Asadov Temur Shavkat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rentgen-endobiliar aralashuvlar yordamida mexanik sariqlikda xirurgik davoni takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5613.
Ilmiy rahbar: Daminov Feruz Asadullaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Ruziboev Sanjar Abdusalomovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent. Burdyukov Mixail Sergeevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
xoledoxolitiazni periampulyar zonasining anatomik xususiyatlariga ega bemorlarda kamjarohatli davolash samaradorligini endoskopik aralashuv o‘tkazish texnologiyalarini takomillashtirish va shaxsiylashtirilgan yondashuvlar orqali oshirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘n ikki barmoqli ichak katta so‘rg‘ichining atipik joylashuvi (medial, past, retroduodenal yoki peripapillyar divertikul fonida) standart chrespapillyar aralashuvlar samaradorligini pasaytirishi va kanyulyasiya qiyinchiligi 38% holatda kuzatilishi aniqlangan;
o‘n ikki barmoqli ichak katta so‘rg‘ichiga kirish qiyin bo‘lgan holatlarda ishlab chiqilgan modifikatsiyalashtirilgan kombinatsiyalangan kamjarohat aralashuv (jumladan “Randevu” usuli va transsistik kirish) safro yo‘llarini tiklashda yuqori samaradorligi aniqlangan;
qattiq va katta kalibrli toshlarda endoskopik kontaktli elektrogidravlik litotripsiya texnikasi o‘zgartirildi, uni amalga oshirish shartlari (atrof-muhit, vizualizatsiya, texnik parametrlar) 85,7% holatda to‘liq sanatsiyaga erishish anqlangan;
so‘rg‘ich orqali muolajalarda pankreatit, qon ketish va perforatsiya xavfini kamaytirishga qaratilgan profilaktik tamoyillarni (selektiv kanyulyasiya, vizual nazorat, bosqichma-bosqich aralashuv va instrumental monitoring) joriy etish operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish va davolash xavfsizligini oshirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Rentgen-endobiliar aralashuvlar yordamida mexanik sariqlikda xirurgik davoni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: o‘n ikki barmoqli ichak katta so‘rg‘ichining atipik joylashuvi (medial, past, retroduodenal yoki peripapillyar divertikul fonida) standart chrespapillyar aralashuvlar samaradorligini pasaytirishi va kanyulyasiya qiyinchiligi 38% holatda kuzatilishi aniqlangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 28-maydagi 10-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Yaxshi sifatli mexanik sariq klinikasi, asoratlari, diagnostikasi va davosi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Navoiy filiali (05.08.2025 y. 114-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Jizzax filiali (04.08.2025 y. 95-I-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 17.12.2025 y. 31/40-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘n ikki barmoqli ichak katta so‘rg‘ichining anatomik xususiyatlarini, umumiy o‘t yo‘lining diametrini, toshlarning morfologiyasini, yoshi va birga keladigan patologiyani hisobga olgan holda xoledoxolitiazni minimal invaziv davolashning shaxsiylashtirilgan algoritmi ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘n ikki barmoqli ichak katta so‘rg‘ichining atipik joylashuvi bo‘lgan bemorlarni keng qamrovli klinik va anatomik baholash orqali bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 7-10 kun uchun 6544800 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 975650 so‘m sarflanadi. miniinvaziv yondashuvlar yordamida operatsiya kilinganda statsionar davolanish 5 kunga qiskarib, iqtisodiy ko‘rsatkich 3876450 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: o‘n ikki barmoqli ichak katta so‘rg‘ichining atipik joylashuvi (medial, past, retroduodenal yoki peripapillyar divertikul fonida) standart chrespapillyar aralashuvlar samaradorligini pasaytirishi va kanyulyasiya qiyinchiligi 38% holatda kuzatilishi aniqlandi. Atipik anatomiya mavjud bemorlarda xoledoxolitiaz kechishi klinik va instrumental jihatdan murakkabroq bo‘lishi asoslandi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘n ikki barmoqli ichak katta so‘rg‘ichiga kirish qiyin bo‘lgan holatlarda ishlab chiqilgan modifikatsiyalashtirilgan kombinatsiyalangan kamjarohat aralashuv (jumladan “Randevu” usuli va transsistik kirish) safro yo‘llarini tiklashda yuqori samaradorligi aniqlangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 28-maydagi 10-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Yaxshi sifatli mexanik sariq klinikasi, asoratlari, diagnostikasi va davosi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Navoiy filiali (05.08.2025 y. 114-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Jizzax filiali (04.08.2025 y. 95-I-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 17.12.2025 y. 31/40-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘n ikki barmoqli ichak katta so‘rg‘ichining atipik joylashuvi bo‘lgan bemorlarda yuqori samaradorlikni (91,1%) ko‘rsatadigan "randevu" kombinatsiyalangan laparoskopik-endoskopik texnikasi klinik amaliyotga kiritildi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘n ikki barmoqli ichak katta so‘rg‘ichining erishi qiyin bo‘lgan xoledoxolitiazni davolashning o‘ziga xos minimal invaziv yondashuvi asosida differensial-diagnostik mezonlar va bemorlarni davolash algoritm ostida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 10855420 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: o‘n ikki barmoqli ichak katta so‘rg‘ichiga kirish qiyin bo‘lgan holatlarda ishlab chiqilgan modifikatsiyalashtirilgan kombinatsiyalangan kamjarohat aralashuv (jumladan “randevu” usuli va transsistik kirish) safro yo‘llarini tiklashda yuqori samaradorlikni ta’minlab, xoledox sanatsiyasi 91,1% holatda muvaffaqiyatli amalga oshirilishi hamda ochiq operatsiyaga ehtiyojni bartaraf etishi klinik jihatdan isbotlandi. 
uchinchi ilmiy yangilik: qattiq va katta kalibrli toshlarda endoskopik kontaktli elektrogidravlik litotripsiya texnikasi o‘zgartirildi, uni amalga oshirish shartlari (atrof-muhit, vizualizatsiya, texnik parametrlar) 85,7% holatda to‘liq sanatsiyaga erishish imkonini bergan va bu bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 28-maydagi 10-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Yaxshi sifatli mexanik sariq klinikasi, asoratlari, diagnostikasi va davosi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Navoiy filiali (05.08.2025 y. 114-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Jizzax filiali (04.08.2025 y. 95-I-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 17.12.2025 y. 31/40-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: so‘rg‘ich orqali aralashuvlar asoratlarining oldini olish tamoyillari joriy etildi, shu jumladan vizual nazorat ostida selektiv kanulyasiya, o‘n ikki barmoqli ichak katta so‘rg‘ichi shishishida profilaktik drenaj va bemorning nostabil ahvolida agressiv manipulyasiyani rad etish, bu pankreatit va qon ketish chastotasini kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: endoskopik kontaktli elektrogidravlik litotripsiya texnikasi amaliyotidan keyin operatsiyasidan keyingi davrda asoratlar tubdan qisqarishini inobatga olsak, asosiy guruxdagi bemorlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar 30% qisqartirishlikka erishildi. Xulosa: xoledoxolitiazning yirik va murakkab shakllarida takomillashtirilgan kontakt elektro-gidravlik litotripsiya usulini qo‘llash 85,7% holatda to‘liq sanatsiyaga erishish imkonini berishi va mazkur usul asoratlangan holatlarda minimal invaziv al`ternativ yondashuv sifatida muhim ahamiyat kasb etishi aniqlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: so‘rg‘ich orqali muolajalarda pankreatit, qon ketish va perforatsiya xavfini kamaytirishga qaratilgan profilaktik tamoyillarni (selektiv kanyulyasiya, vizual nazorat, bosqichma-bosqich aralashuv va instrumental monitoring) joriy etish operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish va davolash xavfsizligini oshirishi asoslangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 28-maydagi 10-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Yaxshi sifatli mexanik sariq klinikasi, asoratlari, diagnostikasi va davosi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Navoiy filiali (05.08.2025 y. 114-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Jizzax filiali (04.08.2025 y. 95-I-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 17.12.2025 y. 31/40-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: umumiy o‘t yo‘llarining minimal invaziv sanatsiyasi uchun ko‘rsatmalarning kengayishi hatto murakkab anatomiya va og‘ir komorbidlik holatlarida ham oqlandi, bu laparotomiyalar chastotasini kamaytirdi va operatsiyadan keyingi natijalarni yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorligi: umumiy o‘t yo‘llarining minimal invaziv sanatsiyasi bilan jarrohlik amaliyotlari samaradorligi bilan intraoperatsion travmatizmni va jarrohlik aralashuvining davomiyligini kamaytirishga yordam berishi, reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi tufayli bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 22564500 so‘m  sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 20% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: so‘rg‘ich orqali muolajalarda pankreatit, qon ketish va perforatsiya xavfini kamaytirishga qaratilgan profilaktik tamoyillarni (selektiv kanyulyasiya, vizual nazorat, bosqichma-bosqich aralashuv va instrumental monitoring) joriy etish operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish va davolash xavfsizligini oshirishga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish