Mirzakarimova Farida Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Megapolis sharoitida jigarning noalkogol yog‘li kasalligining tashhislash va profilaktikasini optimallashtirish va xavf omillarini aniqlash» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3133.
Ilmiy rahbar: Babadjanov Abdumurat Sattorovich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12 Tib.01.02.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldasheva Gulchexra Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jigarning noalkogol yog‘li kasalligi rivojlanishining xavf omillarini va erta diagnostika mezonlarini aniqlash orqali birlamchi tibbiyot bo‘g‘inida profilaktik tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
megapolis sharoitida profilaktik skrining ko‘riklari vaqtida JNYoK uchrash soni 41,2 % ni va uning 1-darajasi 17,2 %, 2-darajasi esa 82,8 % ni tashkil etgani aniqlangan;
jigarning noalkogol yog‘li kasalligi rivojlanishi va klinik kechishining og‘irlashuvining prediktori dislipidemiya ekanligi, me’yordan tez-tez chetga chiqadigan asosiy fraksiyalar TG – 68,8 % va xolesterinligi – 63,6 % aniqlanib, jigar steatozining 2-darajasida yallig‘lanish jarayoni mavjudligi S-reaktiv oqsil va eritrotsitlar cho‘kish tezligi (EChT) ko‘rsatkichlarining ishonarli yuqoriligi bilan asoslangan;
jigarning noalkogol yog‘li kasalligining erta shakllarida S-peptid va Leptin darajasining jigar hujayralari shikastlanishi, yallig‘lanish va jigar steatozi rivojlanishidagi patofiziologik roli ko‘rsatildi; S-peptid darajasi 4,4 ng/ml dan, Leptin 14,4 ng/ml dan yuqori bo‘lganda jigarning noalkogol yog‘li kasalligi rivojlanishi, bundan yuqori ko‘rsatkichlarda klinik kechishning og‘irlashishi aniqlangan;
jigarning noalkogol yog‘li kasalligi va jigar fibrozini tashxislash va profilaktikasi algoritmi ishlab chiqildi, u yuqori spesifichlik (98,5 %), sezgirlik (95,6 %) va aniqlik (92,3 %) bilan tavsiflanadi hamda jigar fibrozining rivojlanish sonini kamaytirish va jigarning noalkogol yog‘li kasalligi simptomlarini klinik baholashga yordam berishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 05 sentyabrdagi 03/300-sonli ma’lumotnomasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: megapolis sharoitida profilaktik skrining ko‘riklari vaqtida JNYoK uchrash soni 41,2 % ni va uning 1-darajasi 17,2 %, 2-darajasi esa 82,8 % ni tashkil etgani aniqlanganligi bo‘yicha olingan natijalar 5-sonli shahar klinik shifoxonasining 2024-yil 23 sentyabrdagi 150-sonli buyrug‘i hamda 70-sonli oilaviy poliklinikaning 2024-yil 24 oktyabrdagi 132-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 07 oktyabrdagi 26/44-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sog‘likni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini sharoitida skrining ko‘riklari davomida JNYoK tashxisoti sifatini oshirishdan iborat bo‘lib, jigar fibrozi va sirrozi kabi JNYoK asoratlari rivojlanish tezligi kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: jigarning noalkogol` yog‘li kasalligini rivojlanib borishda asoratlarni davolashga sarflanadigan iqtisodiy xarajatlarni qisqartirish va sitolitik sindromni erta bartaraf etish mablag‘lar tejalishiga olib keladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, megapolis sharoitida aholini profilaktik skriningdan o‘tkazish orqali jigarning noalkogol` yog‘li kasalligini va uning steatoz darajalarini sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini sharoitida erta aniqlash, jigar fibrozi va jigar sirrozi kabi og‘ir oqibatlarning oldini olish bilan ambulator va statsionar sharoitda davolanish muddatini qisqartirishga hamda sitolitik sindromni vaqtida bartaraf etish orqali sog‘liqni saqlash tizimi mablag‘larining tejalishiga olib keladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: jigarning noalkogol yog‘li kasalligi rivojlanishi va klinik kechishining og‘irlashuvining prediktori dislipidemiya ekanligi, me’yordan tez-tez chetga chiqadigan asosiy fraksiyalar TG – 68,8 % va xolesterinligi – 63,6 % aniqlanib, jigar steatozining 2-darajasida yallig‘lanish jarayoni mavjudligi S-reaktiv oqsil va eritrotsitlar cho‘kish tezligi ko‘rsatkichlarining ishonarli yuqoriligi bilan asoslanganligi bo‘yicha olingan natijalar 5-sonli shahar klinik shifoxonasining 2024-yil 23 sentyabrdagi 150-sonli buyrug‘i hamda 70-sonli oilaviy poliklinikaning 2024-yil 24 oktyabrdagi 132-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 07 oktyabrdagi 26/44-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sog‘likqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini sharoitida skrining ko‘riklari davomida JNYoKni erta tashxislash darajasini oshirishdan iborat bo‘lib, JNYoK asoratlari rivojlanish tezligi kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: jigarning noalkogol` yog‘li kasalligini rivojlanishi va klinik kechishi og‘irlashishining aniqlangan prediktorlari kasallik kuchayib borishida asoratlarni davolashga sarflanadigan iqtisodiy xarajatlarni qisqartirishga va sitolitik sindromni erta bartaraf etishga yordam beradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, jigarning noalkogol` yog‘li kasalligi progressiyasi va jigar steatozining 2-darajasidagi yallig‘lanish jarayonlarini lipidlar fraksiyasi (trigliseridlar va xolesterin) hamda tizimli yallig‘lanish markerlari (S-reaktiv oqsil va eritrotsitlar cho‘kish tezligi) yordamida erta prognoz qilish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, kasallik og‘irlashishining oldini olish bilan ambulator va statsionar sharoitda davolanish vaqtini qisqartirish va iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: jigarning noalkogol yog‘li kasalligining erta shakllarida S-peptid va Leptin darajasining jigar hujayralari shikastlanishi, yallig‘lanish va jigar steatozi rivojlanishidagi patofiziologik roli ko‘rsatildi; S-peptid darajasi 4,4 ng/ml dan, Leptin 14,4 ng/ml dan yuqori bo‘lganda jigarning noalkogol yog‘li kasalligi rivojlanishi, bundan yuqori ko‘rsatkichlarda klinik kechishning og‘irlashishi aniqlanganligi bo‘yicha olingan natijalar 5-sonli shahar klinik shifoxonasining 2024-yil 23 sentyabrdagi 150-sonli buyrug‘i hamda 70-sonli oilaviy poliklinikaning 2024-yil 24 oktyabrdagi 132-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 07 oktyabrdagi 26/44-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mazkur kasallikning er`a shakllarida S-peptid va leptin miqdorining jigar-hujayra shikastlanishi, yallig‘lanish va jigar steatozi rivojlanishidagi patofiziologik rolini belgilash hamda patolgiya rivojlanib borishini prognoz qilish hisobiga JNYoKni erta tashxislash darajasini oshirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: jigarning noalkogol` yog‘li kasalligini rivojlanishi va klinik kechishi og‘irlashishining aniqlangan prediktorlari kasallik kuchayib borishida asoratlarni davolashga sarflanadigan iqtisodiy xarajatlarni qisqartirishga va sitolitik sindromni erta bartaraf etishga yordam beradi, bu esa jigar steatozi darajasining regressiyaga erishish imkonini beradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, jigarning noalkogol` yog‘li kasalligining boshlang‘ich davrida S-peptid va Leptin miqdorini erta laborator tashxislash orqali jigar hujayralari shikastlanishi va steatoz rivojlanishini prognoz qilish, jigar to‘qimasi regressiyasiga erishish, bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini qisqartirish va sitolitik sindromni erta bartaraf etish orqali byudjet mablag‘larining sezilarli darajada tejalishiga olib kiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jigarning noalkogol yog‘li kasalligi va jigar fibrozini tashxislash va profilaktikasi algoritmi ishlab chiqildi, u yuqori spesifichlik (98,5 %), sezgirlik (95,6 %) va aniqlik (92,3 %) bilan tavsiflanadi hamda jigar fibrozining rivojlanish sonini kamaytirish va jigarning noalkogol yog‘li kasalligi simptomlarini klinik baholashga yordam berishi asoslanganligi bo‘yicha olingan natijalar 5-sonli shahar klinik shifoxonasining 2024-yil 23 sentyabrdagi 150-sonli buyrug‘i hamda 70-sonli oilaviy poliklinikaning 2024-yil 24 oktyabrdagi 132-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 07 oktyabrdagi 26/44-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jigarning noalkogol` yog‘li kasalligini rivojlanib borishi ishlab chiqilgan algoritmining ijtimoiy samarasi  megapolislarda skrining ko‘riklari davomida sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini sharoitida mazkur patologiya tashxisoti sifatini oshirishdan iborat bo‘lib, kasallik asoratlari rivojlanish tezligi kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: jigar fibrozi rivojlanishining oldini olish va kasallik kuchayib borishidagi asoratlarni davolashga sarflanadigan iqtisodiy xarajatlarni qisqartiradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, jigarning noalkogol` yog‘li kasalligi va jigar fibrozini erta tashxislash va profilaktika qilishning yuqori sezgirlik va aniqlikka ega bo‘lgan algoritmini sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini amaliyotiga tadbiq etish orqali fibroz bosqichiga o‘tish holatlarini kamaytirish, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotish muddatini va bemorlarni qimmatbaho statsionar sharoitda davolanish xarajatlarini keskin qisqartirish hisobiga yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish