Baxromov Azizbek Alisher o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘qimachilik sanoati korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari (Andijon viloyati misolida)”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Iqt4884
Ilmiy rahbar Nabieva Nilufar Muratovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12. I.07.02
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Abdullajon Topilovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mullabaev Baxtiyarjon Bulturbaevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: To‘qimachilik sanoati korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari (Andijon viloyati misolida) bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik sanoati korxonalarini intensiv rivojlantirishda iqtisodiy samaradorlikni baholash mezoni sifatida mahsulot ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, texnologik, ijtimoiy, innovatsion va marketing omillari indeksi orqali ko‘p tarmoqli indikatorlar uslubi ishlab chiqilgan;
Andijon viloyati to‘qimachilik sanoati korxonalarida texnologik T≥0,36, ijtimoiy Ij≥0,59, innovatsion In≥0,63 va marketing M≥0,71 omillar indeksini qamrab olgan ko‘p omilli samaradorlik indikatorlari tizimi asosida umumiy iqtisodiy samaradorlik darajasi E≥0,63 miqdorida ilmiy asoslangan;
to‘qimachilik klasterlari faoliyatini konsentrasiyalash asosida zarar ko‘rmas nuqtasini, zanjirli ishlab chiqarish jarayonlarini uzlyuksizligini ta’minlash hamda ortiqcha ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish imkoniyatlari Xojaobod, Asaka, Buloqboshi tumanlarida asoslab berilgan;
Andijon viloyati to‘qimachilik sanoati korxonalarini iqtisodiy samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni baholash orqali mahsulot iste’molini 2030-yilga qadar optimistik, pissimistik va mobilizatsion ssenariylar bo‘yicha prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik sanoati korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari (Andijon viloyati misolida) borasida olingan natijalar asosida:
to‘qimachilik sanoati korxonalarida mahsulot ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, texnologik, ijtimoiy, innovatsion hamda marketing omillari iqtisodiy samaradorligini baholash indeksi orqali ko‘p tarmoqli indikatorlar uslubi taklifdan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 15-dekabrdagi 02/06-2896-sonli ma’umotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik amaliyotga tatbiq etilishi natijasida ishlab chiqarishdagi diversifikatsiya darajasi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligi va umumiy iqtisodiy samaradorlik indeksi orqali ko‘p tarmoqli indikatorlar uslubi qayd etilgan;
Andijon viloyati to‘qimachilik sanoati korxonalarida texnologik T≥0,36, ijtimoiy Ij≥0,59, innovatsion In≥0,63 va marketing M≥0,71 omillar indeksini qamrab olgan ko‘p omilli samaradorlik indikatorlari tizimi asosida umumiy iqtisodiy samaradorlik E≥0,63 darajasi miqdorida ilmiy asoslangan taklifdan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 15-dekabrdagi 02/06-2896-sonli ma’umotnomasi). Natijada marketing samaradorligi M≥0,71 dan yuqori bo‘lgani korxonalar ichki va tashqi bozorlarda o‘z mavqeini mustahkamlash, innovatsion omillar In≥0,63 dan kattaligi sababli korxonada qulay ishlab chiqarish sharoitlarini yaratishga muayyan darajada xizmat qilgan;
to‘qimachilik klasterlari faoliyatini konsentrasiyalash asosida zarar ko‘rmas nuqtasini, zanjirli ishlab chiqarish jarayonlarini uzlyuksizligini ta’minlash hamda ortiqcha ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish imkoniyatlari Xojaobod, Asaka, Buloqboshi tumanlarida foydalanilgan taklifdan “O‘zto‘qimachilik-sanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda joriy qilingan (“O‘zto‘qimachilik-sanoat” uyushmasining 2025-yil 15-dekabrdagi 02/06-2896-sonli ma’umotnomasi). Natijada Xojaobod, Asaka va Buloqboshi tumanlarida to‘qimachilik klasterlari faoliyatini konsentrasiyalash asosida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda past rentabellik darajasi, xomashyo etkazib berish, qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish va ortiqcha xarajatlarni 20 foizgacha optimallashtirilgan;
Andijon viloyati to‘qimachilik sanoati korxonalarini iqtisodiy samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni baholash orqali mahsulot iste'molini 2030-yilga qadar optimistik, pissimistik va mobilizatsion ssenariylar boyicha prognoz parametrlari ishlab chiqilgan taklifdan “O‘zto‘qimachilik-sanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda joriy qilingan (“O‘zto‘qimachilik-sanoat” uyushmasining 2025-yil 15-dekabrdagi 02/06-2896-sonli ma’umotnomasi). Natijada korxonalar o‘z faoliyatini diversifikatsiyalash, ishlab chiqarish texnologiyalarini modernizatsiyalash orqali mahsulot hajmini ko‘paytirish hamda optimistik, pissimistik va mobilizatsion ssenariylari asosida mahsulot assortimentini yangilanishi va eksport bozorlaridagi ehtiyojlarga moslashtirilgan.