Yaqubova Habiba Otabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
I.Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek hikoyachiligida favqulodda vaziyatlar qahramoni tasviridagi fiziologizm va psixologizm parallelligi tadqiqi”, 10.00.14 – XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fil6487.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Shodmonov Nafas Nomozovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Turon universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.39.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Tilovova Muyassar Yo‘ldosh qizi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek hikoyachiligida favqulodda vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan qahramon obrazining badiiy tasvirida fiziologizm va psixologizm unsurlarining o‘zaro parallelligini asoslab, ularning estetik funksiyasini hamda badiiy matnda inson ruhiyati va jismoniy holati uyg‘unligining ifodalanish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek hikoyachiligida tabiiy – zilzila, sel, suv toshqini, ko‘chki, dovul, qurg‘oqchilik; texnogen – yong‘in, portlash, transport halokati, kimyoviy va radiatsion avariyalar; ekologik – atrof-muhitning ifloslanishi, ekologik falokatlar; biologik – epidemiya, epizootiya, epifitotiya; ijtimoiy va harbiy – terrorchilik, ommaviy tartibsizliklar, urush harakatlari kabi favqulodda vaziyatlar qahramonlari obrazining somatik belgilar, tana harorati hamda asab tizimi qo‘zg‘alishlari kabi fiziologik va affekt, apatiya, ruhiy regress singari psixologik tasviridagi psixosomatik parallelizm hamda funksional-ekvivalentlik kabi bog‘liqliklar ochib berilgan;
tabiiy, texnogen, ekologik, biologik, ijtimoiy va harbiy singari favqulodda vaziyatlar sharoitida qahramonlarning tashqi jismoniy holati, ya’ni tana harakatlari, mimik va kinetik belgilari, vegetativ reaksiyalari hamda idrok, tush holatlari singari ichki ruhiy kechinmalarining badiiy matn strukturasida muhimligi asoslangan;
favqulodda vaziyatlarda qahramon xarakterini ochishda qo‘rquv, xavotir, vahima, ikkilanish, stress, jasorat, matonat va iroda kabi ruhiy holatlarning yurak urishining tezlashuvi, nafas ritmining o‘zgarishi, mushaklarning taranglashuvi, mimik reaksiyalar, nutqdagi uzilishlar va harakat dinamikasi kabilar bilan ifodalanishi adabiy matn orqali ochib berilgan;
zamonaviy o‘zbek hikoyachiligida tabiiy, texnogen, ekologik, biologik, ijtimoiy va harbiy singari favqulodda vaziyat motivlarining ekzistensial xarakter, ruhiy inqiroz va chegara holat kabi poetik xususiyatlari dalilanib, tabiiy ofatlar, texnogen falokatlar, harbiy to‘qnashuvlar, ekologik tahdidlar va ijtimoiy inqirozlar singari syujet modellarining badiiy funksiyasi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya tadqiqotining asosiy ilmiy xulosalari va natijalari qator innovatsion, amaliy va ilmiy loyihalar hamda madaniy-ma’rifiy ishlanmalarda joriy etildi. “O‘zbek hikoyachiligida favqulodda vaziyatlar qahramoni tasviridagi fiziologizm va psixologizm paralleligi tadqiqi” mavzusini tadqiq etish natijalari asosida:
o‘zbek hikoyachiligida tabiiy – zilzila, sel, suv toshqini, ko‘chki, dovul, qurg‘oqchilik; texnogen – yong‘in, portlash, transport halokati, kimyoviy va radiatsion avariyalar; ekologik – atrof-muhitning ifloslanishi, ekologik falokatlar; biologik – epidemiya, epizootiya, epifitotiya; Ijtimoiy va harbiy – terrorchilik, ommaviy tartibsizliklar, urush harakatlari kabi favqulodda vaziyatlar qahramonlari obrazining somatik belgilar, tana harorati hamda asab tizimi qo‘zg‘alishlari kabi fiziologik va affekt, apatiya, ruhiy regress singari psixologik tasviridagi psixosomatik parallelizm hamda funksional-ekvivalentlik kabi bog‘liqliklar ochib berilganiga doir yangiliklardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 11-martdagi 04/1-1334-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy hikoyachiligimizda fiziologizm va psixologizm parallelligi orqali badiiy realizmni kuchaytirish usullari aniqlanib, o‘zbek hikoyachiligida qahramon tasvirining yangi talqin modeli taklif etilgan;
tabiiy, texnogen, ekologik, biologik, ijtimoiy va harbiy singari favqulodda vaziyatlar sharoitida qahramonlarning tashqi jismoniy holati, ya’ni tana harakatlari, mimik va kinetik belgilari, vegetativ reaksiyalari hamda idrok, tush holatlari singari ichki ruhiy kechinmalarining badiiy matn strukturasida muhimligi asoslangani, favqulodda vaziyatlarda qahramon xarakterini ochishda qo‘rquv, xavotir, vahima, ikkilanish, stress, jasorat, matonat va iroda kabi ruhiy holatlarning yurak urishining tezlashuvi, nafas ritmining o‘zgarishi, mushaklarning taranglashuvi, mimik reaksiyalar, nutqdagi uzilishlar va harakat dinamikasi kabilar bilan ifodalanishi adabiy matn orqali ochib berilganiga doir xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi badiiy kengashlari hisobot yig‘ilishlarida, to‘garaklar faoliyatida, mahorat darslarida yosh ijodkorlar bilan kitobxonlik doirasidagi amaliy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2026-yil 28-aprel 17/05-78-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlarni o‘zbek nasrida fiziologizm va psixologizm tamoyillarining ifodalanish mezonlari bilan yaqindan tanishtirishga erishilgan;
zamonaviy o‘zbek hikoyachiligida tabiiy, texnogen, ekologik, biologik, ijtimoiy va harbiy singari favqulodda vaziyat motivlarining ekzistensial xarakter, ruhiy inqiroz va chegara holat kabi poetik xususiyatlari dalilanib, tabiiy ofatlar, texnogen falokatlar, harbiy to‘qnashuvlar, ekologik tahdidlar va ijtimoiy inqirozlar singari syujet modellarining badiiy funksiyasi isbotlangani haqidagi yangiliklardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan IZ-2021020813. “Alisher Navoiy ijodining xorijda o‘rganilishi va targ‘iboti asosida ko‘p tilli multimedia to‘plamini yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 11-martdagi 04/1-1339-son ma’lumotnomasi). Natijada Navoiy ijodida oshiq ruhiy holati uning tashqi fiziologik jarayonlari bilan hamohang ifodalanishining o‘rganilishi to‘g‘risidagi ilmiy yondashuvlar asosida badiiy asarda emotsional jarayonlar fiziologiyasi masalasi ochib berilgan.