaviy turar joy binolari xonalarining yilning issiq davridagi mikroiqlimiga kompleks gigienik baho berish natijasida haroratning me’yoriy ko‘rsatkichlardan oshishi, havoning nisbiy namligi hamda harakat tezligining pasayishi va issiqlik yuklamasining bino qavatlari bo‘ylab notekis taqsimlanishi bilan tavsiflanuvchi o‘ta qizigan va quruq mikroiqlimning shakllanish xususiyatlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 14 avgustda 7-son bilan tasdiqlangan «Metodika ekspress-otsenki gigienicheskix faktorov ekologicheskoy ustoychivosti jilix kompleksov pri stroitel`stve, rekonstruksii i kapital`nom remonte» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 21.04.2024 yildagi 29-son, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining Nukus shahar bo‘limi bo‘yicha 20.03.2025 yildagi 204-son hamda Andijon viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 15.04.2025 yildagi 258-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 dekabrdagi 31/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu metodikani qo‘llash ekologik barqarorligi past bo‘lgan hududlarni aniqlashni ta’minladi va hovli ichidagi maydonlarni optimallashtirishga oid chora-tadbirlarni asoslash imkonini berdi. Shuningdek, bu usul yashash joylaridagi noqulay omillar ta’sirini kamaytirish va ular bilan bog‘liq shahar aholisi salomatligidagi buzilishlarning oldini olishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: turar joy majmualarining ekologik barqarorligi va qulayligini ta’minlashga qaratilgan gigiyenik omillarini tezkor baholash usulini joriy etish, turar joy muhitining salbiy ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda profilaktik shaharsozlik va sanitariya-gigiena choralarini ko‘rish natijasida aholining kasallanish xavfini kamaytiradi. Bu esa kasalliklarni tashxislash va davolash xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, ularning rivojlanish xavfi bilan bog‘liq tibbiy xarajatlarning oldini olish hisobiga har bir fuqaro uchun o‘rtacha 410000 so‘m va 521 nafar aholini qamrab olgan holda 213,6 million so‘mgacha byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Toshkent shahridagi zamonaviy uy-joy qurilishi sharoitida bino zichligi, ko‘kalamzorlashtirish darajasi va qoplamalar ulushining turar-joy muhiti gigienik qulayligiga umumiy ta’sirini aks ettiruvchi gigienik qulaylik koeffisientini hisoblagan holda, hovli ichidagi hududlarning rejalashtirish-rekreatsion ko‘rsatkichlarini integral baholash mezonlari asoslanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 14 avgustda 7-son bilan tasdiqlangan «Metodika ekspress-otsenki gigienicheskix faktorov ekologicheskoy ustoychivosti jilix kompleksov pri stroitel`stve, rekonstruksii i kapital`nom remonte» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 21.04.2024 yildagi 29-son, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining Nukus shahar bo‘limi bo‘yicha 20.03.2025 yildagi 204-son hamda Andijon viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 15.04.2025 yildagi 258-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 dekabrdagi 31/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu metodikani qo‘llash ekologik barqarorligi past bo‘lgan hududlarni aniqlashni ta’minladi va hovli ichidagi maydonlarni optimallashtirishga oid chora-tadbirlarni asoslash imkonini berdi. Shuningdek, bu usul yashash joylaridagi noqulay omillar ta’sirini kamaytirish va ular bilan bog‘liq shahar aholisi salomatligidagi buzilishlarning oldini olishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorlik: Turar joy majmualarining ekologik barqarorligi va qulayligini ta’minlashga qaratilgan gigiyenik omillarini tezkor baholash usulini joriy etish, turar joy muhitining salbiy ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda profilaktik shaharsozlik va sanitariya-gigiena choralarini ko‘rish natijasida aholining kasallanish xavfini kamaytiradi. Bu esa kasalliklarni tashxislash va davolash xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, ularning rivojlanish xavfi bilan bog‘liq tibbiy xarajatlarning oldini olish hisobiga har bir fuqaro uchun o‘rtacha 410000 so‘m va 521 nafar aholini qamrab olgan holda 213,6 million so‘mgacha byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.