Xakimova Kamola Farruh qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Problemi obespecheniya advokatskoy tayni v organizatsii deyatel`nosti advokatskix formirovaniy”, 12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura ixtisosligi (yuridik fanlar). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1468.
Ilmiy rahbar: Ne’matov Jasur Aminjonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/2025.27.12.Yu.01.04
Rasmiy opponentlar: Abzalov Xurshida Mirziyatovna – yuridik fanlar doktori, professor; Xayriev Nodirjon Isroilovich – yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi advokatlik siri institutini hamda advokatlik tuzilmalarining faoliyatida maxfiylikni ta’minlash muammolarini kompleks tahlil qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida advokatlik siri kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan qonunchilik va amaliyotni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amaldagi qonunchilikda advokatlik siri buzilishiga oid javobgarlik choralari etarli darajada samarali emasligi sababli advokatlik siri buzilishini intizomiy javobgarlik nuqtai nazaridan bir martalik qo‘pol qoidabuzarlik deb belgilash zaruriyati asoslantirilgan;
advokatlik sirining chegaralarini aniq belgilash zaruratidan kelib chiqib, advokat ishonch bildiruvchi shaxsga yuridik yordam ko‘rsatish jarayonida olgan har qanday axborot advokatlik siri sifatida himoya qilinishi lozimligi asoslantirilgan;
byudjet hisobini yuritish va davlat hisobidan ko‘rsatilgan yuridik yordam hajmini ma’muriy qayd etish maqsadlarini inobatga olgan holda, advokat tomonidan “Yuridik yordam” davlat axborot tizimiga ma’lumot joylashtirilishi ishonch bildiruvchi shaxs va advokat o‘rtasidagi ishonchli munosabatlar mohiyatini oshkor qilishga qaratilmaganligi, uzatilayotgan ma’lumotlar hisob-ma’muriy xarakterga ega bo‘lib, faqat advokatning amalga oshirgan faoliyatini moliyalashtirish va byudjet mablag‘larining shaffof sarflanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni qayd etishga qaratilganligi ilmiy asosda asoslantirilgan;
maxfiylikning sudlov tizimini shakllantiruvchi asosiy omil ekanini inobatga olgan holda, advokatura o‘z faoliyatini advokatlik siriga qat’iy rioya qilish asosida amalga oshirishi, ushbu sir esa advokatlik faoliyatining barcha turlarida, jumladan davlat hisobidan ko‘rsatiladigan yuridik yordamda ham o‘z majburiy kuchini saqlaydigan fundamental va mutlaq tamoyil sifatida e’tirof etilishi lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
advokatlik siri buzilishini bir martalik qo‘pol qoidabuzarlik deb e’tirof etish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 24-dekabrdagi 20/2-14164/8-sonli dalolatnomasi). Mazkur o‘zgartirishning tatbiq etilishi advokatlarning kasbiy sirni saqlash mas’uliyatini oshirish va ishonch bildiruvchilarning huquq hamda manfaatlarini himoya qilishda ishonch muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.
advokat yuridik yordam ko‘rsatish jarayonida olgan har qanday axborotni (hujjatlar, tushuntirishlar, dalillar mazmunini hamda advokatga murojaat qilinganligi faktini) advokatlik siri deb e’tirof etish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura va advokatlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasining 3-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 23-noyabrdagi 8/10–0659-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif advokatlik siri tushunchasini belgilashga va advokatlik siriga hujjatlar, tushuntirishlar, dalillar mazmuni hamda advokatga murojaat qilinganligi haqidagi fakt kirishini tushuntirishga xizmat qildi;
advokat tomonidan “Yuridik yordam” davlat axborot tizimiga ma’lumotlar kiritilishi faqat hisob-kitob va ma’muriy qayd etish xarakteriga egaligi va advokatlik siri tamoyilini buzmasligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonuni 15-moddasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (2025-yil 12-sentyabrdagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining № 9/dn-178-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish yuridik yordam tizimini advokatlik sirini oshkor qilish xavfisiz samarali boshqarish imkonini beruvchi huquqiy pozisiyani shakllantirishga asos bo‘ldi;
advokatlik siri tamoyilini mutlaq va advokatlik faoliyatining barcha turlarida, jumladan davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatishda ham majburiy kuchga ega tamoyil sifatida mustahkamlash taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasini tayyorlashda inobatga olingan (2025-yil 12-sentyabrdagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining № 9/dn-178-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish advokatlik sirini yuridik yordam shakli va manbaidan qat’i nazar, mutlaq qadriyat sifatida e’tirof etiladigan yaxlit huquqiy tizimni shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish