Yuldashev Sherzad Baxramovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Turistik markazlarning arxitekturaviy shakllanishi va rivojlanishi: an’ana va zamonaviylik (Ellikqal’a tumani misolida), 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/A214.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamatmusaev Toxir Shaydulovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitet.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.A.04.01.
Rasmiy opponentlar: Durdieva Gavxar Salaevna, arxitektura fanlari doktori (DSc), professor; Yunusov Shokir Mamatovich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani sharoitida tarixiy-madaniy meroslar hududiga mos turistik marshrutlar va markazlar bo‘yicha loyihaviy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, xususan Ellikqal’a tumanida hududning iqlimi, landshafti va tabiiy resurslari turizm uchun asosiy rekreatsion muhitni shakllantirgani, Tuproq-qal’a, Ayaz-qal’a kabi yodgorliklar hududning turistik jozibadorligini oshiruvchi muhim meros obektlar bo‘lganligi, bunda transport, infratuzilma va xizmat ko‘rsatish tizimining rivojlanganligi turizm faoliyatining samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi, Orol muammosi bilan bog‘liq ekologik holat turizm rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi asoslangan;
Ellikqal’a tumanida joylashgan qadimiy qal’alarning arxitekturaviy va rejaviy tuzilishi, ularning to‘rtburchak va ko‘p burchakli rejaviy tuzilishga egaligi, tashqi mudofa devorlari qalin paxsa materialidan barpo etilgani, devorlar bo‘ylab yarim doira va to‘g‘ri burchakli minoralar tizimi joylashtirilgani, kirish qismlari tor va himoyalangan yo‘laklar orqali tashkil etilgani, ichki hududlari esa markaziy ochiq maydon, yashash va xo‘jalik zonalariga funksional jihatdan ajratilgani hamda Tupraq-qal’a, Ayaz-qal’a kabi yodgorliklarda saroy tipidagi majmualar va ko‘p qatlamli mudofaa tizimi shakllangani asoslab berilib, mazkur arxitekturaviy-rejaviy echimlarning tarixiy autentiklik, landshaft bilan uyg‘unlik va vizual ifodalilik kabi hududning turistik salohiyatini oshiruvchi muhim omillari baholangan; 
Ellikqal’a tumanida joylashgan tarixiy yodgorliklar (masjidlar, maqbaralar, madrasalar)ning qurilish davri, joylashgan o‘rni, arxitekturasi, kompozision-tipologik echimlari kabi ma’lumotlarni o‘zida jamlagan ma’lumotlar bazasi yaratilgan;
hududning tabiiy va tarixiy sharoitlariga mos ravishda turistik komplekslarni joylashtirish va loyihalashtirishning: tarixiy muhitga zarar etkazmasdan joylashtirish, transport va piyodalar harakati tizimini optimallashtirish, funksional hududlarni (mehmonxona, rekreatsiya, xizmat ko‘rsatish va madaniy zonalar) o‘zaro uzviy bog‘lash, tarixiy yodgorliklar bilan vizual-kompozision uyg‘unlikni ta’minlash orqali hududning turistik jozibadorligini oshiruvchi barqaror arxitekturaviy-rejaviy echimlar asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turistik markazlarning arxitekturaviy shakllanishi va rivojlanishi: an’ana va zamonaviylik  (Ellikqal’a tumani misolida) mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, xususan Ellikqal’a tumanida hududning iqlimi, landshafti va tabiiy resurslari turizm uchun asosiy rekreatsion muhitni shakllantirgani, Tuproq-qal’a, Ayaz-qal’a kabi yodgorliklar hududning turistik jozibadorligini oshiruvchi muhim meros obektlar bo‘lganligi, bunda transport, infratuzilma va xizmat ko‘rsatish tizimining rivojlanganligi turizm faoliyatining samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi, Orol muammosi bilan bog‘liq ekologik holat turizm rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi asoslanganligi hamda  hududning tabiiy va tarixiy sharoitlariga mos ravishda turistik komplekslarni joylashtirish va loyihalashtirishning: tarixiy muhitga zarar etkazmasdan joylashtirish, transport va piyodalar harakati tizimini optimallashtirish, funksional hududlarni (mehmonxona, rekreatsiya, xizmat ko‘rsatish va madaniy zonalar) o‘zaro uzviy bog‘lash, tarixiy yodgorliklar bilan vizual-kompozision uyg‘unlikni ta’minlash orqali hududning turistik jozibadorligini oshiruvchi barqaror arxitekturaviy-rejaviy echimlar asoslab berilganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi turizm boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi turizm boshqarmasining 2026 yil 5 iyundagi 07-12/04-150-son ma’lumotnomasi). Natijada Ellikqal’a tumanidagi madaniy meros obektlarini muhofaza qilish, tarixiy qal’alarning turistik jozibadorligini oshirish, yangi turistik marshrutlarni shakllantirish hamda hudud turizmini barqaror rivojlantirish jarayonlariga ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
Ellikqal’a tumanida joylashgan qadimiy qal’alarning arxitekturaviy va rejaviy tuzilishi, ularning to‘rtburchak va ko‘p burchakli rejaviy tuzilishga egaligi, tashqi mudofaa devorlari qalin paxsa materialidan barpo etilgani, devorlar bo‘ylab yarim doira va to‘g‘ri burchakli minoralar tizimi joylashtirilgani, kirish qismlari tor va himoyalangan yo‘laklar orqali tashkil etilgani, ichki hududlari esa markaziy ochiq maydon, yashash va xo‘jalik zonalariga funksional jihatdan ajratilgani hamda Tupraq-qal’a, Ayaz-qal’a kabi yodgorliklarda saroy tipidagi majmualar va ko‘p qatlamli mudofaa tizimi shakllangani asoslab berilib, mazkur arxitekturaviy-rejaviy echimlarning tarixiy autentiklik, landshaft bilan uyg‘unlik va vizual ifodalilik kabi hududning turistik salohiyatini oshiruvchi muhim omillari baholanganligi hamda Ellikqal’a tumanida joylashgan tarixiy yodgorliklar (masjidlar, maqbaralar, madrasalar)ning qurilish davri, joylashgan o‘rni, arxitekturasi, kompozision-tipologik echimlari kabi ma’lumotlarni o‘zida jamlagan ma’lumotlar bazasi yaratilganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniy meros boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniy meros boshqarmasining 2026 yil 2 iyundagi 01-03/04-372-son ma’lumotnomasi). Natijada Ellikqal’a tumani hududida moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish, tarixiy qal’alarning turistik jozibadorligini oshirish, yangi turistik marshrutlarni shakllantirish hamda hudud turizmini barqaror rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish