Tojiboev Temurbek Topvoldi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homiladorlik fonida rivojlangan gestatsion pielonefritni patomorfologik va immunogistokimyoviy jihatlari», 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib6002.
Ilmiy rahbar: Mamataliev Avazbek Rozuvaevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Eshbaev Erkin Abduxalimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Shavazi Nargiz Nuralievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: homilador ayollarda tug‘ruqlar soniga bog‘liq holdagi gestatsion pielonefritda kuzatiladigan patomorfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy o‘zgarishlarni o‘rganish va kasallik rivojlanish mexanizmlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor klinik-anamnestik va autopsiya ma’lumotlari tahlili asosida gestatsion pielonefritning uchrash chastotasi va morfologik shikastlanish og‘irlik darajasi homiladorlik tartibiga bog‘liqligi, birinchi homiladorlikda 73,3% holatlarda kasallik og‘ir va destruktiv kechishi, ikkinchi va uchinchi homiladorliklarda esa nisbatan kam va asoratsiz kechishi isbotlangan;
birinchi homiladorlikdagi gestatsion pielonefrit morfogenezida buyrak po‘stloq sohasi koptokchalari va kanalchalarida massiv distrofik va nekrobiotik o‘zgarishlarni o‘tkir yallig‘lanish jarayoni bilan birgalikda kechishi va terminal yig‘uvchi kanalchalar epiteliysida vakuol distrofiyaning rivojlanishi natijasida buyrak jomchalari etishmovchiligining shakllanishi patogenetik jihatdan asoslangan;
birinchi homiladorlikda P53 yuqori pozitiv ekspressiyasi (59,11±1,05%), CD34 o‘rta pozitiv ekspressiyasi (73,61±1,01%) va BCL-2 past pozitiv reaksiyasi (79,15±1,02%) asosida apoptotik-destruktiv va mikrotsirkulyator shikastlanishlarning ustunligi, ikkinchi va uchinchi homiladorliklarda mazkur markerlar ekspressiyasining pasayishi bilan atrofik-sklerotik va kompensator o‘zgarishlar rivojlanishi aniqlangan;
birinchi homiladorlikda buyrak koptokchalari, naychalari va qon tomirlarining morfometrik ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan o‘rtacha 1,35 martagacha, ikkinchi homiladorlikda 1,15 martagacha, uchinchi homiladorlikda esa 1,03 martagacha ortishi patologik jarayon og‘irligini ob’ektiv baholashning miqdoriy mezoni ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homiladorlik fonida rivojlangan gestatsion pielonefritni patomorfologik va immunogistokimyoviy xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor klinik-anamnestik va autopsiya ma’lumotlari tahlili asosida gestatsion pielonefritning uchrash chastotasi va morfologik shikastlanish og‘irlik darajasi homiladorlik tartibiga bog‘liqligi, birinchi homiladorlikda 73,3% holatlarda kasallik og‘ir va destruktiv kechishi, uchinchi va to‘rtinchi homiladorliklarda esa nisbatan kam va asoratsiz kechishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot institutining ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 31 oktyabrda 6i-109/u-son bilan tasdiqlangan “Gestatsion pielonefritda buyraklarning immunogistokimyoviy mezonlarini baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 01.11.2025 yildagi 177-son va Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 22.11.2025 yildagi 191-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 yanvardagi 01/14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gestatsion pielonefritda buyrak tuzilmalaridagi patomorfologik o‘zgarishlarni o‘rganish usullarini takomillashtirish, kasallikni erta aniqlash va asoratlarning oldini olish imkonini beradi. Natijada, homilador ayollarda va homilada asoratlar kam bo‘lishiga olib keladi. Buning oqibatida, o‘lim soni kamayib, ona va bola salomatligini muhofaza qilish samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 1,4 mln. so‘m mablag‘lar taklif etilgan usulda buyrak tuzilmalaridagi patomorfologik o‘zgarishlarni erta aniqlash tufayli tashxis qo‘yish muddatini va shifoxonada yotish kunlarini 10 kundan 7 kungacha qisqartirish hamda kasallik asoratlarini kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi (an’anaviy usulda 7 kunlik davolash xarajati o‘rtacha 2,85 mln so‘mni, taklif etilgan usulda esa 1,85 mln so‘mni tashkil etadi);
