Urinov Murodjon Jumanovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda ijtimoiy davlat qurish jarayonida kambag‘allikni qisqartirish konsepsiyasini amalga oshirishning falsafiy tahlili” 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal839
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD. 03/2025.27.12.F.10.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Buxoro davlat pedagogika instituti dotsenti, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Narziev Zubaydillo Ibodilloevich
Rasmiy opponentlar:
Farg‘ona davlat universiteti dotsenti, falsafa fanlari doktori (DSc) Asatulloev Inomjon Abobakir o‘g‘li, Qo‘qon davlat universiteti dotsenti, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Meliboev Azizbek Nizomiddinovich
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy davlat qurish jarayonida kambag‘allikni qisqartirish konsepsiyasini amalga oshirishning falsafiy tahlilini amalga oshirish asosida taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“kambag‘allik”, “kambag‘allikni qisqartirish” va “ijtimoiy davlat” kategoriyalarining mazmun-mohiyati va konseptual tadqiqi asosida davlatning fuqarolar bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, aholi uchun munosib sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan ijtimoiy davlat qurish va kambag‘allikni qisqartirish konseptlarining dialektik aloqadorligi sabab-oqibat munosabatlari asosida ochib berilgan;
ijtimoiy davlat qurish jarayonida kambag‘allikni qisqartirish to‘g‘risidagi ilmiy-falsafiy va iqtisodiy ta’limotlar zamonaviy umummetodologik, falsafiy va sotsiologik yondashivlar nuqtai nazaridan tahlili asosida inson kapitali past, imkoniyatlari cheklangan aholi qatlamlari orasida kambag‘allik darajasining yuqori bo‘lishi, bu marginallashuv va ijtimoiy chetlanish, yalqovlik, dangasalik va boqimandalik xarakterini shaklantirish omillarining falsafiy mohiyati nazariy asoslangan;
ijtimoiy davlat qurish jarayonida kambag‘allikni qisqartirishga doir ilg‘or xorijiy tajribalar, rivojlangan davlatlarning ijtimoiy himoya va kambag‘allikni qisqaritirish strategiyalari asosida O‘zbekistonda “kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi orqali ijtimoiy ximoyani amalga oshirishda ahamiyat qaratish lozim bo‘lgan vazifalar falsafaning imkoniyat va voqelik kategoriyalari kontekstida dalillangan;
O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish konsepsiyasini amalga oshirishda inson kapitali imkoniyatlari (inson va uning qobiliyatlari, bilimlari, ko‘nikmalari) ning demografik omillar, salomatlik ko‘rsatkichlari, o‘rtacha umr ko‘rish darajasi, sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanganlik darajasiga bog‘liqligi, “sog‘liqni saqlash tizimi - ta’lim tizimi - inson kapitali” o‘zaro dialektik aloqadorlikda rivojlanishi mantiqiy argumentlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekistonda ijtimoiy davlat qurish jarayonida kambag‘allikni qisqartirish konsepsiyasini amalga oshirishning falsafiy tahlili” yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
jamiyatda kambag‘allikni qisqartirish ijtimoiy jarayonlarni tasniflashning obektiv tendensiyalari (turmush tarzining farovonlashuvi, inson kapitalining yuksalishi, tadbirkorlikning ijtimoiy harakatga aylanishi) orqali sotsiumlararo makonda yangi ijtimoiy qatlamni vujudga kelishini voqelik kategoriyasi kontekstida ochib berish, davlatning kambag‘allikni qisqartirish strategiyasidagi gumanistik siyosati iqtisodiy munosabatlarda aholi turmush farovonligini rivojlantiruvchi sotsial institutlarni o‘sib borishini ta’minlashi sababli jamiyatda inson kapitalini yuksaltirib aholi bandligi va daromadini oshirishini isbotlashga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 1-yarim yillik uchun ish rejasining 43-bandida keltirilgan “Yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis bo‘lib etishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka o‘qitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda bepul o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazish”ga qaratilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 11-dekabrdagi 4-10-21-6876-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan yoshlarni ish bilan ta’minlash orqali kambag‘allikni qisqartirish strategiyasining ijtimoiy hayotga pozitiv ta’sirini, gumanistik mohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishini asoslashga doir taklif va tavsiyalar bugungi kunda targ‘ibot-tashviqot faoliyatida foydalanish zaruratini oshirishga xizmat qilgan;
jamiyatda kambag‘allikni qisqartirish ijtimoiy jarayonlarni tasniflashning obektiv tendensiyalari (turmush tarzining farovonlashuvi, inson kapitalining yuksalishi, tadbirkorlikning ijtimoiy harakatga aylanishi) orqali sotsiumlararo makonda yangi ijtimoiy qatlamni vujudga kelishini voqelik kategoriyasi kontekstida ochib berishga oid ilmiy yangiliklardan “O‘zbekiston teleradiokanali” DMda 2024-2025 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari senariylarini yozishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” Ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 17-dekabrdagi 05-09-2045-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini ifodalovchi pragmatik siyosati aholining turmush darajasini yuksaltiruvchi parmanent (moddiy ta’minot), immanent (malaka va muvaffaqiyat) xususiyatlari bilan o‘zaro proporsional shaklda rivojlanishi sababli sotsiumda kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qilgan;
jamiyatda kambag‘allikni qisqartirish ijtimoiy jarayonlarni tasniflashning obektiv tendensiyalari (turmush tarzining farovonlashuvi, inson kapitalining yuksalishi, tadbirkorlikning ijtimoiy harakatga aylanishi) orqali sotsiumlararo makonda yangi ijtimoiy qatlamni vujudga kelishini voqelik kategoriyasi kontekstida ochib berish, davlatning kambag‘allikni qisqartirish strategiyasidagi gumanistik siyosati iqtisodiy munosabatlarda aholi turmush farovonligini rivojlantiruvchi sotsial institutlarni o‘sib borishini ta’minlashi sababli jamiyatda inson kapitalini yuksaltirib aholi bandligi va daromadini oshirishini isbotlashga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-64-sonli “Oilalarga ko‘rsatilayotgan sifatli va tezkor ijtimoiy xizmatlar uchun mobil ilova yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 12-dekabrdagi 04/11-29740-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi kambag‘allikni qisqartirish strategiyasining ijtimoiy hayotga pozitiv ta’sirini, gumanistik mohiyatini yanada oshirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
jamiyatda kambag‘allikni qisqartirish ijtimoiy jarayonlarni tasniflashning obektiv tendensiyalari (turmush tarzining farovonlashuvi, inson kapitalining yuksalishi, tadbirkorlikning ijtimoiy harakatga aylanishi) orqali sotsiumlararo makonda yangi ijtimoiy qatlamni vujudga kelishini voqelik kategoriyasi kontekstida ochib berish, davlatning kambag‘allikni qisqartirish strategiyasidagi gumanistik siyosati iqtisodiy munosabatlarda aholi turmush farovonligini rivojlantiruvchi sotsial institutlarni o‘sib borishini ta’minlashi sababli jamiyatda inson kapitalini yuksaltirib aholi bandligi va daromadini oshirishini isbotlashga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 1-yarim yillik uchun ish rejasining 43-bandida keltirilgan “Yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis bo‘lib etishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka o‘qitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda bepul o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazish” bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash uchun tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 5-dekabrdagi 4-10-21-6724-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi yoshlarni ish bilan ta’minlash orqali kambag‘allikni qisqartirish strategiyasining ijtimoiy hayotga pozitiv ta’sirini, gumanistik mohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishini asoslashga doir taklif va tavsiyalar bugungi kunda targ‘ibot-tashviqot faoliyatida foydalanish zaruratini oshirishga xizmat qilgan.