Isakov Nuriddin Zuxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda ko‘krak qafasi girdobsimon deformasiyasi og‘ir turlarini davolashning o‘ziga xos  xususiyatlari», 14.00.35 – «Bolalar xirurgiyasi» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3942.
Ilmiy rahbar: Mirzakarimov Baxromjon Xalimjonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gofurov Adxam Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1-6 yoshli bolalarda ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasining III-IV-darajali og‘ir turlarini davolashning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va patogenetik asoslangan individual taktikani ishlab chiqish orqali davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘krak qafasining og‘ir (III-IV) darajali girdobsimon deformatsiyasi bor erta yoshli (1-6 yosh) bolalarda morfometriya ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan holatlarda ko‘krak qafasi ichki hajmining kamayishi hamda kardiorespirator kompressiya belgilarining kuchayishi bilan o‘zaro bog‘liqlik hamda tashqi deformatsiya darajasi funksional buzilishlarga har doim mutanosib emasligi aniqlangan, shuningdek tashxisni asoslash va davolash taktikasini tanlashda morfometriya va funksional baholash integratsiyasi zarurligi isbotlangan;
ilk bor og‘ir (III-IV) darajali ko‘krak qafasining girdobsimon deformatsiyasida to‘sh-diafragmal bog‘lamining morfofunksional holatini ul`tratovush tekshiruvi orqali kompleks baholash (uzunligi – 18,3/15,7 mm, qalinligi – 4,9/5,6 mm, exogenligi – geterogen/fibrozlashgan, funksional tortilish – yaqqol/kuchli) deformatsiyani saqlab turuvchi ichki traksion mexanizmni ob’ektivlashtiruvchi yangi diagnostik mezon ekanligi aniqlangan;
erta yoshli bolalarda ko‘krak qafasining og‘ir (III-IV) darajali girdobsimon deformatsiyasini davolash taktikasini individual tanlash uchun MSKT morfometriyasi (HPCI/Galler), kardiopul`monal tekshiruvlar (EKG/ExoKG), to‘sh-diafragmal bog‘lamining UTT ko‘rsatkichlari hamda oksiprolin tahlilini birlashtirgan kompleks tashxislash va optimal davolash usulini tanlash tartiboti ishlab chiqilgan;
ko‘krak qafasining og‘ir (III-IV) darajali girdobsimon deformatsiyasi bor erta yoshli (1-6 yosh) bolalarda to‘sh-diafragmal bog‘lamning morfofunksional o‘zgarishlari mavjud holatlarda to‘sh-diafragmal bog‘lamini kesish va keyingi davrda Vacuum Bell terapiyasini kombinatsiyada qo‘llash bilan tavsiflanuvchi deformatsiyani barqaror korreksiyalashning patogenetik asoslangan usuli (IAP7975) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
bolalarda ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasining og‘ir turlarini davolash natijalarini yaxshilashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ko‘krak qafasining og‘ir (III-IV) darajali girdobsimon deformatsiyasi bor erta yoshli (1-6 yosh) bolalarda morfometriya ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan holatlarda ko‘krak qafasi ichki hajmining kamayishi hamda kardiorespirator kompressiya belgilarining kuchayishi bilan o‘zaro bog‘liqlik hamda tashqi deformatsiya darajasi funksional buzilishlarga har doim mutanosib emasligi aniqlanganligi, shuningdek tashxisni asoslash va davolash taktikasini tanlashda morfometriya va funksional baholash integratsiyasi zarurligi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2026-yil 30-yanvarda 1i/1u-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda ko‘krak qafasi girdobsimon deformasiyasi og‘ir turlarini davolash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026-yil 28-yanvardagi 15-son va Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026-yil 31-yanvardagi 9-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 5-martdagi 04/45-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan standartlashtirilgan morfometriya usuli erta yosh bolalarda og‘ir KQGDni o‘z vaqtida va aniq baholashga yordam berib, funksional xavflarni kech aniqlash bilan bog‘liq klinik kechikishlarni kamaytirish, bemorlarni to‘g‘ri seleksiya qilish va samarali davolash taktikasiga o‘z vaqtida