Utaev Uktam Chorievichning falsafa doktori (PhD)  dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ekologik ekspertiza talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlikni takomillashtirish”, 12.00.06 – Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Yu1312
Ilmiy rahbar: Xolmuminov Juma Toshtemirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/2025.27.12.Yu.01.03.
Rasmiy opponentlar: Mahkamov Durbek Ne’matovich
yuridik fanlar doktori, professor, Utegenov Ongarbay Dariyabaevich yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi – O‘zbekiston Respublikasida ekologik ekspertiza talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlikni qo‘llashning nazariy-huquqiy asoslari va amaliy muammolarini kompleks tahlil qilish hamda ushbu sohada intizomiy, fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik ekspertiza ob’ektlari doirasini aniq belgilash, xususan, barcha turdagi qurilishlar uchun er uchastkalarini tanlash va ajratish materiallari, loyihaoldi va loyiha hujjatlari, tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik hamda yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlar loyihalari, chiqindilarni zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilishga oid yangi texnologiyalar va texnika vositalarini yaratish bo‘yicha hujjatlar, atrof-muhit holati va inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar hamda maxsus huquqiy rejimga ega ob’ektlarni ekologik ekspertiza ob’ektlari sifatida mustahkamlash ekologik ekspertiza talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlikni qo‘llashda huquqbuzarlik predmetini aniq belgilashning zarur huquqiy asosi ekanligi asoslantirildi;
yoqish uchun mo‘ljallanmagan joylarda va (yoki) qurilmalarda, issiqxonalarda, ishlab chiqarish binolarida, yondirish uskunalarida yoki boshqa ob’ektlarda yoqilg‘i, yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan moddalar yoxud moddalar aralashmasini, shinalar, bitum, mazut va shu kabi komponentlarni o‘z ichiga olgan chiqindilarni yoqish atmosfera havosiga, atrof-muhitga va aholi salomatligiga zarar etkazuvchi huquqbuzarlik sifatida baholanib, ushbu harakatlar uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish ekologik ekspertiza talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlikni takomillashtirishning zarur sharti ekanligi asoslab berildi;
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun moliyaviy sanksiyalarni joriy etish, shuningdek yoqish uchun mo‘ljallanmagan joylarda va (yoki) qurilmalarda, issiqxonalarda, ishlab chiqarish binolarida, yondirish uskunalarida yoki boshqa ob’ektlarda yoqilg‘ini, yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan moddalarni yoxud moddalar aralashmasini, shinalar, bitum, mazut va shunga o‘xshash komponentlarni o‘z ichiga olgan chiqindilarni yoqilg‘i sifatida yoqish uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash ekologik ekspertiza talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlikni kuchaytirishning zarur huquqiy asosi ekanligi asoslantirildi;
ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash sohasida maxsus vakolatli davlat organining maqomi, vazifalari va vakolatlarini aniq belgilash, xususan, davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish, yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish, normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash, ekspertlar kengashi tarkibi va nizomini tasdiqlash, ekspertiza xulosalarida belgilangan talablar bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek ijobiy xulosa mavjud bo‘lmagan ob’ektlarga nisbatan moliyalashtirishni to‘xtatish bo‘yicha taqdimnomalar yuborish vakolatlarini qonun darajasida mustahkamlash ekologik ekspertiza talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlikni samarali qo‘llashning institutsional-huquqiy asosi ekanligi asoslab berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzuni o‘rganish asosida:
ekologik ekspertiza ob’ektlari doirasini aniq belgilash, xususan, barcha turdagi qurilishlar uchun er uchastkalarini tanlash va ajratish materiallari, loyihaoldi va loyiha hujjatlari, tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik hamda yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlar loyihalari, chiqindilarni zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilishga oid yangi texnologiyalar va texnika vositalarini yaratish bo‘yicha hujjatlar, atrof-muhit holati va inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar hamda maxsus huquqiy rejimga ega ob’ektlarni ekologik ekspertiza ob’ektlari sifatida mustahkamlash ekologik ekspertiza talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlikni qo‘llashda huquqbuzarlik predmetini aniq belgilashning zarur huquqiy asosi ekanligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 25-fevraldagi “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash to‘g‘risida”gi O‘RQ–1036-sonli Qonunining 8-moddasiga ekologik ekspertiza ob’ektlarini belgilovchi normalarni kiritishda inobatga olindi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-noyabrdagi 22/1–378-son dalolatnomasi). Mazkur taklifni joriy etish ekologik ekspertiza ob’ektlari doirasini qonun darajasida aniqlashtirish, ekologik ekspertizadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan hujjatlar va faoliyat turlarini aniq belgilash, shuningdek, ekologik ekspertiza talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlikni qo‘llashda huquqbuzarlik predmetini to‘g‘ri aniqlashga xizmat qilgan;
