Soliev Mirzoxid Tursunxo‘jaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kichik maktab yoshidagi bolalarda kitobxonlik xususiyatini shakllantirishning psixologik jihatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P656.
Ilmiy rahbar: Suleymanova To‘xtaxon Gaynazarovna psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Jalilova Saboxat Xalimovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: kichik maktab yoshidagi bolalarda kitobxonlik xususiyatini shakllantirishning psixologik jihatlarini tadqiq etish orqali kitobxonlik xususiyatini shakllantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik maktab yoshidagi bolalarda kitobxonlik xususiyatining shakllanishi o‘quvchilardagi yosh va gender jihatlariga bog‘liqlik kitob mutoala qilish ehtiyojiga ko‘ra “haqiqiy kitobxon” va “kitobsevar” obrazlarini maktabgacha ta’limga jalb etilganlik darajasi bilan identiv namoyon bo‘lishi asoslangan;
kichik maktab yoshidagi bolalardagi kitobxonlik xususiyati pedagog ta’sirida “o‘quvchi pozisiyasi”ning maktabga ijobiy munosabat negizida namoyon bo‘lishiga asoslanib o‘quv motivlarining kitobsevarlik orqali darajaviy ifodalanishiga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
o‘quvchilarning asar qahramonlarini mazmunan farqlashi va ular bilan identifikatsiyalanish jarayoni kitob matnini hissiy kontekstda tushunish va nutqiy fantaziyada ifodalash ko‘nikmasining intellekt darajasiga bog‘liq namoyon bo‘lishiga asoslanib asar syujeti yuzasidan ijodiy fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatining shakllanganligiga to‘g‘ri proporsional ekanligi dalillangan;
kichik maktab yoshidagi bolalarning kitobxonlik xususiyatini shakllantirishda kitob mutoalasining kognitiv, emotsional, konativ jihatlarni integrativ namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli bolaning “obraz–tushuncha” va “obraz–hissiyot” assotsiativ tiplari orqali kitobga nisbatan emotsional munosabatni shakllantirish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda kitobxonlik xususiyatini shakllantirishning psixologik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
kichik maktab yoshidagi bolalarda kitobxonlik xususiyatining shakllanishi o‘quvchilardagi yosh va gender jihatlariga bog‘liqlik kitob mutoala qilish ehtiyojiga ko‘ra “haqiqiy kitobxon” va “kitobsevar” obrazlarini maktabgacha ta’limga jalb etilganlik darajasi bilan identiv namoyon bo‘lishiga asoslangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 14-oktyabrdagi PM-144-son buyrug‘i bilan Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 14-oktyabrdagi PM-144-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik maktab yoshidagi bolalarda kitobxonlik xususiyatining shakllanishi yosh va gender jihatlariga bog‘liqligi aniqlanib, “haqiqiy kitobxon” va “kitobsevar” obrazlarining maktabgacha ta’limga jalb etilganlik darajasiga bevosita ta’sir etuvchi psixologik omil ekanligi ilmiy asosda tasdiqlandi;
kichik maktab yoshidagi bolalardagi kitobxonlik xususiyati pedagog ta’sirida “o‘quvchi pozisiyasi”ning maktabga ijobiy munosabat negizida namoyon bo‘lishiga asoslanib o‘quv motivlarining kitobsevarlik orqali darajaviy ifodalanishiga bog‘liq ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 14-oktyabrdagi PM-144-son buyrug‘i bilan Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 14-oktyabrdagi PM-144-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik maktab yoshidagi bolalardagi kitobxonlik xususiyati pedagog ta’siri ostida “o‘quvchi pozisiyasi”ning maktabga ijobiy munosabat negizida namoyon bo‘lishi va o‘quv motivlarining kitobsevarlik orqali darajaviy ifodalanishi bolaning o‘quv faoliyatini shakllantirishda samarali psixologik omil ekanligi ilmiy asosda tasdiqlandi;
o‘quvchilarning asar qahramonlarini mazmunan farqlashi va ular bilan identifikatsiyalanish jarayoni kitob matnini hissiy kontekstda tushunish va nutqiy fantaziyada ifodalash ko‘nikmasining intellekt darajasiga bog‘liq namoyon bo‘lishiga asoslanib asar syujeti yuzasidan ijodiy fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatining shakllanganligiga to‘g‘ri proporsional ekanligi dalillangan yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 14-oktyabrdagi PM-144-son buyrug‘i bilan Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 14-oktyabrdagi PM-144-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning asar qahramonlarini mazmunan farqlashi va ular bilan identifikatsiyalanish jarayoni, kitob matnini hissiy kontekstda tushunish va nutqiy fantaziyada ifodalash ko‘nikmasining intellekt darajasiga bog‘liqligi, shuningdek asar syujeti yuzasidan ijodiy fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatining shakllanishiga bevosita ta’sir etuvchi psixologik omil ekanligi ilmiy asosda tasdiqlandi;
kichik maktab yoshidagi bolalarning kitobxonlik xususiyatini shakllantirishda kitob mutoalasining kognitiv, emotsional, konativ jihatlarni integrativ namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli bolaning “obraz–tushuncha” va “obraz–hissiyot” assotsiativ tiplari orqali kitobga nisbatan emotsional munosabatni shakllantirish zarurligi asoslangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 14-oktyabrdagi PM-144-son buyrug‘i bilan Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Psixologik maslahat va psixokorrek¬siya asoslari” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 14-oktyabrdagi PM-144-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik maktab yoshidagi bolalarning kitobxonlik xususiyatini shakllantirishda kitob mutoalasining kognitiv, emotsional va konativ jihatlarni integrativ namoyon etishi, shuningdek bolaning “obraz–tushuncha” va “obraz–hissiyot” assotsiativ tiplari orqali kitobga nisbatan ijobiy emotsional munosabatini rivojlantirish bevosita ta’sir etuvchi psixologik omil ekanligi ilmiy asosda tasdiqlandi.