Raxmonova Shaxrizoda Laziz qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv rivojlanishni shakillantirishni pedagogik-psixologik omillari” 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya, rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/P1464.
Ilmiy rahbar: Sutanova Shaxnoza Mirxalilovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.43.01.
Rasmiy opponentlar: Rustamov Shavkat Shuxratovich, psixologiya fanlari doktori (DSc) dotsent; Tillashayxova Xosiyat Azamatovna, psixologiya fanlari doktori (DSc) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv rivojlanishga oiladagi deprivasiya ta'sirining psixologik xususiyatlarini oʻrganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
psixik deprivatsiyaning maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda mayda va yirik motorikaning rivojlanish sur'ati hamda sifat ko‘rsatkichlariga salbiy ta'sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan aniqlangan bo‘lib, bunda motorika rivojlanishidagi ortda qolish darajasi deprivatsion muhitda o‘tkazilgan vaqt davomiyligiga proporsional ravishda kuchayib borishi yosh davrlariga ko‘ra o‘ziga xos namoyon bo‘lish xususiyatlari aniqlangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda psixik deprivatsiyaning vujudga kelishiga ta’sir etuvchi obektiv (atrof-muhitning cheklanganligi va yopiq turdagi muassasa sharoiti) hamda subektiv (kattalarning bolalarga nisbatan emotsional munosabati va e’tibor sifati) omillar guruhi o‘zaro uzviy bog‘liqlikda namoyon bo‘lib, subektiv omilning ustuvorligi obektiv muhit ta’sirini kuchaytiruvchi yoki yumshatuvchi vosita sifatida xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning hayotiy muhim ehtiyojlari (xavfsizlik, muhabbat va mustaqillik) qondirilmasligi ularda kognitiv soha rivojlanishining sekinlashuviga diqqat, xotira va tafakkur jarayonlarining izchil pasayishiga olib kelishi hamda bu holat bilishga oid motivatsiyaning zaiflashuvi va o‘rganishga nisbatan qiziqishning barqaror susayishi bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
oilaviy tarbiyada emotsional iliq munosabatning etishmasligi deprivatsiyaning namoyon bo‘lish darajasini kuchaytiruvchi asosiy omil ekanligi, bunday munosabat tanqisligi bolada bog‘lanish mexanizmining buzilishi natijasida esa psixik rivojlanishning emotsional, ijtimoiy va kognitiv sohalarida barqaror ortda qolish kuzatilishiga sabab bo‘lishi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshda kognitiv rivojlanishga deprivasiya ta'sirining psixologik xususiyatlari boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
psixik deprivatsiyaning maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda mayda va yirik motorikaning rivojlanish sur'ati hamda sifat ko‘rsatkichlariga salbiy ta'sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan aniqlangan bo‘lib, bunda motorika rivojlanishidagi ortda qolish darajasi deprivatsion muhitda o‘tkazilgan vaqt davomiyligiga proporsional ravishda kuchayib borishi yosh davrlariga ko‘ra o‘ziga xos namoyon bo‘lish xususiyatlari aniqlanganligi natijasida Psixik deprivatsiyaning maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda mayda va yirik motorikaning rivojlanishiga salbiy ta’siri aniqlangan yangilik markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Umumiy psixologiya” (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-03-12 № PM–183 ma’lumotnomasi) moduliga kiritilsin;
maktabgacha yoshdagi bolalarda psixik deprivatsiyaning vujudga kelishiga ta’sir etuvchi obektiv (atrof-muhitning cheklanganligi va yopiq turdagi muassasa sharoiti) hamda subektiv (kattalarning bolalarga nisbatan emotsional munosabati va e’tibor sifati) omillar guruhi o‘zaro uzviy bog‘liqlikda namoyon bo‘lib, subektiv omilning ustuvorligi obektiv muhit ta’sirini kuchaytiruvchi yoki yumshatuvchi vosita sifatida xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslanganligi maktabgacha yoshdagi bolalarda psixik deprivatsiya vujudga kelishiga ta’sir etuvchi obektiv (atrof-muhit va yopiq muassasa ta’siri) va sub’ektiv (kattalarning bolalarga emosional munosabati) omillar aniqlangan yangilik markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Umumiy psixologiya” (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-03-12 № PM–183 ma’lumotnomasi) moduliga kiritilsin;
maktabgacha yoshdagi bolalarning hayotiy muhim ehtiyojlari (xavfsizlik, muhabbat va mustaqillik) qondirilmasligi ularda kognitiv soha rivojlanishining sekinlashuviga diqqat, xotira va tafakkur jarayonlarining izchil pasayishiga olib kelishi hamda bu holat bilishga oid motivatsiyaning zaiflashuvi va o‘rganishga nisbatan qiziqishning barqaror susayishi bilan uzviy bog‘liqligi isbotlanganligi natijasida maktabgacha yoshdagi bolalarda hayotiy muhim ehtiyojlarining qondirilmasligining bolada kognitiv soha rivojlanishiga salbiy ta’siri hamda bilishga oid motivlarning yo‘qolishiga olib kelishi aniqlangan yangilik markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Umumiy psixologiya” (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-03-12 № PM–183 ma’lumotnomasi) moduliga kiritilsin;
oilaviy tarbiyada emotsional iliq munosabatning etishmasligi deprivatsiyaning namoyon bo‘lish darajasini kuchaytiruvchi asosiy omil ekanligi, bunday munosabat tanqisligi bolada bog‘lanish mexanizmining buzilishi natijasida esa psixik rivojlanishning emotsional, ijtimoiy va kognitiv sohalarida barqaror ortda qolish kuzatilishiga sabab bo‘lishi ilmiy jihatdan asoslanganligi natijasida (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-03-12 № PM–183 ma’lumotnomasi) deprivatsiyaning namoyon bo‘lishiga oiladagi emotsional iliq munosabatning etishmasligi salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda buning natijasida bolalarda psixik rivojlanishda ortda qolish kuzatilishi aniqlangan yangilik markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Psixofiziologiya” moduliga kiritilsin.