Xaliqova Oyimxon Malikjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orqa miya posttravmatik zararlanishdan keyingi bemorlarda neyrotrofik yaralarni davolash jarrohlik taktikasi», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4709.
Ilmiy rahbar: Matmurodov Quvondiq Jumaniyozovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.07.
Rasmiy opponentlar: Musashayxov Xusanboy Tadjibaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. Kurbaniyazov Zafarjon Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.V.Vishnevskiy nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot xirurgiya markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
plastik operatsiyalarni optimallashtirish orqali orqa miya posttravmatik zararlanishdan keyingi bemorlarda neyrotrofik jarohat nuqsonlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
spinal bemorlarda jarohat nuqsonini yopishga qaratilgan rekonstruktiv-plastik operatsiyalarning yakuniy natijasiga tanlangan jarrohlik taktikasi va patologik o‘choqning tananing anatomik sohalarida joylashuvi bevosita ta’sir qilishi aniqlangan;
plastik operatsiya usulini tanlash yotoq yarasining joylashuviga qarab, zararlangan qismning anatomik-fiziologik funksiyasini hamda atrofdagi suyak to‘qimasining holatini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozimligi isbotlangan;
to‘qimalar innervatsiyasi buzilgan sharoitda, ehtimoliy operatsiyadan keyingi asoratlar va kasallik residivining oldini olish uchun patologik o‘choq sohasidagi to‘qima tuzilmalarining ifodalanganligiga qarab, rekonstruktiv-plastik operatsiya usulini tanlashning asosiy mezonlari asoslangan;
orqa miya shikastlanishi fonida keng ko‘lamli jarohat nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni davolashning jarrohlik strategiyasi dekubital yaraning lokalizatsiyasiga qarab, plastik operatsiyalarni bajarishda tabaqalashtirilgan yondashuv orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Orqa miya posttravmatik zararlanishdan keyingi bemorlarda neyrotrofik yaralarni davolash jarrohlik taktikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: spinal bemorlarda jarohat nuqsonini yopishga qaratilgan rekonstruktiv-plastik operatsiyalarning yakuniy natijasiga tanlangan jarrohlik taktikasi va patologik o‘choqning tananing anatomik sohalarida joylashuvi bevosita ta’sir qilishi aniqlangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024-yil 22-avgustdagi 08-24/360-t son bilan tasdiqlangan «Sposob xirurgicheskogo lecheniya neyrotroficheskix ranevix defektov u spinal`nix bol`nix» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Ibn Sino nomli 1-shaxar klinik shifoxonasi (29.01.2025 y. 61-son buyrug‘i) va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (03.02.2025 y. 50-I-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 02.06.2026 y. 09/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: orqa miya shikastlanishi fonida dekubital yarasi bo‘lgan bemorlarda rekonstruktiv-plastik operatsiyalarni bajarishda jarrohlik taktikasi belgilab berildi. Iqtisodiy samaradorligi: orqa miya shikastlanishi fonida dekubital yarasi bo‘lgan bemorlarda rekonstruktiv-plastik operatsiyalarni bajarishda bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 7-10 kun uchun 6544800 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 975650 so‘m sarflanadi. miniinvaziv yondashuvlar yordamida operatsiya kilinganda statsionar davolanish 5 kunga qiskarib, iqtisodiy ko‘rsatkich 3876450 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: orqa miyaning posttravmatik shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda yotoq yaralarini davolashda an’anaviy jarrohlik taktikasini va turli xil plastik yopish usullarini qo‘llash 18,6% holatlarda (t=7,76; p<0,001) jarohat sohasida operatsiyadan keyingi asoratlarga olib kelishi mumkin.
ikkinchi ilmiy yangilik: plastik operatsiya usulini tanlash yotoq yarasining joylashuviga qarab, zararlangan qismning anatomik-fiziologik funksiyasini hamda atrofdagi suyak to‘qimasining holatini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozimligi isbotlangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024-yil 22-avgustdagi 08-24/360-t son bilan tasdiqlangan «Sposob xirurgicheskogo lecheniya neyrotroficheskix ranevix defektov u spinal`nix bol`nix» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Ibn Sino nomli 1-shaxar klinik shifoxonasi (29.01.2025 y. 61-son buyrug‘i) va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (03.02.2025 y. 50-I-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 02.06.2026 y. 09/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: spinal bemorlarda neyrotrofik jarohat nuqsoni sohasida plastik aralashuvlarni bajarishning jarrohlik strategiyasini belgilash uchun ularning anatomik lokalizatsiyasini albatta hisobga olish zarurligi isbotlandi. Iqtisodiy samaradorligi: spinal bemorlarda neyrotrofik jarohat nuqsoni sohasida plastik aralashuvlarni bajarishning jarrohlik strategiyasi asosida differensial-diagnostik mezonlar va bemorlarni davolash algoritm ostida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 10855420 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: jarohat nuqsonini yopishga qaratilgan plastik operatsiyalarni bajarishda ularning lokalizatsiyasini hisobga olish va shikastlangan sohaning funksionalligi bo‘yicha anatomik-fiziologik tamoyillarga qat’iy rioya qilish zarur.
uchinchi ilmiy yangilik: to‘qimalar innervatsiyasi buzilgan sharoitda, ehtimoliy operatsiyadan keyingi asoratlar va kasallik residivining oldini olish uchun patologik o‘choq sohasidagi to‘qima tuzilmalarining ifodalanganligiga qarab, rekonstruktiv-plastik operatsiya usulini tanlashning asosiy mezonlari asoslangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024-yil 22-avgustdagi 08-24/360-t son bilan tasdiqlangan «Sposob xirurgicheskogo lecheniya neyrotroficheskix ranevix defektov u spinal`nix bol`nix» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Ibn Sino nomli 1-shaxar klinik shifoxonasi (29.01.2025 y. 61-son buyrug‘i) va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (03.02.2025 y. 50-I-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 02.06.2026 y. 09/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: orqa miya shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda jarohat nuqsonining lokalizatsiyasiga qarab, yotoq yarasini bartaraf etishga qaratilgan plastik operatsiyalarni bajarish uchun optimal sharoitlar aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi: rekonstruktiv-plastik operatsiya usulini tanlash texnikasi amaliyotidan keyin operatsiyasidan keyingi davrda asoratlar tubdan qisqarishini inobatga olsak, asosiy guruxdagi bemorlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar 30% qisqartirishlikka erishildi. Xulosa: qaytalanuvchi (residiv beruvchi) neyrotrofik yaralarda eng maqbul rekonstruktiv-plastik amaliyot — m. semitendinosus yordamida jarohatni mioplastik yopish hisoblanadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: orqa miya shikastlanishi fonida keng ko‘lamli jarohat nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni davolashning jarrohlik strategiyasi dekubital yaraning lokalizatsiyasiga qarab, plastik operatsiyalarni bajarishda tabaqalashtirilgan yondashuv orqali takomillashtirilgan va bu bo‘yicha tavsiyalar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024-yil 22-avgustdagi 08-24/360-t son bilan tasdiqlangan «Sposob xirurgicheskogo lecheniya neyrotroficheskix ranevix defektov u spinal`nix bol`nix» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Ibn Sino nomli 1-shaxar klinik shifoxonasi (29.01.2025 y. 61-son buyrug‘i) va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (03.02.2025 y. 50-I-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 02.06.2026 y. 09/39-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: differensial yondashuvni hisobga olgan holda asoslangan jarrohlik aralashuvlarini bajarish operatsiyadan keyingi asoratlarni va qayta operatsiyalar chastotasini kamaytirishga hamda dekubital yarasi bo‘lgan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam berishi aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi: plastik operatsiyalarni bajarishda tabaqalashtirilgan yondashuv orqali takomillashtirilgan jarrohlik davolash taktikasi asosida va jarrohlik aralashuvining davomiyligini kamaytirishga yordam berishi, reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi tufayli bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 22564500 so‘m sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 20% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: takomillashtirilgan differensiallashgan jarrohlik davolash algoritmini qo‘llash orqali asosiy guruhda operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini 18,6% dan 10,2% gacha (χ2=3,899; df=1; p=0,049) kamaytirishga, dekubital yara residivi bo‘lgan bemorlar sonini 37,1% dan 15,3% gacha (χ2=10,022; df=1; p=0,002) qisqartirishga va yotoq yaralaridan to‘liq xalos bo‘lish ko‘rsatkichini 27,9% dan 66,7% gacha (χ2=14,095; df=2; p<0,001) yaxshilashga erishildi.