yoqish uchun mo‘ljallanmagan joylarda va (yoki) qurilmalarda, issiqxonalarda, ishlab chiqarish binolarida, yondirish uskunalarida yoki boshqa ob’ektlarda yoqilg‘i, yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan moddalar yoxud moddalar aralashmasini, shinalar, bitum, mazut va shu kabi komponentlarni o‘z ichiga olgan chiqindilarni yoqish atmosfera havosiga, atrof-muhitga va aholi salomatligiga zarar etkazuvchi huquqbuzarlik sifatida baholanib, ushbu harakatlar uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish ekologik ekspertiza talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlikni takomillashtirishning zarur sharti ekanligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 4-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1143-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 88-moddasi beshinchi va oltinchi qismlar bilan, shuningdek, 
271-moddasi 111-bandi bilan to‘ldirilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2026-yil 18-iyundagi 27/2–231–26-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish atmosfera havosini muhofaza qilish, aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi chiqindilarni noqonuniy yoqish holatlarining oldini olish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning profilaktik ta’sirini kuchaytirish hamda ekologik ekspertiza talablariga rioya etilishini ta’minlashga xizmat qilgan;
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun moliyaviy sanksiyalarni joriy etish, shuningdek yoqish uchun mo‘ljallanmagan joylarda va (yoki) qurilmalarda, issiqxonalarda, ishlab chiqarish binolarida, yondirish uskunalarida yoki boshqa ob’ektlarda yoqilg‘ini, yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan moddalarni yoxud moddalar aralashmasini, shinalar, bitum, mazut va shunga o‘xshash komponentlarni o‘z ichiga olgan chiqindilarni yoqilg‘i sifatida yoqish uchun javobgarlikni belgilash ekologik ekspertiza talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlikni kuchaytirishning zarur huquqiy asosi ekanligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 4-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1143-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunini “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun moliyaviy sanksiyalar” deb nomlangan yangi XII-606 bob bilan to‘ldirish hamda 54-61-moddalarini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2026-yil 15-iyundagi 27/2–219–26-son dalolatnomasi). Mazkur taklifni joriy etish ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ekologik talablarga rioya etilishini ta’minlash, yuridik shaxslarning ekologik javobgarligini kuchaytirish hamda ekologik ekspertiza talablarini buzganlik uchun javobgarlikning ta’sirchan moliyaviy mexanizmlarini shakllantirishga xizmat qilgan;
ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash sohasida maxsus vakolatli davlat organining maqomi, vazifalari va vakolatlarini aniq belgilash, xususan davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish, yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish, normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash, ekspertlar kengashi tarkibi va nizomini tasdiqlash, ekspertiza xulosalarida belgilangan talablar bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek ijobiy xulosa mavjud bo‘lmagan ob’ektlarga nisbatan moliyalashtirishni to‘xtatish bo‘yicha taqdimnomalar yuborish vakolatlarini qonun darajasida mustahkamlash ekologik ekspertiza talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlikni samarali qo‘llashning institutsional-huquqiy asosi ekanligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 24-fevraldagi “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash to‘g‘risida”gi O‘RQ–1036-sonli Qonunining 6-moddasiga maxsus vakolatli davlat organining maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlarini belgilovchi normalarni kiritishda foydalanilgan (Davlat ekologik ekspertizasi markazining 2025-yil 24-oktyabrdagi 01-03/3-1214-son dalolatnomasi). Mazkur taklifni joriy etish ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash sohasida vakolatli organ faoliyatining aniq huquqiy asoslarini belgilash, ekspertiza xulosalari ijrosi ustidan monitoring va ekologik nazoratni kuchaytirish, ijobiy xulosaga ega bo‘lmagan ob’ektlar bo‘yicha moliyalashtirishni to‘xtatish mexanizmini qo‘llash hamda ekologik ekspertiza talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlikni amalda samarali ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish