Gubaydullin Rinat Shavkatovichning
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Poliuretan tarkibini takomillashtirish asosida tovarlar olish”, 02.00.09 - Tovarlar kimyosi, 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/T2243.
Ilmiy rahbarlar: Yoʻlchiev Aslbek Baxtiyorbekovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Alimuxamedov Muzafar Ganievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.K/T.07.04 04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmadaliev Maxammadjon Axmadalievich, texnika fanlari doktori, professor; Mo‘minova Go‘yoxon Alidjanovna kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dietanolamin va geterotsiklik aldegidlar asosida yangi katalizator mahsulotlarini sintez qilish hamda poliuretan tarkibini takomillashtirgan holda tovarlar olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor tarkibida pentozan saqlagan maxalliy xom-ashyoning furfurol va kimyo sanoati chiqindisi dietanolamin xamda benzaldegidninig ishtirokida uchlamchi aminni sintez qilishning optimal nisbatlari ishlab chiqilgan;
furfurol, benzaldegid, dietanolaminning 1:1 va 2:1 nisbatlarida sintez qilib olingan organik birikmalarninig tarkibidagi uchlamchi amindagi azotning ulushi zamonaviy fizik-kimyoviy taxlil usuli yordamida aniqlangan;
dietanolamin va furfurolning = 2:1 nisbatida sintez qilib olingan furfurildiaminotetraetanolning chiqish unumi harorat 30 °C bo‘lganda 82,4 % ga teng ekanligi va optimal ko‘rsatkichi ekanligi isbotlangan;
import hisobiga keltiriladigan Lapramol-294 o‘rniga o‘rinbosar sifatida 30 % miqdorida furfurildiaminotetraetanol (FDATE) ni qo‘shish, ishlab chiqilgan qattiq ko‘pik poliuretanning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari meʼyoriy xujjatning (GOST) belgilangan ko‘rsatkichlariga muvofiq ekanligi asoslangan;
dietanolamin va furfurolning = 2:1 nisbatida 30 °C haroratda mahsulotning chiqish unumini 82,4 % gacha oshirish imkonini beradigan xamda tarkibida 30 % miqdorida furfurildiaminotetraetanol saqlagan AS-PENATERM tovarini sovutgich qurilmalari va qurilish materiallari ishlab chiqarishda qo‘llash texnologik sxemalari ishlab chiqilgan;
ilk bor tarkibida massa ulushi 10 % yoki undan ko‘p eritma shaklida furfurildiaminotetraetanol saqlagan poliuretan tovariga kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha yangi tovar kod raqami ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarkibida gidroksilazotsaqlovchi oligomer bo‘lgan birikmalar va ular asosida tarkibi takomillashtirilgan poliuretanlarni qo‘llash texnologiyalarini ishlab chiqish va ushbu texnologiya asosida olingan tovarlarni sinflash asosida:
Lapromol-294 o‘rnini bosuvchi sifatida dietanolamin va furfurolning 2:1 nisbatida sintez qilingan furfirildietanolaminotetroetanol bilan tarkibi takomillashtirilgan poliuretan sovutgichlar ishlab chiqarishda “Premier Elektrotech” MChJ korxonasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zsanoatqurilish materialllari uyushmasining 2023 yil 25 iyuldagi 05/13-1462-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan qattiq ko‘pik poliuretan kompozisiyalari iste’molchi foydalanish uchun “Premier” markali muzlatgichlar uchun qo‘llaniladigan izolyasiya mahsulotlari yaratishga imkon bergan; 
import o‘rnini bosuvchi sifatida tannarxi arzon komponentlarni bilan tarkibi takomillashtirilgan poluretan tovarlaridan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi O‘zsanoatqurilish materialllari uyushmasiga qarashli “ASIL TASh” MChJ korxonasi tomonidan uylarning devor, tom va pol qismlarini izolyasiyalovchi vositalar sifatida amaliyotga joriy qilingan (O‘zsanoatqurilish materialllari uyushmasining 2023 yil 25 iyuldagi 05/13-1462-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, import hisobiga keltiriluvchi Lapromol-294 komponenti sarfi 10% ga qisqargan va olingan tovarning tannarxi 1,5 borobarga kamayish imkonnini bergan;
tarkibi takomillashtirilgan poliuretan “AS-PENATERM” tovari kimviy tarkibiga ko‘ra sinflanib, tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasiga ko‘ra quyidagicha: poliuretan (tarkibida ulushi 10% eritma shaklida furfurildiaminotetraetanol saqlagan yoki undan ko‘p) uchun – 3909 50 100 1 tovar kodi ishlab chiqilib, davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Markaziy laboratoriyasining 2026 yil 25 maydagi 29/05-25-2757-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida eritma shaklida furfurildiaminotetraetanol saqlagan poliuretan tovarlarni eksport va import qilishda ulardan undiriladigan boj to‘lovlarini nazorat qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish