Ruziboeva Guzal Sultonalievnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Ba’zi d-metallarning tiadiazol hosilalari bilan kompleks birikmalari sintezi, tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari”, 02.00.01 - Noorganik kimyo, 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/K1178.
Ilmiy rahbarlar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlar doktori, professor; Ibragimov Aziz Baxtiyarovich, kimyo fanlar doktori, proffessor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.12.05
Rasmiy opponentlar: Daminova Shahlo Sharipovna, kimyo fanlari doktori, professor; Ro‘zimurodov Olim Narbekovich, kimyo  fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: ba’zi d-metallarning tiadiazol hosilalari bilan komplekslarining sintezi, ularning kristall tuzilishlari, kvant-kimyoviy parametrlari, molekulalararo ta’sirlashish energiyalari va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor Co(II), Ni(II), Ag(I), Zn(II), Cu(II) metall ionlarining 2-amino 5-metil 1,3,4-tiadiazol, 2-amino 5-etil 1,3,4-tiadiazol va 2,5 diamino 1,3,4-tiadiazollar bilan 8 ta yangi kompleks birikmalari sintez qilingan va ularning monokristallari olingan;
RTT yordamida olingan kompleks birikmalarning tarkibi, tuzilishi va metall ionlarining ligand donor atomlari bilan koordinatsiyalanish qonuniyatlari hamda okso-ko‘prikli uch yadroli, oktaedr, tetraedr va simmetrik tetragonal piramida shaklida komplekslar hosil bo‘lishi aniqlangan;
[Co3O(TDAD)6Cl3]Cl va [Ni3O(TDAD)6Cl3]Cl bo‘shliq (Void analysis) tahlili natijalari taqqoslanganda [Ni3O(TDAD)6Cl3]Cl kompleksi kristall strukturasining umumiy bo‘shliq hajmi 262,19 ų ni tashkil etadi, bu birlik tahlam hajmining 14,54% ga to‘g‘ri keldi. Bu strukturaviy jihatdan mustahkam va termodinamik jihatdan barqaror kristall o‘rashga mos kelishi aniqlangan;
sintez qilingan kompleks birikmalarda Hirshfeld sirt tahlili natijasida Cl···H/H···Cl, S···H/H···S, H···H ta’sirlarining ulushi va kristallardagi molekulalararo ta’sirlashish energiyalari aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 2-amino 5-metil 1,3,4-tiadiazol, 2-amino 5-etil 1,3,4-tiadiazol va 2,5 diamino 1,3,4-tiadiazol ligandlarning ba’zi d-metallar bilan kompleks birikmalari sintezi va ularning kristall tuzilishlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
[Ni3O(TDAD)6Cl3]Cl, [Co3O(TDA)6Cl3]Cl2, [Zn(AMT)₂(AETT)(SO₄)], [Ag2(AMT)3NO3]NO3, [Ni2TDAD(ATD)2(HSO4)2 (H2O)4](H2O)2, [Cu(ATD)4HSO4]SO4(C2H7N)2(H2O)2, [Ag(AMT)6]NO3AMT, [Ag2(AETT)4 (AMT)2](NO3)2H2O tarkibli kompleks birikmalarining rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembrij kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, CCDC depozit raqami 2514371, 2518737, 2541708, 2559094, 2559071, 2559119. Natijada, ma’lumotlar bazasiga kiritilgan kimyoviy birikmalarning taqdim etilgan ma’lumotlaridan o‘xshash birikmalarni sintez qilish va ularning tuzilishini tavsiflashda foydalanish imkonini bergan;
Cu2+ ioni saqlagan 2,5- diamino 1,3,4- tiadiazolning kompleksi o‘z xossalari va yuqori samaradorligi sababli dezinfeksiyalash vositalarga eritma ko‘rinishda 0,04%li eritmasi “NOVA FARM” MChJ O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasida dezinfeksiyalovchi vositalar tayyorlashda amaliyotga joriy etilgan (“NOVA FARM” MChJ O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasining 2026-yil 8-iyundagi 21-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori samarali dezinfeksiyalovchi vositalar olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish