Muzaffarov Jahongir Shavkat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kardiorenal sindromda kallikrein-kinin tizimidagi o‘zgarishlar va unga kompleks muolajalar ta’sirini baholash” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tib6242.
Ilmiy rahbar: Raximova Matluba Eshbaevna, tibbiyot fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12 Tib.01.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turg‘unpo‘latovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedova Muyassar Gafurdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
 Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali yurak etishmovchiligi negizida rivojlangan kardiorenal sindromni erta bosqichlarida kallikrein-kinin va natriy uretik peptid tizimlarini o‘zaro ta’sirini o‘rganish hamda kompleks muolajalar samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali yurak etishmovchiligi negizida rivojlangan kardiorenal sindromda kallikrein ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar mazkur sindromni erta tashxislash uchun muhim diagnostik ahamiyatga ega ekanligi asoslangan;
surunkali yurak etishmovchiligi negizida rivojlangan kardiorenal sindromda NT-proBNP va kallikrein ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik aniqlanib, ularni birgalikda baholash mazkur sindromning kechishi va og‘irlik darajasini baholashda muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan;
surunkali yurak etishmovchiligining II va III funksional sinflari negizida rivojlangan kardiorenal sindromda aldosteron va kallikrein ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik aniqlanib, neyrogumoral faollashuv kuchayishi bilan kallikrein-kinin tizimining himoya mexanizmlari susayishi asoslangan;
surunkali yurak etishmovchiligining III funksional sinfi mavjud bemorlarda standart davo tarkibida eplerenondan foydalanish kallikrein-kinin tizimi faolligini yaxshilashi va kardiorenal sindrom kechishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Toshkent davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2026-yil 27-yanvarrdagi 01-26/852-t sonli ma’lumotnomasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: SYuE bilan og‘rigan bemorlarda uning turli bosqichlarida kardiorenal sindromni erta aniqlashda kallikrein muhim marker ekanligi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan Kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 10.02.2026 yildagi 62-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan Nefrologiya va Buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 09.02.2026 yildagi 39-sonli, buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2026-yil 12-maydagi 08/36-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Kallikrein darajasini aniqlash orqali KRS ni erta bosqichlarida aniqlash imkoni kengaydi. Bu esa bemorlarga kasallikning erta bosqichda tashxis qo‘yish, og‘ir asoratlarning oldini olish va profilaktik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida ko‘rishni ta’minladi. Shu bilan birga ushbu guruh bemorlarda KRS erta tashxislash asoratlanish darajasini kamaytirdi, bemorlarga berilgan tavsiyalaraning samaradorligini oshirdi hamda bemor va shifokor orasidagi ishonchni mustahkamladi. To‘g‘ri tashxislash va xar bir bemor uchun individual davolash strategiyalarini belgilash orqali kasallikning og‘ir shakillariga o‘tishi sezilarli darajada kamaytirildi.  Iqtisodiy samaradorligi: Kallikrein asosida KRS ni samarali tashxislash jarayonining aniqligi sababli ko‘plab qimmatbaho, lekin kam samarali asbobiy yoki invaziv tekshiruvlarini o‘tkazish ehtiyoji kamaydi. Bu o‘z navbatida, qayta kasalxonaga yotish va murojatlar sonini, har bir bemorni tashxislash va davolash uchun sarflanadigan buyudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi. Xulosa: SYuE da kardiorenal sindromni erta tashxislashda Kallikreinni qo‘llash tashxis qo‘yish aniqligini oshirish, davolash taktikasini o‘z vaqtida to‘g‘irlash va bemorlarda buyrak disfunksiyasi hamda uning asoratlari rivojlanishini kamaytirish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: SYuE negizida rivojlangan kardiorenal sindromda NT-proBNP va kallikrein ko‘rsatkichlari o‘rtasida manfiy korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi hamda kasallik og‘irlashib borgan sari ushbu markerlarning bir-biriga qarama-qarshi ravishda o‘zgarishi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan Kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 10.02.2026 yildagi 62-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan Nefrologiya va Buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 09.02.2026 yildagi 39-sonli, buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2026-yil 12-maydagi 08/36-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: NT-proBNP va kallikrein ko‘rsatkichlarini birgalikda baholash orqali kardiorenal sindromning erta bosqichlarini aniqlash va uning og‘irlik darajasini baholash imkoniyati kengaydi. Bu esa xavf guruhiga kiruvchi bemorlarni o‘z vaqtida saralash, kasallik progressiyasini barvaqt aniqlash hamda davolash va profilaktik chora-tadbirlarni individuallashtirish imkonini berdi. Natijada kardiorenal sindrom bilan bog‘liq asoratlar rivojlanish xavfi kamaydi, bemorlarning hayot sifati va dispanser kuzatuvi samaradorligi oshdi. Iqtisodiy samaradorligi: NT-proBNP va kallikrein markerlarini kompleks baholash asosida kardiorenal sindromni erta tashxislash imkoniyati kengayishi natijasida qo‘shimcha qimmatbaho tekshiruvlar va kasallikning kechki bosqichlarida talab etiladigan davolash tadbirlariga ehtiyoj qisqardi. Bu esa bemorlarning takroriy gospitalizatsiyalari sonini kamaytirish, davolash xarajatlarini optimallashtirish hamda sog‘liqni saqlash tizimi mablag‘larini tejash imkonini berdi. Xulosa: SYuE negizida rivojlangan kardiorenal sindromda NT-proBNP va kallikrein ko‘rsatkichlarini birgalikda aniqlash kasallikni erta tashxislash, uning og‘irlik darajasini baholash va davolash taktikasini o‘z vaqtida muvofiqlashtirish imkonini berib, bemorlarda kardiorenal asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishga xizmat qilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: SYuE bilan og‘rigan bemorlarda uning II va III funksional sinflari negizida rivojlangan kardiorenal sindromda aldosteron darajasining kasallik og‘irlashishi bilan ortib borishi hamda aldosteron va kallikrein ko‘rsatkichlari o‘rtasida manfiy korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan Kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 10.02.2026 yildagi 62-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan Nefrologiya va Buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 09.02.2026 yildagi 39-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 maydagi 08/36-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Qonda aldosteron va kallikrein ko‘rsatkichlarini birgalikda baholash orqali kardiorenal sindrom rivojlanishining patogenetik mexanizmlarini aniqroq baholash imkoniyati yaratildi. Bu esa neyrogumoral faollashuv darajasini erta aniqlash, kasallik og‘irlashish xavfini baholash hamda bemorlarda davolash chora-tadbirlarini o‘z vaqtida kuchaytirish imkonini berdi. Natijada kardiorenal sindrom bilan bog‘liq asoratlar rivojlanish xavfi kamaydi, bemorlarni dispanser kuzatish samaradorligi oshdi va ularning hayot sifati yaxshilandi. Iqtisodiy samaradorligi: Aldosteron va kallikrein ko‘rsatkichlarini kompleks baholash asosida kardiorenal sindromning og‘irlashish xavfini erta aniqlash imkoniyati kengaydi. Bu esa bemorlarda maqsadli va differensial davolash taktikasini tanlash, kasallik dekompensatsiyasi va takroriy gospitalizatsiyalar sonini kamaytirish imkonini berdi. Natijada davolash va reabilitatsiya tadbirlari uchun sarflanadigan mablag‘larni tejashga erishildi. Xulosa: SYuE negizida rivojlangan kardiorenal sindromda aldosteron va kallikrein ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi manfiy korrelyasion bog‘liqlikni aniqlash kasallikning neyrogumoral mexanizmlarini baholash, uning og‘irlik darajasini aniqlash va davolash taktikasini o‘z vaqtida muvofiqlashtirish imkonini berib, kardiorenal asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishga xizmat qilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: SYuEning III funksional sinfi mavjud bemorlarda standart davo tarkibida eplerenon qo‘llanilganda kallikrein ko‘rsatkichlarining ishonchli darajada oshishi hamda ushbu preparatning kallikrein-kinin tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan Kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 10.02.2026 yildagi 62-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan Nefrologiya va Buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 09.02.2026 yildagi 39-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 maydagi 08/36-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Standart davo tarkibida eplerenondan foydalanish orqali kardiorenal sindrom mavjud bemorlarda kallikrein-kinin tizimining himoya xususiyatlarini kuchaytirish imkoniyati yaratildi. Bu esa yurak va buyrak faoliyatining yanada yomonlashishini cheklash, kasallik progressiyasini sekinlashtirish hamda bemorlarning funksional holati va hayot sifatini yaxshilashga xizmat qildi. Shu bilan birga, davolashni individuallashtirish imkoniyati kengayib, bemorlarda kardiorenal asoratlar rivojlanish xavfi kamaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Eplerenonning kallikrein ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sirini hisobga olgan holda uni standart davo tarkibida qo‘llash bemorlarda kasallik dekompensatsiyasi va takroriy gospitalizatsiyalar xavfini kamaytirish imkonini berdi. Bu o‘z navbatida statsionar va ambulator davolash uchun sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish, mehnat qobiliyatini saqlab qolish hamda sog‘liqni saqlash tizimi mablag‘laridan samarali foydalanishga xizmat qildi. Xulosa: SYuE negizida rivojlangan kardiorenal sindromda standart davo tarkibida eplerenondan foydalanish kallikrein-kinin tizimi faolligini yaxshilash, davolash samaradorligini oshirish va bemorlarda kardiorenal asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish