Abdullaeva Zuhro Ismoilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Iqtidorning shaxs muloqot uslubiga ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/P680.
Ilmiy rahbar: Sharafutdinova Xadichaxon Gulyamutdinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.43.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziqulov Faxriddin  Rasulovich psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Shamsiev O‘ktam Baxriddinovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi  tashkilot: Samarqand davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtidorning shaxs muloqot uslubiga ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtidorlilar muloqotining noyobligi va afzalliklari hamda muloqotida jiddiy to'siqlarni keltirib chiqaruvchi “yopiqlik”, “tortinchoqlik”, “tan olmaslik”, “mensimaslik”, “dominantlikka intilish”, “egotsentrizm” tengdoshlari bilan ishonchli aloqa o‘rnata olmaslik, o‘z fikrida qat’iy turib olish kabi xususiyatlari ularning hissiy jihatdan o‘ta sezgirligi, intellektual va ijodiy salohiyati darajasining yuqoriligi bilan bog‘liqligi “Iqtidorlilarning muloqot uslubi”ni aniqlash ijtimoiy-psixologik so‘rovnomadan olingan ma’lumotlar bilan asoslangan;
iqtidorlilarning kommunikativ uslubiga xos “ustunlikka intilish”, “yopiqlik”, “mensimaslik”, “individualizm”, “egotsentrizm”, “muvaffaqiyasizlikni qabul qila olmaslik”ning iqtidori va kommunikativ qobiliyatlari takomillashishiga aks ta’siri   ularning maxsus qobiliyatlari darajasini aniqlash hamda iqtidorlilar shaxsiga xos kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarini emperik o‘rganish natijalari asosida dalillangan;
iqtidorlilarning muloqotida kommunikativ impulsivlikni bartaraf etish uchun kognitiv: “tafakkurning egiluvchanligi”, “tafakkurning emotsionalligi”, “nutq va tildan foydalanish”; xulq-atvorni tashkillashtirish; kommunikativ rivojlanishini nazorat qilish orqali shaxs rivojlanishini baholash asosida zaif jihatlarini takomillashtirishda  “Zamonaviy iqtidorli shaxsni kommunikativ rivojlantirish modeli”ni qo‘llash samaradorligi dalillangan;
iqtidorlilarda “kommunikativ impulsivlik”, “ekstroversiya-introversiya”, “dominant-tobe”, “mobil-regid” xususiyatlarini aniqlashda kommunikativ impulsivlik potensialining diagnostikasi natijalaridagi salbiy jihatlarni bartaraf etishda “Iqtidorlilarning kommunikativ qobiliyati komponentlarini rivojlantirish” ijtimoiy-psixologik trening dasturini qo‘llash samarali ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya ishi yuzasidan olib borilgan ilmiy psixologik ma’lumotlar hamda tadqiqot natijalari asosida:
iqtidor muammosining ilmiy-nazariy tadqiqotlariga tayanib, iqtidorlilarning muloqotiga xos psixologik xususiyatlariga oid tavsifini ishlab chiqishda “Iqtidorlilarning muloqot stili”ni aniqlash ijtimoiy-psixologik so‘rovnomadan foydalanish samarali ekanligi asoslangan yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil  05-fevraldagi №PM-28-sonli buyrug‘i bilan “Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil 05-fevraldagi №PM-28-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning iqtidorlilarning muloqotiga xos psixologik xususiyatlarini aniqlashning psixodiagnostik uslublari boyitilgan;
iqtidorli o'quvchilarning kommunikativ stiliga xos ustunlikka intilish, yopiqlik, mensimaslik, individualizm, egosentrizm, muvaffaqiyasizlikni qabul qila olmaslikning iqtidori va kommunikativ qobiliyatlari takomillashishiga aks ta’siri dalillangan yangilik  Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil  05-fevraldagi №PM-28-sonli buyrug‘i bilan “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil 05-fevraldagi №PM-28-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning iqtidorlilar kommunikativ uslubiga xos  salbiy xususiyatlarini bartaraf etishga mo‘ljallangan;
iqtidorli o‘quvchilarda kommunikativ impulsivlikni bartaraf etish uchun “Tafakkurning egiluvchanligi”, “tafakkurning emotsionalligi”, “nutq va tildan foydalanish” xususiyatlarini takomillashtirishda “Zamonaviy iqtidorli o‘quvchining aylana modeli”ni  qo‘llash samaradorligi dalillangan yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil  05-fevraldagi №PM-28-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy-psixologik trening” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil 05-fevraldagi №PM-28-sonli ma’lumotnomasi). Natijada iqtidorli shaxslarda shaxslararo munosabatni shakllantirish mexanizmlari rivojlantirilgan;
iqtidorli o‘quvchilar kommunikativ stilining ekstroversiya-introversiya, dominant-tobe, mobil-regidlikka oid salbiy xususiyatlarini bartaraf etishda “Iqtidorli o‘quvchilarning kommunikativ qobiliyati komponentlarini rivojlantirish”  ijtimoiy-psixologik trening dasturini qo‘llash samarali ekanligi asoslangan  yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil  05-fevraldagi №PM-28-sonli buyrug‘i bilan “Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2026-yil 05-fevraldagi №PM-28-sonli ma’lumotnomasi). Natijada markaz laboratoriyalarining ilmiy-metodik ta’minotini yanada boyishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish