Ro‘ziboev Faxriddin Sohibjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkistonda sud va nazorat organlari faoliyati: an’anaviylik va transformatsion jarayonlar (XIX asr oxiri-XX asr birinchi choragi)” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Tar1435
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdulla Nuritdinovich, tarix fanlari doktori, professor Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.07.01.
Rasmiy opponentlar: Xaynazarov Bahromjon Baxtiyorovich, tarix fanlari doktori (DSc) dotsent; Jaynarov Obidjon Hamid o‘g‘li tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri – XX asr birinchi choragida Turkistonda sud va nazorat organlari tizimida amalga oshirilgan o‘zgarish va ularning mohiyati to‘g‘risida ma’lumot berish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Turkistonda general-gubernatorlik tomonidan XIX asr oxirida sud va tartibot tizimiga oid qabul qilingan islohotlar va imperator Aleksandr II ning sud tizimini qaytadan tashkil etish bo‘yicha farmonlari doirasida 1898-yil 2-iyunda Toshkent sud palatasining tashkil etilish jarayonlari yoritilgan. Shuningdek Turkistonda avvaldan mavjud bo‘lgan qozilik sudlarining vakolatlari qisqartirilgan ular asosan mayda fuqarolik ishlarini ko‘rganligi, mahalliy aholi yangi sudlarni tushinarsiz va ishonchsiz deb qilganligi buning sababini general-gubernator K.P Kaufman taftish komissiyasi hududlarga borib o‘rganganda tilmoch va tarjimonlar pora evaziga ishni atayin noto‘g‘ri talqin qilganligi dalillangan;
– Rossiya imperiyasi tomonidan Turkistonda mirshablik va rais mansabini transformatsiya qilinishi natijasida polisiya otryadlarini tashkil etilishi, mahalliy rais vazifasini 1873-yildan boshlab savdo polisiyasi zimmasiga yuklatilganligi va shundan keyin savdo polisiyasi tashkil etilib, uning faoliyati Nizomga ko‘ra belgilanganligi, mirshab va raislar zimmasidagi vazifalar polisiyaga to‘liq o‘tkazilganligi, polisiya shariatga tayanib emas, balki, general-gubernatorlarning buyruq va farmonlari asosida faoliyat yuritganligi, polisiya vazifalarining TRMB va Jandarm boshqarmasining Turkiston bo‘limi vositasida kengaytirilishi yoritildi;
1886-yilgi Nizomni ishlab chiqishda ilk marotaba mahalliy aholining fikrini bilish uchun muhokamaga qo‘yilganligi va buning uchun savolnomalar tuzilganligi, ular asosan soliq va er egaligiga oidligi aniqlandi. Shuningdek, mahalliy aholini nazorati kuchaytirilganligi, siyosiy va epidemiologik vaziyat bahonasida amal qilish zarur bo‘lgan qoida va cheklovlar o‘rnatilganligi, mahallalarga tungi qorovul va nazoratchilar tayinlanganligi, jumladan, Toshkentning mahalliy aholi yashaydigan qismidagi 209 ta mahalla uchun 201 nafar qorovul, bozorlar uchun 13 nafar, bozorlardagi 3185 ta do‘konni qo‘riqlash uchun 63 nafar polisiya xodimi biriktirilganligi aniqlandi;
Sovet hokimiyati tomonidan sud tizimi va nazorat organlarining isloh qilinganligi, ular faoliyatida erli xalq manfaatlarini emas, balki sovet hokimiyati manfaatlarini himoya qilganligi, qozi va biylik sudlari sovetlar tomonidan bosqichma-bosqich tugatilganligi sovet sud tizimida ilk bor ayollar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi izchil o‘rganildi. Shuningdek, nazorat organlarining moddiy-texnik bazasi o‘zgarishlardan chetda qolganligi arxiv ma’lumotlari asosida ochib berildi. Jumladan, 1922-yilning 17 oktyabrida Samarqand viloyati jinoyat qidiruvi bo‘limi boshlig‘ining Turkiston jinoyat qidiruvi boshqarmasiga taqdim qilgan hisobotida bo‘limda xodimlar ishlashi uchun ofis jihozlari, hatto stul bo‘lmagan. Xodimlar kiyimi etishmasligidan qishda ham yozgi kiyimda yurganligi aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkistonda sud va nazorat organlari faoliyati: an’anaviylik va transformatsion jarayonlar (XIX asr oxiri XX asr birinchi choragi) ni tadqiq etish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy xulosa va amaliy takliflar asosida:
Turkistonda general-gubernatorlik tomonidan XIX asr oxirida sud va tartibot tizimiga oid qabul qilingan islohotlar va imperator Aleksandr II ning sud tizimini qaytadan tashkil etish bo‘yicha farmonlari doirasida 1898-yil 2-iyunda Toshkent sud palatasining tashkil etilish jarayonlari yoritilgan. Shuningdek Turkistonda avvaldan mavjud bo‘lgan qozilik sudlarining vakolatlari qisqartirilgan ular asosan mayda fuqarolik ishlarini ko‘rganligi, mahalliy aholi yangi sudlarni tushinarsiz va ishonchsiz deb qilganligi buning sababini general-gubernator K.P Kaufman taftish komissiyasi hududlarga borib o‘rganganda tilmoch va tarjimonlar pora evaziga ishni atayin noto‘g‘ri talqin qilganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” telekanali 2025-yil 11-sentyabrdagi 05-09-1419-son ma’lumotnomasi). Ushbu materiallar teletomoshabinlarga Turkistonda sud tizimida amalga oshirilgan mustamlakachilik siyosatining mohiyatini anglash, mahalliy aholining huquqiy holati qanday o‘zgarganini tushunish imkonini berdi. Shuningdek, tarixiy adolat, huquqiy ong va milliy o‘zlikni anglashni chuqurlashtirishga xizmat qildi.
Rossiya imperiyasi tomonidan Turkistonda mirshablik va rais mansabini transformatsiya qilinishi natijasida polisiya otryadlarini tashkil etilishi, mahalliy rais vazifasini 1873-yildan boshlab savdo polisiyasi zimmasiga yuklatilganligi va shundan keyin savdo polisiyasi tashkil etilib, uning faoliyati Nizomga ko‘ra belgilanganligi, mirshab va raislar zimmasidagi vazifalar polisiyaga to‘liq o‘tkazilganligi, polisiya shariatga tayanib emas, balki, general-gubernatorlarning buyruq va farmonlari asosida faoliyat yuritganligi, polisiya vazifalarining TRMB va Jandarm boshqarmasining Turkiston bo‘limi vositasida kengaytirilishiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” telekanali 2025-yil 11-sentyabrdagi 05-09-1419-son ma’lumotnomasi. Ushbu ma’lumotlar asosida tayyorlangan dasturlar teletomoshabinlarga Turkistondagi mustamlakachilik boshqaruv tizimining mohiyati, xususan, mahalliy an’anaviy lavozimlar o‘rnini podshoh ma’muriy-polisiya tizimi egallaganini anglash imkonini berdi. Shuningdek, polisiya faoliyatining shariat emas, balki imperiya manfaatlariga xizmat qilganini yoritish orqali tarixiy jarayonlarga tanqidiy yondashuv shakllantirildi.
1886-yilgi Nizomni ishlab chiqishda ilk marotaba mahalliy aholining fikrini bilish uchun muhokamaga qo‘yilganligi va buning uchun savolnomalar tuzilganligi, ular asosan soliq va er egaligiga oidligi aniqlandi. Shuningdek, mahalliy aholini nazorati kuchaytirilganligi, siyosiy va epidemiologik vaziyat bahonasida amal qilish zarur bo‘lgan qoida va cheklovlar o‘rnatilganligi, mahallalarga tungi qorovul va nazoratchilar tayinlanganligi, jumladan, Toshkentning mahalliy aholi yashaydigan qismidagi 209 ta mahalla uchun 201 nafar qorovul, bozorlar uchun 13 nafar, bozorlardagi 3185 ta do‘konni qo‘riqlash uchun 63 nafar polisiya xodimi biriktirilganligi kabi ilmiy natijalardan Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Tarix” bo‘limi manbalarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 18-noyabrdagi 04-05/4579 - sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar asosida muzey ekspozisiyasi tarixiy jihatdan boyitilib, tashrif buyuruvchilarga XIX asr oxiridagi mahalliy boshqaruv, nazorat tizimi hamda ijtimoiy hayot haqida aniq va dalillarga asoslangan tasavvur berildi. Shuningdek, bu materiallar orqali tashrif buyuruvchilarda tarixiy jarayonlarni chuqurroq anglash va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari shakllanishiga xizmat qildi.
Sovet hokimiyati tomonidan sud tizimi va nazorat organlarining isloh qilinganligi, ular faoliyatida erli xalq manfaatlarini emas, balki sovet hokimiyati manfaatlarini himoya qilganligi, qozi va biylik sudlari sovetlar tomonidan bosqichma-bosqich tugatilganligi sovet sud tizimida ilk bor ayollar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi izchil o‘rganildi. Shuningdek, nazorat organlarining moddiy-texnik bazasi o‘zgarishlardan chetda qolganligi arxiv ma’lumotlari asosida ochib berildi. Jumladan, 1922-yilning 17-oktyabrida Samarqand viloyati jinoyat qidiruvi bo‘limi boshlig‘ining Turkiston jinoyat qidiruvi boshqarmasiga taqdim qilgan hisobotida bo‘limda xodimlar ishlashi uchun ofis jihozlari, hatto stul bo‘lmagan. Xodimlar kiyimi etishmasligidan qishda ham yozgi kiyimda yurganligi kabi ilmiy natijalardan Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Tarix” bo‘limi manbalarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 18-noyabrdagi 04-05/4579 - sonli ma’lumotnomasi).
Mazkur ilmiy natijalar muzey ekspozisiyalarini aniq tarixiy dalillar asosida boyitishga xizmat qildi hamda tashrif buyuruvchilarga sovet davridagi sud-huquq tizimining haqiqiy holatini xolisona anglash imkonini berdi. Shuningdek, bu materiallar orqali jamoatchilikda tarixiy xotirani mustahkamlash va o‘tmish jarayonlariga tanqidiy yondashuvni shakllantirishga hissa qo‘shildi.