Ro‘zimatov Shohboz Hamdambek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Chakana savdo korxonalarida brend strategiyalaridan foydalanish”, 08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2272.
Ilmiy rahbari: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.I.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Ziyodulla Axmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Xolmamatov Diyorbek Haqberdievich, iqtisodiyot fanlari bo‘ycha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chakana savdo korxonalarida brend strategiyalaridan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “chakana savdoda brend strategiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni brendning moddiy va nomoddiy elementlarini chakana savdo jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish orqali iste’mol talabini shakllantirish, sotuv hajmini kengaytirish, mijozlar sodiqligini mustahkamlash va qo‘shimcha qiymat yaratishga qaratilgan boshqaruv qarorlari jihatidan takomillashtirilgan;
iste’molchilarning turli segmentlariga mos keluvchi marketing strategiyalari chakana savdo tarmoqlari mahalliy brendlarining mahsulotlari assortimenti, sifat va narxi hamda merchendayzing holati bo‘yicha marketing auditini tashkil etish orqali aniqlangan chakana savdo sifati indeksi qiymatlarining maqbul chegarasiga (0,56 ≤ RQI ≤ 0,86) ko‘ra takomillashtirilgan;
noaniq binar munosabatlar modeliga asoslangan usulda chakana savdo brendlaridan mijozlarning qoniqish darajasini past daraja (0 ≤ S₁ ≤ 0,59), o‘rta daraja (0,60 ≤ S2 ≤ 0,79) va yuqori daraja
(0,80 ≤ S3 ≤ 1) diapazonlariga mos holda brendni pozisiyalash strategiyalari taklif etilgan;
O‘zbekistonda chakana savdo korxonalarining brending faoliyatini aholining savdo madaniyatini rivojlantirishga sabab bo‘luvchi makro muhit omillari ta’sirini inobatga oluvchi ko‘p omilli regressiya modeli asosida aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi hajmining 2030-yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. chakana savdo korxonalarida brend strategiyalaridan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “chakana savdoda brend strategiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini brendning moddiy va nomoddiy elementlarini chakana savdo jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish orqali iste’mol talabini shakllantirish, sotuv hajmini kengaytirish, mijozlar sodiqligini mustahkamlash va qo‘shimcha qiymat yaratishga qaratilgan boshqaruv qarorlari jihatidan takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Brendni boshqarish” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-yil 3-iyuldagi 265-sonli buyrug‘i, № 265-30). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda brendning moddiy va nomoddiy elementlarini chakana savdo jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish hamda boshqaruv qarorlari jihatidan takomillashtirilgan “chakana savdoda brend strategiyasi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
iste’molchilarning turli segmentlariga mos keluvchi marketing strategiyalari chakana savdo tarmoqlari mahalliy brendlarining mahsulotlari assortimenti, sifat va narxi hamda merchendayzing holati bo‘yicha marketing auditini tashkil etish orqali aniqlangan chakana savdo sifati indeksi qiymatlarining maqbul chegarasiga (0,56 ≤ RQI ≤ 0,86) ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasidagi eng yirik chakana savdo tarmoqlaridan “Korzinka”, “Makro” hamda “Andalus” faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 6-yanvardagi 05-33-71-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Andalus” savdo shoxobchalari assortiment tarkibi qayta baholanib, talab past bo‘lgan pozisiyalar sonini 17 foizga qisqartirish, yuqori talabga ega tovarlar ulushini 12 foizga, tovar aylanmasining o‘sish sur’atini 8-10 foizga oshirish, shuningdek, “Makro” supermarketlar tarmog‘ida marketing auditi natijalari asosida savdo nuqtalarida mahsulot joylashuvi, vitrina dizayni va vizual kommunikatsiya elementlari qayta tashkil etish orqali “savdo nuqtalarini qabul qilish darajasi” “Makro” supermarketlar tarmog‘ida 2025-yil yanvar oyiga nisbatan mart oyida 0,68 dan 0,82 gacha, “Andalus” supermarketlar tarmog‘ida 2025-yil mart oyiga nisbatan iyul oyida 0,89 dan
0,95 gacha o‘sishiga erishilgan;
noaniq binar munosabatlar modeliga asoslangan usulda chakana savdo brendlaridan mijozlarning qoniqish darajasini past daraja (0 ≤ S₁ ≤ 0,59), o‘rta daraja (0,60 ≤ S2 ≤ 0,79) va yuqori daraja
(0,80 ≤ S3 ≤ 1) diapazonlariga mos holda brendni pozisiyalash strategiyalaridan foydalanish taklifi “Delta Max” MChJning “Andalus” hamda “Darvoza Savdo” MChJning “Makro” supermarketlar tarmog‘i faoliyatlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 6-yanvardagi
05-33-71-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida iste’molchilarning mahalliy brendlarga nisbatan ijobiy fikr bildirish darajasi 2025-yilda 2024-yilga nisbatan “Andalus” brendi bo‘yicha o‘rtacha 12 foizga, “Makro” brendi bo‘yicha 16 foizga o‘stirish, model asosida ishlab chiqilgan sementatsiya natijasida reklama byudjetining qayta taqsimlanishi va sodiq mijozlar ulushini “Andalus” supermarketlar tarmog‘ida 8 foizga, “Makro” supermarketlar tarmog‘ida
10 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda chakana savdo korxonalarining brending faoliyatini aholining savdo madaniyatini rivojlantirishga sabab bo‘luvchi makro muhit omillari ta’sirini inobatga oluvchi ko‘p omilli regressiya modeli asosida aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi hajmining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlaridan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 6-yanvardagi 05-33-71-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasining 2030-yilgacha rivojlanish dinamikasiga mos holda chakana savdo shoxobchalari sonini aniqlash, elektron tijoratni rivojlantirish orqali savdo madaniyatining yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha davlat strategik dasturlarni ishlab chiqish imkoni yaratilgan.