Xalilova Dilnoza Furkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tarbiyachilarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish” 13.00.08 - Maktabgacha ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9766
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Djamilova Nargiza Nuritdinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.03.05
Rasmiy opponentlar: Xakimova Dildora Mashrabjonovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Asqarova Dilafruz Ibroximovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarbiyachilarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tarbiyachilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ta’lim muhitini faoliyat usullari va qadriyatli munosabatlarga integratsiyalash, shaxs funksiyalarini volontyorlik hamda fasilitatorlik faoliyatiga implementatsiyalash, takribiy qismlarini muloqot madaniyatiga moslashtirishni korreksion baholash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyasi amaliy jarayonlarni voqelikni mustaqil anglash, pedagogik fakt va empatiya komponentlariga yaxlit integratsiyalash, ijtimoiy muloqot va refleksiv tahlilning muvofiqligini maqsadga yo‘naltirilganlik, amaliy faoliyat uyg‘unligi va empatiya elementlariga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli ta’lim maqsadini amalga oshirishning strategik vazifalarini tuzilmaviy komponentlarga mos modifikatsiyalash, subekt munosabatlarini kreativ va intellektual yondashishga yo‘naltirish va kasbiy o‘sish harakatchanligini bosqichli rivojlanish mexanizmini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligi amaliy faoliyatni kuchaytiruvchi interaktiv usullardan foydalanish, baholash tizimini ijtimoiy faollikka, hayotiy tajribalarga mos kriteriallash asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tarbiyachilarda ijtimoiy kompetesiyalarni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Bo‘lajak tarbiyachilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ta’lim muhitini faoliyat usullari va qadriyatli munosabatlarga integratsiyalash, shaxs funksiyalarini volontyorlik hamda fasilitatorlik faoliyatlariga implementatsiyalash, shuningdek, ijtimoiy kompetensiyaning tarkibiy qismlarini muloqot madaniyatiga moslashtirishni korreksion baholash asosida aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 8 apreldagi U-05-2156/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ijtimoiy kompetensiyalari takomillashtirilgan.
bo‘lajak tarbiyachilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyasi amaliy jarayonlarni voqelikni mustaqil anglash, pedagogik fakt va empatiya komponentlariga yaxlit integratsiyalash, ijtimoiy muloqot va refleksiv tahlilning muvofiqligini maqsadga yo‘naltirilganlik, amaliy faoliyat uyg‘unligi va empatiya elementlariga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan tavsiyalar “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 8 apreldagi U-05-2156/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasini qo‘llash samaradorligi oshgan.
Bo‘lajak tarbiyachilarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli ta’lim maqsadini amalga oshirishning strategik vazifalarini tuzilmaviy komponentlarga mos modifikatsiyalash, subekt munosabatlarini kreativ va intellektual yondashuvga yo‘naltirish va kasbiy o‘sish harakatchanligini bosqichli rivojlanish mexanizmini joriy etish asosida takomillashtirilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 8 apreldagi U-05-2156/04-son ma’lumotnomasi). “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan.
Bo‘lajak tarbiyachilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligi amaliy faoliyatni kuchaytiruvchi interaktiv usullardan foydalanish, baholash tizimini ijtimoiy faollikka, hayotiy tajribalarga mos kriteriallash asosida oshirish bo‘yicha tavsiyalar “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 8 apreldagi U-05-2156/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarning amaliyot jarayonida ijtimoiy sifatlarini rivojlantirish imkoni kengaytirilgan.