Nurimova Diyora Qurbon qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Lirik diskurs va uning sotsiopragmatik talqini (Usmon Azim va Muhammad Yusuf asarlari misolida)” 10.00.01 – O‘zbek tili
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3PhD/Fil3715
Ilmiy rahbar: Zaripov Botir Po‘latovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/03/2025.27.12.Fil.08.07
Rasmiy opponentlar: Xudoyberganova Saodat Muhamedovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Yuldasheva Dilorom Nigmatovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi lirik diskurs xususiyatlarini badiiy asarlardan olingan misollar asosida sotsiopragmatik hamda kognitiv aspektda ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tilshunoslikda lirik diskurs va uning sotsiopragmatik talqinining ilmiy-nazariy hamda amaliy asoslari ishlab chiqilib, lirik matn va lirik diskursning pragmatik hamda kognitiv xususiyatlari, lirik diskurs tarkibiy birliklarining fonetik, leksik, morfologik, sintaktik va semantik-stilistik xususiyatlari hamda ularning sotsiopragmatik funksiyalari aniqlangan;
o‘zbek lirik matnlarining muayyan ijtimoiy-madaniy kontekstdagi pragmatik funksiyalari, ularning diskursiv samaradorlikni ta’minlashdagi o‘rni, kommunikativ ta’sir doirasi hamda ijtimoiy-kommunikativ ma’nolarni shakllantirishdagi sotsiopragmatik qonuniyatlari, lirik matn va lirik diskursning o‘zaro munosabati funksionallik – strukturaviylik, dinamik – statik hamda aktuallik – virtuallik mezonlari asosida tavsiflanib, diskursiv omillar va kommunikativ strategiyalarning voqelanishidagi metodologik ahamiyati dalillangan;
lirik diskursning lingvistik tabiati, uning lirik matn bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda nutqiy voqelanish mexanizmlari, Usmon Azim va Muhammad Yusuf she’riyati misolida yordamchi so‘z turkumlari, taqlid, modal va undov so‘zlarning lingvopragmatik hamda lingvokulturologik xususiyatlari, ularning estetik-ekspressiv va kommunikativ-pragmatik funksiyalari isbotlangan;
lirik diskurs tushunchasi kognitiv-pragmatik va sotsiopragmatik yondashuvlar asosida integrativ lingvistik kategoriya sifatida, uning konseptual-parametrik belgilari, Usmon Azim va Muhammad Yusuf she’riyati misolida lirik diskursda qo‘llanilgan verbal hamda noverbal vositalarning sotsiopragmatik xususiyatlari, ularning kommunikativ-pragmatik funksiyalari va adresant – adresat munosabatlarini shakllantirishdagi diskursiv-pragmatik mexanizmlarning o‘rni asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lirik diskurs va uning sotsiopragmatik talqinini Usmon Azim va Muhammad Yusuf asarlari misolida o‘rganish yuzasidan olingan natijalar asosida:
tilshunoslikda lirik diskurs va uning sotsiopragmatik talqinining ilmiy-nazariy hamda amaliy asoslari ishlab chiqilib, lirik matn va lirik diskursning pragmatik hamda kognitiv xususiyatlari, lirik diskurs tarkibiy birliklarining fonetik, leksik, morfologik, sintaktik va semantik-stilistik xususiyatlari hamda ularning sotsiopragmatik funksiyalariga oid xulosa va natijalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 19-iyundagi 01/04-2624-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur amaliy loyihaning o‘zbek tilidagi lirik diskurs bilan bog‘liq jihati ilmiy-nazariy fikr va ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan. Shuningdek, lirik matn va lirik diskurs xususiyatlarining pragmatik hamda kognitiv aspektlardagi tadqiqi o‘zbek tili lingvodidaktikasi uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi dalillangan;
o‘zbek lirik matnlarining muayyan ijtimoiy-madaniy kontekstdagi pragmatik funksiyalari, ularning diskursiv samaradorlikni ta’minlashdagi o‘rni, kommunikativ ta’sir doirasi hamda ijtimoiy-kommunikativ ma’nolarni shakllantirishdagi sotsiopragmatik qonuniyatlari, lirik matn va lirik diskursning o‘zaro munosabati funksionallik – strukturaviylik, dinamik – statik hamda aktuallik – virtuallik mezonlari asosidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 30-iyundagi 01/01-2826-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratishda Usmon Azim va Muhammad Yusuf she’rlari asosidagi lirik diskursning kompleks tahlili bilan bog‘liq ilmiy-amaliy xulosalar muhim xomashyo vazifasini bajargan;
lirik diskursning lingvistik tabiati, uning lirik matn bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda nutqiy voqelanish mexanizmlari, Usmon Azim va Muhammad Yusuf she’riyati misolida yordamchi so‘z turkumlari, taqlid, modal va undov so‘zlarning lingvopragmatik hamda lingvokulturologik xususiyatlari, ularning estetik-ekspressiv va kommunikativ-pragmatik funksiyalariga oid xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi IL – 21091433 raqamli “O‘zbek realiyalariga oid maqolalar bazasi platformasini yaratish (Vikipediya electron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 29-oktyabrdagi 01-7719-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihaning o‘zbek tilidagi lirik diskurs bilan bog‘liq jihati ilmiy-nazariy fikr va ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan;
lirik diskurs tushunchasi kognitiv-pragmatik va sotsiopragmatik yondashuvlar asosida integrativ lingvistik kategoriya sifatida, uning konseptual-parametrik belgilari, Usmon Azim va Muhammad Yusuf she’riyati misolida lirik diskursda qo‘llanilgan verbal hamda noverbal vositalarning sotsiopragmatik xususiyatlari, ularning kommunikativ-pragmatik funksiyalari va adresant – adresat munosabatlarini shakllantirishdagi diskursiv-pragmatik mexanizmlaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga qarashli “Navoiy” telekanalida efirga uzatilgan “Adabiyot va hayot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy teleradiokompaniyasining 2025-yil 5-martdagi 01-04/22-son ma’lumotnomasi). Natijada lirik diskurs tabiati Usmon Azim va Muhammad Yusuf poetik nutqi misolida asoslangan hamda teletomoshabinlar, yosh olimlarning dunyoqarashi, tafakkuri, bilim darajasini kengaytirib, teleko‘rsatuvlar ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.