yo‘naltirish imkoniyatini oshiradi. Bu esa bolalarda jismoniy faollik cheklanishi, psixoemotsional diskomfort va kardiorespirator asoratlar rivojlanishi ehtimolini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Erta yosh (1-6 yosh) bolalarda og‘ir (III–IV) darajali KQGDni MSKT asosida HPCI/Galler indeksi orqali standartlashtirib baholash klinik qaror qabul qilishni ob’ektivlashtirish orqali qayta tashriflar va qayta diagnostika holatlarini oldini olish hisobiga 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 400000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: agar bir yilda og‘ir (III–IV) darajali KQGD bilan N = 30 nafar bemor davolansa, nazorat taktikasini qo‘llaganda samarasizlik 40% bo‘lishi natijasida 30 × 0,40 = 12 nafar samarasiz holat yuzaga kelishi mumkin. Bunda qo‘shimcha bilvosita xarajat: Ed = 12 × 400 000 = 4800000 so‘mni tashkil etadi. Ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish tadqiqot ko‘lami bo‘yicha 4800000 so‘m mablag‘larni iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor og‘ir (III-IV) darajali ko‘krak qafasining girdobsimon deformatsiyasida to‘sh-diafragmal bog‘lamining morfofunksional holatini ul`tratovush tekshiruvi orqali kompleks baholash (uzunligi – 18,3/15,7 mm, qalinligi – 4,9/5,6 mm, exogenligi – geterogen/fibrozlashgan, funksional tortilish – yaqqol/kuchli) deformatsiyani saqlab turuvchi ichki traksion mexanizmni ob’ektivlashtiruvchi yangi diagnostik mezon ekanligi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2026-yil 30-yanvarda 1i/1u-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda ko‘krak qafasi girdobsimon deformasiyasi og‘ir turlarini davolash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026-yil 28-yanvardagi 15-son va Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026-yil 31-yanvardagi 9-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 5-martdagi 04/45-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: TDBni UTTda baholash orqali og‘ir (III–IV) KQGDda deformatsiyani saqlab turuvchi patogenetik traksion omilni erta aniqlash imkoni yaratiladi. Bu esa klinik amaliyotda bemorlarni “faqat tashqi ko‘rinish” yoki deformatsiya chuqurligiga asoslangan sub’ektiv qarorlardan himoya qilib, konservativ davolashga mexanik rezistentlikni oldindan prognoz qilish, bemorni to‘g‘ri seleksiya qilish va samarali individual taktikani o‘z vaqtida tanlash imkoniyatini oshiradi. Natijada bolalarda uzoq muddat samarasiz muolaja fonida psixoemotsional diskomfort, jismoniy faollik cheklanishi hamda kardiorespirator xavflarni kech aniqlash bilan bog‘liq klinik kechikishlar ehtimolini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan yangi diagnostik mezondan foydalanish qo‘shimcha murakkab tekshiruvlarni oldini olish hisobiga 1 nafar bemor uchun 350000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: Yangi diagnostik mezondan foydalanish tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=50) 17500000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: erta yoshli bolalarda ko‘krak qafasining og‘ir (III-IV) darajali girdobsimon deformatsiyasini davolash taktikasini individual tanlash uchun MSKT morfometriyasi (HPCI/Galler), kardiopul`monal tekshiruvlar (EKG/ExoKG), to‘sh-diafragmal bog‘lamining UTT ko‘rsatkichlari hamda oksiprolin tahlilini birlashtirgan kompleks tashxislash va optimal davolash usulini tanlash tartiboti ishlab chiqilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2026-yil 30-yanvarda 1i/1u-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda ko‘krak qafasi girdobsimon deformasiyasi og‘ir turlarini davolash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026-yil 28-yanvardagi 15-son va Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026-yil 31-yanvardagi 9-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 5-martdagi 04/45-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kompleks diagnostik-saralash algoritmining joriy etilishi og‘ir (III–IV) KQGDda bemorlarning individual klinik-patogenetik xususiyatlarini (rigidlik, traksion