ikkinchi ilmiy yangilik: birinchi homiladorlikdagi gestatsion pielonefrit morfogenezida buyrak po‘stloq sohasi koptokchalari va kanalchalarida massiv distrofik va nekrobiotik o‘zgarishlarni o‘tkir yallig‘lanish jarayoni bilan birgalikda kechishi va terminal yig‘uvchi kanalchalar epiteliysida vakuol distrofiyaning rivojlanishi natijasida buyrak jomchalari etishmovchiligining shakllanishi patogenetik jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot institutining ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 31 oktyabrda 6i-109/u-son bilan tasdiqlangan “Gestatsion pielonefritda buyraklarning immunogistokimyoviy mezonlarini baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 01.11.2025 yildagi 177-son va Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 22.11.2025 yildagi 191-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 yanvardagi 01/14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gestatsion pielonefritda buyrak tuzilmalaridagi patomorfologik o‘zgarishlarni o‘rganish usullarini takomillashtirish, kasallikni erta aniqlash va asoratlarning oldini olish imkonini beradi. Natijada, homilador ayollarda va homilada asoratlar kam bo‘lishiga olib keladi. Buning oqibatida, o‘lim soni kamayib, ona va bola salomatligini muhofaza qilish samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 1,4 mln. so‘m mablag‘lar taklif etilgan usulda buyrak tuzilmalaridagi patomorfologik o‘zgarishlarni erta aniqlash tufayli tashxis qo‘yish muddatini va shifoxonada yotish kunlarini 10 kundan 7 kungacha qisqartirish hamda kasallik asoratlarini kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi (an’anaviy usulda 7 kunlik davolash xarajati o‘rtacha 2,85 mln so‘mni, taklif etilgan usulda esa 1,85 mln so‘mni tashkil etadi);
uchinchi ilmiy yangilik: birinchi homiladorlikda P53 yuqori pozitiv ekspressiyasi (59,11±1,05%), CD34 o‘rta pozitiv ekspressiyasi (73,61±1,01%) va BCL-2 past pozitiv reaksiyasi (79,15±1,02%) asosida apoptotik-destruktiv va mikrotsirkulyator shikastlanishlarning ustunligi, ikkinchi va uchinchi homiladorliklarda mazkur markerlar ekspressiyasining pasayishi bilan atrofik-sklerotik va kompensator o‘zgarishlar rivojlanishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot institutining ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 31 oktyabrda 6i-109/u-son bilan tasdiqlangan “Gestatsion pielonefritda buyraklarning immunogistokimyoviy mezonlarini baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 01.11.2025 yildagi 177-son va Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 22.11.2025 yildagi 191-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 yanvardagi 01/14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gestatsion pielonefritda buyrak tuzilmalaridagi patomorfologik o‘zgarishlarni o‘rganish usullarini takomillashtirish, kasallikni erta aniqlash va asoratlarning oldini olish imkonini beradi. Natijada, homilador ayollarda va homilada asoratlar kam bo‘lishiga olib keladi. Buning oqibatida, o‘lim soni kamayib, ona va bola salomatligini muhofaza qilish samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 1,4 mln. so‘m mablag‘lar taklif etilgan usulda buyrak tuzilmalaridagi patomorfologik o‘zgarishlarni erta aniqlash tufayli tashxis qo‘yish muddatini va shifoxonada yotish kunlarini 10 kundan 7 kungacha qisqartirish hamda kasallik asoratlarini kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi (an’anaviy usulda 7 kunlik davolash xarajati o‘rtacha 2,85 mln so‘mni, taklif etilgan usulda esa 1,85 mln so‘mni tashkil etadi);
to‘rtinchi ilmiy yangilik: birinchi homiladorlikda buyrak koptokchalari, naychalari va qon tomirlarining morfometrik ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan o‘rtacha 1,35 martagacha, ikkinchi homiladorlikda 1,15 martagacha, uchinchi homiladorlikda esa 1,03 martagacha ortishi patologik jarayon og‘irligini ob’ektiv baholashning miqdoriy mezoni ekanligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot institutining ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 31 oktyabrda 6i-109/u-son bilan tasdiqlangan “Gestatsion pielonefritda buyraklarning immunogistokimyoviy mezonlarini baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 01.11.2025 yildagi 177-son va Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 22.11.2025 yildagi 191-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 yanvardagi 01/14-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gestatsion pielonefritda buyrak tuzilmalaridagi patomorfologik o‘zgarishlarni o‘rganish usullarini takomillashtirish, kasallikni erta aniqlash va asoratlarning oldini olish imkonini beradi. Natijada, homilador ayollarda va homilada asoratlar kam bo‘lishiga olib keladi. Buning oqibatida, o‘lim soni kamayib, ona va bola salomatligini muhofaza qilish samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 1,4 mln. so‘m mablag‘lar taklif etilgan usulda buyrak tuzilmalaridagi patomorfologik o‘zgarishlarni erta aniqlash tufayli tashxis qo‘yish muddatini va shifoxonada yotish kunlarini 10 kundan 7 kungacha qisqartirish hamda kasallik asoratlarini kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi (an’anaviy usulda 7 kunlik davolash xarajati o‘rtacha 2,85 mln so‘mni, taklif etilgan usulda esa 1,85 mln so‘mni tashkil etadi).