Axmedov G‘ayratjon Maxmudjonvichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Radon gazi miqdorini o‘lchash va nazorat qilishning metrologik ta’minotni takomillashtirish”, 05.03.02 – Metrologiya va metrologik ta’minot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T3132.
Ilmiy rahbar: texnika fanlari doktori, professor Matyakubova Paraxat Maylievna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc. 03/2025.27.12.T.02.03.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor O‘ljaev Erkin, texnika fanlari doktori, professor Axmedov Barat Maxmudovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy metrologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Havo, suv va tuproqda radonning hajmiy faolligini o‘lchash vositalarining metrologik ta’minotini va o‘lchash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro standart talablari asosida radon konsentratsiyasini turli muhitlarda taqqoslama aniqlash imkonini beruvchi havo, suv va tuproqda radonning hajmiy faolligini aniqlash bo‘yicha birlashtirilgan kompleks uslubiyot ishlab chiqilgan;
ionizatsiya kamerasida harorat, namlik va bosimni nazorat qilishga asoslangan radonometrlarning sezgirlik koeffisientlari, fon tuzatmalarini aniqlash va detektorlar o‘tkazuvchanligini aniqlash imkonini beruvchi qiyoslash uslubiyoti ishlab chiqilgan;
Grubbs, Koxren, Z-score kabi statistik modellar asosida radon miqdorini baholashda o‘lchash xatoligini ikki baravar kamaytirish imkonini beruvchi namunaviy o‘lchashlar noaniqligini aniqlashning ilmiy asoslangan tartib-tamoyili ishlab chiqilgan;
ikki burg‘u quduqli tizim va suyuq sintilyasiyali detektorga asoslangan radonning vertikal va gorizontal migratsiyasini o‘lchashda yuqori aniqlikga erishish imkonini beruvchi tuproq havosidagi radonning hajmiy faolligini aniqlashning yangi fizik-metrologik usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Havo, suv va tuproqda radonning hajmiy faolligini o‘lchash vositalarining metrologik ta’minotini va o‘lchash usullarini takomillashtirish orqali olingan natijalar asosida:
O‘z MSt 402:2024 “Havo, suv va tuproq tarkibidagi radon miqdorini o‘lchash uslubiyoti” milliy standarti “O‘zbekiston standartlar instituti” DMga joriy etilgan (O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2026 yil 11 fevraldagi 03-12-576-son ma’lumotnomasi). Natijada, institut respublika hududida radon monitoringi sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun zarur bo‘lgan umumlashtirilgan o‘lchash uslubiyotini taqdim etish imkoniyatiga erishgan;
“Havo, suv va tuproqda radon miqdorini o‘lchash kompleksi RR-4M. Texnik tavsiflari va foydalanish bo‘yicha qo‘llanma” o‘lchash va qiyoslash uslubiyoti hamda “Suv, havo va tuproq tarkibidagi radon miqdorini radonometr yordamida o‘lchash va olingan natijalarni o‘rtacha qiymatini topish so‘ngra xalqaro standart ISO/IEC 17025:2017 standartining 7.6 bandi talablari bo‘yicha o‘lchashlar noaniqligini baholash va suv, havo, tuproq xavfsizligi va yaroqliligi to‘g‘risida avtomatik qaror qabul qilish uchun avtomatlashtirish moduli” dasturiy ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika institutiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika institutining 2025 yil 28 maydagi 01/233-son ma’lumotnomasi). Natijada havo, suv va tuproqda radon gazining miqdorini o‘lchash, qiyoslash hamda o‘lchov noaniqliklarini baholash bo‘yicha yagona ilmiy-metrologik baza yaratilgan;
O‘zMSt 402:2024 “Havo, suv va tuproq tarkibidagi radonning hajmiy faolligini o‘lchash uslubiyoti”, QU16.276:2024 “RR-4M, RR-5M, RR-6M va RR-7M turidagi radonometr o‘lchash komplekslari. Qiyoslash uslubiyoti”, “Tuproq havosidagi radonning hajmiy faolligini o‘lchash usullari” “Navoiy kon-metallurgiya kombinat” AJning markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasiga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2025 yil 21 iyuldagi 23/01-01-07/499-son ma’lumotnomasi). Natijada, seliteb va sanoat hududlarida radon xavfini aniq baholash, o‘lchash natijalarining ishonchliligi va qiyoslanuvchanligini ta’minlash hamda ishlab chiqarish xavfsizligini ilmiy-metrologik asosda nazorat qilish imkoniyati yaratilgan.