Toshmamatova Marjona Olimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududiy turistik xizmatlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish istiqbollari (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3167.
Ilmiy rahbar: Abduvohidov Abdumalik Maxkamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Isakulov Shuxrat Narkulovich, iqtisodiyot fanlari doktori;
Muxitdinov Shoxijaxon Xudoyor o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududiy turistik xizmatlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turistik xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish va milliy turistik mahsulotlarning xalqaro turizm bozoridagi o‘rnini baholashda turistik jozibadorlik (TJ), xizmat sifati (XS), infratuzilma ta’minlanganligi (IT), narx maqbulligi (NM) va marketing faolligi (MF) indikatorlari o‘rtasidagi maqbul nisbatning (0,15; 0,23; 0,24; 0,17; 0,21) miqdoriy chegaralari taklif etilgan;
hududiy turistik xizmatlarni baholash uslubi statistik va buxgalteriya hisobotlarida to‘liq aks etmaydigan turistik xizmatlarni iste’molchilarning qoniqish darajasi, tanlov afzalliklari va takroriy foydalanish moyilligini ijtimoiy so‘rovnoma orqali hisobga oluvchi baholash yondashuvi asosida takomillashtirilgan;
xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan turistik xizmatlar assortimentini kengaytirish, xavfsizlik va servis qulayliklarini kuchaytirish, shuningdek, ayollar ehtiyojlariga mos maxsus turistik marshrutlar va xizmat paketlarini joriy etish orqali hududlarda xorijiy va mahalliy turistlar sonini oshirish taklifi asoslangan;
Samarqand viloyatiga tashrif buyurgan turistlar, mehmonxona va xostellar, tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizm vositalari, turistik xizmatlarning hududiy turizm rivojlanishiga ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model` asosida hududiy turistik xizmatlar eksportining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududiy turistik xizmatlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turistik xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish va milliy turistik mahsulotining xalqaro turizm bozoridagi o‘rnini baholashda turistik jozibadorlik (TJ), xizmat sifati (XS), infratuzilma ta’minlanganligi (IT), narx maqbulligi (NM) va marketing faolligi (MF) indikatorlari o‘rtasidagi maqbul nisbatning (0,15; 0,23; 0,24; 0,17; 0,21) miqdoriy chegaralari taklifidan turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘l xaritalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026 yil 17 apreldagi 02-17/3957-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif hududiy turistik xizmatlarni rivojlantirishda turistik xizmatlarni xalqaro standartlarga moslashtirish, turistik xizmatlarining jozibadorligi va sifatini oshirishga xizmat qilgan;
hududiy turistik xizmatlarni baholash uslubi statistik va buxgalteriya hisobotlarida to‘liq aks etmaydigan turistik xizmatlarni iste’molchilarning qoniqish darajasi, tanlov afzalliklari va takroriy foydalanish moyilligini ijtimoiy so‘rovnoma orqali hisobga oluvchi baholash yondashuvi asosida takomillashtirish taklifidan hududiy turistik xizmatlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026 yil 17 apreldagi 02-17/3957-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif turistik xizmatlarni iste’molchilarga moslashtirish va turistik xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilgan;
xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan turistik xizmatlar assortimentini kengaytirish, xavfsizlik va servis qulayliklarini kuchaytirish, shuningdek, ayollar ehtiyojlariga mos maxsus turistik marshrutlar va xizmat paketlarini joriy etish orqali hududlarda xorijiy va mahalliy turistlar sonini oshirish taklifidan hududiy turistik xizmatlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining
2026 yil 17 apreldagi 02-17/3957-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif turizm sohasida iste’molchilar sonini oshirish, turistik guruhlarni shakllantirishga xizmat qilgan;
Samarqand viloyatiga tashrif buyurgan turistlar, mehmonxona va xostellar, tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizm vositalari, turistik xizmatlarning hududiy turizm rivojlanishiga ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model` asosida hududiy turistik xizmatlar eksportining 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan Samarqand viloyatida hududiy turistik xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026 yil 17 apreldagi 02-17/3957-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning prognoz ko‘rsatkichlari asosida Samarqand viloyatidagi hududiy turistik xizmatlar eksporti hajmi 1,14 barobar, tashrif buyurishi kutilayotgan xorijiy turistlar soni 1,14 barobar, ichki turistlar soni 1,22 barobar, mehmonxonalar soni
1,10 barobar, shu jumladan, xostellar soni 1,17 barobar, tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizm vositalari soni 1,46 barobar, hududdagi turistik xizmatlar 1,38 barobar va turizm sohasida band bo‘lganlar soni 1,17 barobarga ortishiga erishish prognoz qilingan.