omil ustunligi, funksional xavflar va to‘qimaviy displaziya belgilari) erta bosqichda aniqlash imkonini yaratib, bemorni uzoq muddat samarasiz konservativ muolajalardan saqlashga xizmat qiladi. Algoritm asosida taktik qarorni o‘z vaqtida qabul qilish natijasida bolalarda jismoniy faollik cheklanishi, psixoemotsional diskomfort va kardiorespirator xavflarni kech aniqlash bilan bog‘liq klinik kechikishlar ehtimoli kamayadi. Shu tariqa, og‘ir KQGDda davolash strategiyasini tezkor va asoslangan individuallashtirish orqali bemorlarning hayot sifati va funksional reabilitatsiyasi uchun ijobiy sharoit yaratiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Samarasizlik bilan kechgan holatlar klinik amaliyotda, odatda, qayta-qayta ambulator murojaat, takroriy instrumental diagnostika, davolash muddatining cho‘zilishi va keyinchalik jarrohlik bosqichiga ehtiyoj paydo bo‘lishi hisobiga qo‘shimcha xarajatlarni oshiradi. Kompleks tashxislash va optimal davolash usulini tanlash tartibotini qo‘llash hisobiga 1 nafar bemor uchun 5270000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: Kompleks tashxislash va optimal davolash usulini tanlash tartibotini qo‘llash qayta davolash zarurati bartaraf etilganligi sababli tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (nazorat guruhida davolash samarasiz bo‘lgan 16 nafar bemor) 84320000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ko‘krak qafasining og‘ir (III-IV) darajali girdobsimon deformatsiyasi bor erta yoshli (1-6 yosh) bolalarda to‘sh-diafragmal bog‘lamning morfofunksional o‘zgarishlari mavjud holatlarda to‘sh-diafragmal bog‘lamini kesish va keyingi davrda Vacuum Bell terapiyasini kombinatsiyada qo‘llash bilan tavsiflanuvchi deformatsiyani barqaror korreksiyalashning ishlab chiqilgan patogenetik asoslangan usuli (IAP7975) Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2026-yil 30-yanvarda 1i/1u-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda ko‘krak qafasi girdobsimon deformasiyasi og‘ir turlarini davolash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026-yil 28-yanvardagi 15-son va Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026-yil 31-yanvardagi 9-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 5-martdagi 04/45-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan patogenetik asoslangan usulni qo‘llash og‘ir (III–IV) KQGDga ega maktabgacha yoshdagi bolalarda deformatsiyani faqat kosmetik nuqson sifatida emas, balki funksional xavf bilan bog‘liq patogenetik sindrom sifatida to‘g‘ri baholash va davolashga imkon yaratadi. Bunday yondashuv uzoq muddat samarasiz konservativ muolajalarga vaqt yo‘qotishni kamaytiradi, bolalarda jismoniy faollik cheklanishi, psixoemotsional diskomfort hamda kardiorespirator xavflarning kech aniqlanishi bilan bog‘liq klinik kechikishlar ehtimolini pasaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan usul qo‘llanilgan asosiy guruhda (n=50) qoniqarsiz natija holatlari qayd etilmagani (0%) davolashning takroriy bosqichlarga ehtiyojini keskin kamaytirgani bilan ahamiyatlidir. Nazorat guruhida esa yakka Vacuum Bell terapiyasida 40 nafar bemorning 16 nafarida (40,0%) samarasizlik kuzatilgan bo‘lib, bu holatlarda qayta murojaatlar, takroriy tekshiruvlar va qayta davolash taktikasiga ehtiyoj umumiy xarajatlarni oshirishga olib keladi. Nazorat guruhida samarasiz 16 nafar bemor uchun qayta tashriflar va qayta diagnostika hisobiga qo‘shimcha 6400000 so‘m sarf shakllangan, shuningdek qayta davolash zarurati tufayli qo‘shimcha 84320000 so‘m xarajat yuzaga kelgan. Natijada nazorat guruhida samarasizlik bilan bog‘liq qo‘shimcha iqtisodiy yuklama jami 90720000 so‘mni tashkil etib, umumiy sarfni sezilarli oshirgan. Xulosa: Yangi tashrix usulini qo‘llash maktabgacha yoshdagi og‘ir (III–IV) KQGD bemorlarida ichki traksion patogenetik omilni bartaraf etish orqali barqaror klinik korreksiyaga erishish, samarasiz holatlarni minimallashtirish va davolash natijalarini ishonchli oshirishga xizmat qiladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish