Tolibjonov Maxsudbek Tolibjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘krak qafasi  yopiq jaroxatida ichki a’zolar chayqalishining sud-tibbiy baholash mezonlari», 14.00.24 – Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5602.
Ilmiy rahbar: Ro‘ziev Sherzod Ibodullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxsumxonov Qulfiddinxon A’zamxonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ko‘ziev Otabek Juraqulovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘krak qafasi yopiq jarohatlarida ichki a’zolar chayqalishining sud-tibbiy jihatlari, jarohatlarning hosil bo‘lish muddatini baholashning ishonchli mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘krak qafasining yopiq jarohatlari natijasida ichki a’zolarning mexanik shikastlanishi, to‘qimalarda yuzaga keladigan o‘tkir jarohatlar oqibatida ularning funksional faoliyati buzilishi hamda qo‘shni organlarning zararlanishi oqibatida turli vaqt oralig‘ida sodir bo‘ladigan o‘lim holatlarining sud-tibbiy xususiyatlariga xosligi asoslangan;
ko‘krak qafasining yopiq jarohatlarida o‘pka va yurakning yirik qon tomirlari, hujayra va to‘qimalaridagi tiklanmas patologik o‘zgarishlarning sud-tibbiy, morfologik va raqamli morfometrik ko‘rsatkichlarining vaqtga bog‘liq dinamikasi hamda jarohatning hayotiylik davrini o‘z vaqtida baholashning sud-tibbiy jihatlari isbotlangan;
ko‘krak qafasining yopiq jarohatlarida o‘pka parenximasida rivojlanadigan mikroskopik o‘zgarishlar – mexanik ta’sirning to‘qima darajasidagi ko‘rinishlari, al`veolyar-kapillyar membrananing tuzilmaviy buzilishi, mikrotsirkulyator o‘zgarishlar va interstisial shishning rivojlanishi – o‘pka kontuziyasining eng muhim morfologik belgilari hamda o‘limning sud-tibbiy jihatlari sifatida asoslangan;
ko‘krak qafasining yopiq jarohatlarida yurak kontuziyasida rivojlanadigan erta morfologik o‘zgarishlar – mikrotsirkulyator buzilishlar, interstisial va perivaskulyar shish, kardiomiotsitlar fragmentatsiyasi hamda al`veolyar devor qalinlashuvi – jarohat hosil bo‘lgan vaqtni aniqlashning sud-tibbiy mezonlari sifatida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ko‘krak qafasi yopiq jaroxatida ichki a’zolar chayqalishining sud tibbiy baholash mezonlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ko‘krak qafasining yopiq jarohatlari natijasida ichki a’zolarning mexanik shikastlanishi, to‘qimalarda yuzaga keladigan o‘tkir jarohatlar oqibatida ularning funksional faoliyati buzilishi hamda qo‘shni organlarning zararlanishi oqibatida turli vaqt oralig‘ida sodir bo‘ladigan o‘lim holatlarining sud-tibbiy xususiyatlariga xosligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yildagi 24 oktyabrda 10-25/754-t-son bilan tasdiqlangan «Ko‘krak qafasining yopiq jarohatlari holatida ichki a’zolarning chayqalishini sud-tibbiy baholash mezonlarini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Buxoro filiali bo‘yicha 12.02.2026 yildagi 13–son va Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Surxondaryo filiali bo‘yicha 12.02.2026 yildagi 17/26–son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 28 martdagi 05/44-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslublarning sud tibbiyoti amaliyotiga joriy etilishi natijasida ko‘krak qafasi zararlanishi natijasida ichki a`zolarning chayqalishidan jarohatlanishlarda vafot etgan insonlar murdalarda sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvlar sifati oshirish, ishonchliligi va ob’ektivligi ta`minlash orqali ekspertizalar vaqtini qisqartirish imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘krak qafasi yopiq jaroxatida ichki a’zolar chayqalishining sud tibbiy baholash mezonlari sud-tibbiyoti amaliyotida yumshoq to‘qimalardagi morfologik o‘zgarishlarining jarohat etkazilish muddatlarini o‘z vaqtida aniqlash, sifatli sud-tibbiy ekspertizani o‘tkazish vaqtini 2-3 barobar qisqartirish natijasida har bir holat uchun sarflanadigan o‘rtacha 70000-240000 so‘m iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ko‘krak qafasining yopiq jarohatlarida o‘pka va yurakning yirik qon tomirlari, hujayra va to‘qimalaridagi tiklanmas patologik o‘zgarishlarning sud-tibbiy, morfologik va raqamli morfometrik ko‘rsatkichlarining vaqtga bog‘liq dinamikasi hamda jarohatning hayotiylik davrini o‘z vaqtida baholashning sud-tibbiy jihatlari isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yildagi 24 oktyabrda 10-25/754-t-son bilan tasdiqlangan «Ko‘krak qafasining yopiq jarohatlari holatida ichki a’zolarning chayqalishini sud-tibbiy baholash mezonlarini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Buxoro filiali bo‘yicha 12.02.2026 yildagi 13–son va Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Surxondaryo filiali bo‘yicha 12.02.2026 yildagi 17/26–son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 28 martdagi 05/44-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ko‘krak qafasi yopiq jarohatlarida o‘pka va yurakning yirik qon tomirlari, hujayra va to‘qimalardagi tuzilmaviy o‘zgarishlarning qaytmas patologik holatlarini sud-tibbiy baholash sud-tibbiy ekspertiza ekspertizasi sifati oshirish, olingan natijalarning ishonchliligi, ob’ektivligi ta`minlash orqali ekspertizalar vaqtini qisqartirish imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘krak qafasi yopiq jaroxatida ichki a’zolar chayqalishining sud-tibbiy baholash mezonlari sud-tibbiyoti amaliyotida yumshoq to‘qimalardagi morfologik o‘zgarishlarining jarohatning etkazilgan muddatlarini o‘z vaqtida aniqlash, sifatli sud-tibbiy ekspertizani o‘tkazish vaqtini 2-3 barobar qisqartirish natijasida har bir holat uchun sarflanadigan o‘rtacha 70000-240000 so‘m iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik ko‘krak qafasining yopiq jarohatlarida o‘pka parenximasida rivojlanadigan mikroskopik o‘zgarishlar – mexanik ta’sirning to‘qima darajasidagi ko‘rinishlari, al`veolyar-kapillyar membrananing tuzilmaviy buzilishi, mikrotsirkulyator o‘zgarishlar va interstisial shishning rivojlanishi – o‘pka kontuziyasining eng muhim morfologik belgilari hamda o‘limning sud-tibbiy jihatlari sifatida asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yildagi 24 oktyabrda 10-25/754-t-son bilan tasdiqlangan «Ko‘krak qafasining yopiq jarohatlari holatida ichki a’zolarning chayqalishini sud-tibbiy baholash mezonlarini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Buxoro filiali bo‘yicha 12.02.2026 yildagi 13–son va Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Surxondaryo filiali bo‘yicha 12.02.2026 yildagi 17/26–son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 28 martdagi 05/44-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan sud tibbiy baholash mezonlari ko‘krak qafasi yopiq jarohatlarida o‘pka parenximasida rivojlanadigan mikroskopik o‘zgarishlar mexanik ta’sirining to‘qima darajasidagi o‘zgarishlar, al`veolyar-kapillyar membranasi tuzilmaviy buzilishi, mikrotsirkulyator o‘zgarishlar hamda interstisial shishning rivojlanishi o‘pka kontuziyasining eng muhim morfologik o‘zgarishlar va o‘limning sud-tibbiy jihatlari asoslashda ichki a’zolarning shikastlanishi oqibatida amalga oshiriladigan sud-tibbiy ekspertizasini sifati oshirish va vaqtini qisqartirish imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘krak qafasi yopiq jaroxatida ichki a’zolar chayqalishining sud tibbiy baholash mezonlari sud-tibbiyoti amaliyotida yumshoq to‘qimalardagi morfologik o‘zgarishlarining jarohat etkazilish muddatlarini o‘z vaqtida aniqlash, sifatli sud-tibbiy ekspertizani o‘tkazish vaqtini 2-3 barobar qisqartirish natijasida har bir holat uchun sarflanadigan o‘rtacha 70000-240000 so‘m iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ko‘krak qafasining yopiq jarohatlarida yurak kontuziyasida rivojlanadigan erta morfologik o‘zgarishlar – mikrotsirkulyator buzilishlar, interstisial va perivaskulyar shish, kardiomiotsitlar fragmentatsiyasi hamda al`veolyar devor qalinlashuvi – jarohat hosil bo‘lgan vaqtni aniqlashning sud-tibbiy mezonlari sifatida ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yildagi 24 oktyabrda 10-25/754-t-son bilan tasdiqlangan «Ko‘krak qafasining yopiq jarohatlari holatida ichki a’zolarning chayqalishini sud-tibbiy baholash mezonlarini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Buxoro filiali bo‘yicha 12.02.2026 yildagi 13–son va Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Surxondaryo filiali bo‘yicha 12.02.2026 yildagi 17/26–son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 28 martdagi 05/44-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ko‘krak qafasi yopiq jarohatlarida yurak kontuziyasida rivojlanadigan erta morfologik o‘zgarishlar, mikrotsirkulyator buzilishlar, interstisial va perivaskulyar shish, kardiomiotsitlar fragmentatsiyasi hamda al`veolyar devor qalinlashishining jarohat hosil bo‘lgan vaqtni aniqlashdagi sud-tibbiy mezonlari asosida ko‘krak qafasining shikastlanishi natijasida vafot etgan insonlar murdalarida sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvlar sifati oshirish, tadqiqotlarning  ishonchliligi va ob’ektivligini ta’minlash orqali ekspertizalar vaqtini qisqartirish imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘krak qafasi yopiq jaroxatida ichki a’zolar chayqalishining sud tibbiy baholash mezonlari sud-tibbiyoti amaliyotida yumshoq to‘qimalardagi morfologik o‘zgarishlarining jarohat etkazilish muddatlarini o‘z vaqtida aniqlash, sifatli sud-tibbiy ekspertizani o‘tkazish vaqtini 2-3 barobar qisqartirish natijasida har bir holat uchun sarflanadigan o‘rtacha 70000-240000 so‘m iqtisod qilinadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish