Turakulova Diyoraxon Oybek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zo‘riqish bosh og‘rig‘ining klinik va patogenetik xususiyatlari va davolash usullarini optimallashtirish», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3561.
Ilmiy raxbar: Mirdjuraev Elbek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.l1.01
Rasmiy opponentlar Gafurov Baxtiyar Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muratov Faxmiddin Xayritdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Urgench davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali zo‘riqish bosh og‘rig‘ining klinik-patogenetik omillarini har tomonlama o‘rganish, hamda davolash samaradorligini oshirish, kasallik qaytalanish sur’atlarini kamaytirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan muqobil davolash-tashxislash buyicha taklif va tavsiyalar ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali zo‘riqish bosh og‘rig‘i bo‘lgan bemorlarda birlamchi ambulator bosqichda dori vositalari ta’sirida yuzaga keluvchi bosh og‘rig‘i rivojlanish xavfini uygotuvchi patogenetik omillar (abuzus, xavotir, tibbiy savodxonlikning pastligi) aniklangan;
surunkali zo‘riqish bosh og‘rig‘i bilan og‘rigan bemorlarga xos bo‘lgan kognitiv-emotsional buzilishlar profili va bemorlarni yuritishda erkak va ayollarda hayot sifati ko‘rsatkichlaridagi jinsiy farqlari asosida jinsga yo‘naltirilgan, differensial yondashuv zarurati aniqlangan;
surunkali zo‘riqish bosh og‘rig‘i bilan og‘rigan bemorlarda farmakoterapiyani bemorga yo‘naltirilgan ta’lim bilan integratsiyalangan holda qo‘llash standart davolashga nisbatan neyropsixologik xolatning (depressiya, xavotir) yaxshilanishi va surunkali tipdan epizodik tipga utishi isbotlangan;
sefalgiyalarni erta va kiyosiy tashxislash, personallashtirilgan davoda birlamchi avtomatlashtirilgan diagnostika kilish modeli asosida yondashuv takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Surunkali zo‘riqish bosh og‘rig‘ining klinik va patogenetik xususiyatlarini o‘rganish va davolash usullarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali zo‘riqish bosh og‘rig‘i bo‘lgan bemorlarda birlamchi ambulator bosqichda dori vositalari ta’sirida yuzaga keluvchi bosh og‘rig‘i rivojlanish xavfini uygotuvchi patogenetik omillar (abuzus, xavotir, tibbiy savodxonlikning pastligi) aniklanganligi, va anal`getiklarni suiiste’mol qilish qonuniyatlarini aniqlashga asoslangan, abuzus bosh og‘rig‘i profilaktikasiga qaratilgan kompleks yondashuv bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 29 oktyabrdagi 55-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Zo‘riqish bosh og‘rig‘ini tashxislash va davolash algoritmi” hamda “Zo‘riqish bosh og‘rig‘ini davolashning ratsional uslublari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahri Bektemir tumani markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida 31.10.2025 yilda chikkan 118-sonli va 112-sonli va Andijon tumani tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli poliklinikasida 31.10.2025 yilda chikkan 96-son va 95-sonli buyruklari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 3 fevraldagi 2-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: anal`getiklarni suiiste’mol qilish holatlarini erta aniqlash abuzus bosh og‘rig‘i uchrash chastotasini kamaytirishga, bemorlarda bosh og‘rig‘ini davolashga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga, mehnatga layoqatsizlik kunlari sonini qisqartirishga va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Bosh og‘rig‘ini samarali davolash nafaqat alohida bemor salomatligini yaxshilaydi, balki jamiyat miqyosida sog‘lom turmush va farovonlikni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorlik: Taqdim etilgan usullarni joriy etish asossiz MRT/KT tekshiruvlarini qisqartirish, ortikcha va samarasiz dori vositalarini kamaytirish xisobiga 1 yilda 100 nafar bemorga xizmat ko‘rsatishda 40 million so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi. Olingan ma’lumotlar mazkur usulni amaldagi bemorlarda kasalliklarni erta aniqlash uchun qo‘llash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ekanini tasdiqladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali zo‘riqish bosh og‘rig‘i bilan og‘rigan bemorlarga xos bo‘lgan kognitiv-emotsional buzilishlar profili va bemorlarni yuritishda erkak va ayollarda hayot sifati ko‘rsatkichlaridagi jinsiy farqlari asosida jinsga yo‘naltirilgan, differensial yondashuv zaruriyati aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 29 oktyabrda 55-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan “Zo‘riqish bosh og‘rig‘ini davolashning ratsional uslublari” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar Bektemir tumani markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida 31.10.2025 yilda chikkan 118-sonli va Andijon tumani (Andijon vil.) tibbiyot birlashmasining ko‘p tarmoqli poliklinikasi 31.10.2025 yilda chikkan 96- buyruklari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 3 fevraldagi 2-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: ushbu ilmiy yangilikning mohiyati erkaklar va ayollarda ijtimoiy moslashuvni ta’minlovchi, individuallashtirilgan yondashuvga asoslangan genderga yo‘naltirilgan davolash strategiyalarini ishlab chiqishdan iborat. Genderga yo‘naltirilgan usulni amaliyotga joriy etish psixoemotsional holatni me’yorlashtiradi va natijada hayot sifatini yaxshilaydi. Tashvish darajasi va hissiy zo‘riqishni esa erta aniqlash hamda bartaraf etish bemorlarning davolashga bo‘lgan mas’uliyatli munosabatini kuchaytirib, kognitiv-xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirib, SZBO bilan og‘rigan bemorlarning jamiyatga moslashuvini yaxshilab, kundalik faolligi oshiradi. Iqtisodiy samaradorlik: mazkur tadqiqot yondashuvini joriy etish takroriy murojaatlar sonini qisqartirishga, qo‘shimcha davolashga ehtiyojni kamaytirishga hamda sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini pasaytirishga imkon beradi. Olingan ma’lumotlar ushbu usulni bemorlarda qo‘llash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ekanini tasdiqlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali zo‘riqish bosh og‘rig‘i bilan og‘rigan bemorlarda farmakoterapiyani bemorga yo‘naltirilgan ta’lim bilan integratsiyalangan holda qo‘llash standart davolashga nisbatan neyropsixologik xolatning (depressiya, xavotir) yaxshilanishi va surunkali tipdan epizodik tipga utishi isbotlangan, bu esa surunkali zo‘riqish bosh og‘rig‘ini davolashda bemorlarni kasalligiga oid xabardorligi oshirish va farmakoterapiyani o‘z ichiga olgan kompleks davo afzal ekanligini asoslash bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 29 oktyabrda 55-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Zo‘riqish bosh og‘rig‘ini tashxislash va davolash algoritmi” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar Bektemir tumani markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida 31.10.2025 yilda chikkan 112-sonli va Andijon tumani (Andijon vil.) tibbiyot birlashmasining ko‘p tarmoqli poliklinikasi poliklinikasi 31.10.2025 yilda chikkan 95- buyruklari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 3 fevraldagi 2-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: zo‘riqish bosh og‘rig‘i haqida bilimlarga ega bo‘lish, jamiyat tomonidan ma’naviy qo‘llab-quvvatlanish va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati ushbu keng tarqalgan patologiyaga qarshi kurashda sezilarli yordam beradi. ZBOni davolashga samarali yondashuvlar nafaqat alohida inson salomatligini yaxshilash imkonini beradi, balki butun millat salomatligi va farovonligini rivojlantirishga hissa qo‘shgan holda jamiyat darajasida ijtimoiy samaradorlikni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorlik: bemorlarning tibbiy savodxonligini oshirish va kasallikka oid ta’limni joriy etish natijasida bemorlardagi komorbid xavotir va depressiya darajasi 2 barobarga kamaydi, kasallikning surunkali shakldan engilroq bo‘lgan epizodik shaklga o‘tish ko‘rsatkichi 3 barobarga oshdi, dori vositalarini qabul qilish kunlari esa 1,5 barobarga qisqardi. Bu har 100 nafar bemor hisobiga yillik tejamkorlik 40 000 000 so‘m tashkil etishini anglatadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sefalgiyalarni erta va kiyosiy tashxislash, personallashtirilgan davoda birlamchi avtomatlashtirilgan diagnostika kilish modeli asosida yondashuv takomillashtirilgan va bu borada ambulator poliklinika shifokorlari bosh og‘rig‘i bo‘lgan bemorlarda amaliy foydalanish uchun diagnostik so‘rovnoma "ID-Bosh og‘rig‘i" elektron diagnostik ilovasidan foydalanish buyicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 29 oktyabrdagi 55-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Zo‘riqish bosh og‘rig‘ini tashxislash va davolash algoritmi” hamda “Zo‘riqish bosh og‘rig‘ini davolashning ratsional uslublari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahri Bektemir tumani markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida 31.10.2025 yilda chikkan 118-sonli va 112-sonli va Andijon tumani tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli poliklinikasida 31.10.2025 yilda chikkan 96-son va 95-sonli buyruklari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 3 fevraldagi 2-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: «ID-Bosh og‘rig‘i» elektron diagnostik ilovasidan foydalanish aholi orasida keng tarqalgan bosh og‘riklarini erta aniqlash va o‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘naltirish imkonini berdi, tashxis qo‘yish sifatining oshishi bemorlarning hayot sifati, mehnat qobiliyati va kundalik faolligini saklab koladi va ortiqcha o‘zboshimchalik bilan anal`getik qabul qilish holatlarini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorlik: elektron diagnostik ilovadan foydalanish poliklinika sharoitida qabul vaqti va tashxis qo‘yish jarayonini qisqartiradi, shifokor mehnat unumdorligini oshiradi. Xulosa: kilingan ilmiy izlanishlar natijalari klinik amaliyotga joriy qilinishi, diagnostika aniqligini oshirishga, davolash natijalarini yaxshilashga, anal`getiklarni nazoratsiz suiiste’mol qilish holatlarini kamaytirishga hamda bemorlarni kasallik mohiyati va o‘zini nazorat qilish tamoyillari haqidagi xabardorligini oshirishga imkon berdi.