Raximzoda Toxir Erkinining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar exinokokkozini davolashda teri orqali punksion-drenajlash usulini texnik aspektlarini mukammallashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1757.
Ilmiy rahbar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.07.
Rasmiy opponentlar: Svirkun Viktor Viktorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Teshaev Oktyabr Ruxullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: teri-jigar orqali punksion-drenajlash usulining texnik jihatlarini takomillashtirish orqali jigarning solitar exinokokk kistalari bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligi va xavfsizligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
operatsiya vaqtidagi asoratlar va exinokokkning tarqalishi xavfini kamaytirishga qaratilgan jigarning solitar exinokokk kistalarini davolash uchun bosqichma-bosqich perkutan punsion-drenaj usuli ishlab chiqilgan;
MSKT ma’lumotlariga asoslangan operatsiyadan oldingi punsion dostupni rejalashtirish optimal jarrohlik traektoriyasini tanlash va jigar qon tomirlari va o‘t yo‘llari tuzilmalariga zarar yetkazish xavfini minimallashtirish imkonini berishi isbotlangan;
kista tarkibini va xitin qavatining parchalarini bosqichma-bosqich olib tashlash qoldiq bo‘shliqni tezroq kichrayishiga va qaytalanish darajasini pasaytirishga yordam berishi isbotlangan;
jigar exinokokkini perkutan usullar yordamida kompleks davolashda albendazol kimyoterapiyasining roli aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Jigar exinokokkozi bilan og‘rigan bemorlar uchun yuqori texnologiyali kam invaziv amaliyot va kompleks davolash samaradorligini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
birinchi ilmiy yangilik: operatsiya vaqtidagi asoratlar va exinokokkning tarqalishi xavfini kamaytirishga qaratilgan jigarning solitar exinokokk kistalarini davolash uchun bosqichma-bosqich perkutan punsion-drenaj usuli ishlab chiqilgan. Toshkent shahar shoshilinch tibbiy yordam klinik kasalxonasi (2025-yil 23-oktabrdagi 87-sonli buyruq) va Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasida (2025-yil 5-noyabrdagi 3115-10-146-TB/2025-sonli buyruq) amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Bosqichli kateter usulining joriy etilishi bemorlarni davolash xavfsizligini oshirdi, anafilaktik reaksiyalar, yiringli-septik asoratlar va qaytalanish xavfini kamaytirdi. Bu mexnatga layoqatsizlik vaqtini qisqartiradi, nogironlikni kamaytiradi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Statistikaga ko‘ra, jigar exinokokkozi bilan og‘rigan bemorlarni qayta kasalxonaga yotqizish va jarrohlik aralashuvlarini talab qiladi. Bosqichli perkutan usuldan foydalanish statsionar davolanishning o‘rtacha davomiyligini 10-12 dan 7-8 kasalxona kuniga qisqartirdi. Kasalxona kuniga 327 000 so‘m sarflanganda, 20 bemor uchun tejash kamida 26 160 000 so‘mni tashkil qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: MSKT ma’lumotlariga asoslangan operatsiyadan oldingi punsion dostupni rejalashtirish optimal jarrohlik traektoriyasini tanlash va jigar qon tomirlari va o‘t yo‘llari tuzilmalariga zarar yetkazish xavfini minimallashtirish imkonini berishi isbotlangan. Ushbu yondashuv Toshkent shahar klinik shoshilinch tibbiy yordam kasalxonasi (2025-yil 23-oktabrdagi 87-sonli buyruq) va Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman tibbiyot birlashmasida (2025-yil 5-noyabrdagi 3115-10-146-TB/2025-sonli buyruq) amalga oshirildi. Ijtimoiy samaradorligi: punsion dostupni MSKT modellashtirish operatsiya vaqtidagi asoratlar sonini kamaytirdi, aniqligini va davolash xavfsizligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: asoratlar darajasining pasayishi takroriy aralashuvlar va qo‘shimcha diagnostika muolajalaridan qochish imkonini beradi. Qayta yotqizish darajasining 20 bemordan bittasiga kamayishi kamida 18000000 so‘m byudjetni tejashga olib keladi.
uchinchi ilmiy yangilik: kista tarkibini va xitin qavatining parchalarini bosqichma-bosqich olib tashlash qoldiq bo‘shliqni tezroq kichrayishiga va qaytalanish darajasini pasaytirishga yordam berishi isbotlangan. Ushbu usul Toshkent ShKShTYo kasalxonasi (2025-yil 23-oktabrdagi 87-sonli buyruq) va Toshkent viloyati Yangiyo‘l TTB (2025-yil 5-noyabrdagi 3115-10-146-TB/2025-sonli buyruq) amalga oshirilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Ushbu usul qoldiq bo‘shliqning infeksiyalanish ehtimolini va kistaning qayta o‘sishini kamaytiradi, bu esa takroriy aralashuvlarga ehtiyojni kamaytiradi va uzoq muddatli davolash natijalarini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Jigar exinokokkozining qaytalanishining oldini olish o‘rtacha qiymati 10000000 so‘mdan oshadigan takroriy operatsiyalarga ehtiyojni yo‘q qiladi. 20 bemorda qayta operatsiyalarning oldini olish taxminan 200000000 so‘m tejalishiga olib keladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jigar exinokokkini perkutan usullar yordamida kompleks davolashda albendazol kimyoterapiyasining roli aniqlangan. Ushbu usul bosqichma-bosqich perkutan aralashuv va albendazol kimyoterapiyasini o‘z ichiga oladi va undan foydalanish asoratlar uzoq muddatli natijalarni yaxshilaydi. Takomillashtirilgan usul Toshkent shahar klinik shoshilinch tibbiy yordam kasalxonasida (2025-yil 23-oktabrdagi 87-sonli buyruq) va Toshkent viloyati Yangiyo‘l TTBda (2025-yil 5-noyabrdagi 3115-10-146-TB/2025-sonli buyruq) amalga oshirildi. Ijtimoiy samaradorligi: Ushbu kompleks yondashuv qaytalanish darajasini pasaytiradi, kuzatuv muddatlarini qisqartiradi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Qaytalanish va asoratlar paydo bo‘lishini kamaytirish takroriy kasalxonaga yotqizish va uzoq muddatli dori terapiyasi xarajatlarini kamaytiradi. 20 bemor uchun tejash kamida 50 000 000 so‘mni tashkil qiladi.