Yusupov Xasanboy Baxodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Namangan viloyatida urbanizatsiya rivojlanishining ijtimoiy-geografik jihatlari (ta’lim va sog‘liqni saqlash misolida)”, 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Gr407.
Ilmiy rahbar: Isaev Akbarjon Abdulxamidovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/2026.10.04.Gr.04.11.
Rasmiy opponentlar: Mavlanov Axmadjon Muhammadovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Abduvaliev Xayitboy Abdug‘anievich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Namangan viloyati urbanizatsiya jarayonlarining ijtimoiy-geografik xususiyatlarini, xususan ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarining rivojlanishidagi o‘rnini aniqlash, “ijtimoiy urbanistik bosim” darajasini baholash hamda hududiy rejalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
urbanizatsiya sharoitida ijtimoiy infratuzilmaga tushadigan yuklamani ifodalovchi «ijtimoiy urbanistik bosim» tushunchasining ilmiy-nazariy mazmuni boyitilib, uning ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlari misolida ko‘rsatkichlar tizimi hamda hisoblash formulasi orqali miqdoriy o‘lchanishini ta’minlovchi metodik ishlanmalar takomillashtirilgan;
Namangan viloyati urbanizatsiyasining 2045-yilgacha bo‘lgan istiqbolli rivojlanishi prognoz qilinib, shu prognoz natijalari asosida ta’lim va sog‘liqni saqlash infratuzilmasi obektlarini hududiy joylashtirish va uzoq muddatli rejalashtirish parametrlari ilmiy asoslangan;
geografik axborot tizimlari (GAT) va statistik ma’lumotlar asosida viloyatning ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda urbanizatsiyalashgan hududlaridagi ijtimoiy urbanistik bosimning mavzuli kartalari ilk bor yaratilib, urbanizatsiya jarayonlarining ijtimoiy sohalarga ta’siri kompleks baholangan;
urbanizatsiya jadal kechayotgan hududlarda hududiy yuklamani inobatga olgan holda ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari quvvatini oqilona taqsimlashga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Namangan viloyati da urbanizatsiya rivojlanishining ijtimoiy-geografik jihatlari, muammolari va istiqbollarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Ijtimoiy urbanistik bosim” tushunchasi takomilashtirilgan va ijtimoiy sohalar, xususan, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlariga tushadigon urbanistik yuklamani baholash metodikasidan urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazining 2026-yil 14-yanvardagi 07/6-son ma’lumotnomasi). Bu tushuncha urbanizatsiyalashgan hududlarda aholi zichligi va ijtimoiy xizmatlar (ta’lim, sog'liqni saqlash) o‘rtasidagi nomutanosiblikni geografik jihatdan aniqlash imkonini bergan;
ijtimoiy sohalar, xususan, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida ijtimoiy urbanistik bosim darajasini aniqlash metodikasidan hududlarning ijtimoiy urbanistik bosimini aniqlashda amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazining 2026-yil 14-yanvardagi 07/6-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu metodika hududning urbanizatsiya darajasi, aholining o‘sishi hamda ijtimoiy obektlarning quvvat koeffisientlarining o‘zaro bog‘liqliklarini aniqlash imkonini bergan;
GAT dasturlari asosida Namangan viloyatining ijtimoiy-geografik va ijtimoiy urbanistik bosim kartalari (ta’lim va sog‘liqni saqlash bo‘yicha), viloyat aholisining joylashuvi, viloyati sanoati bo‘yicha tayyorlangan kartalardan Namangan viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tizimida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazining 2026-yil 14-yanvardagi 07/6-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kartalar urbanizatsiyalashgan hududlardagi ijtimoiy obektlarning hududiy joylashuvi va mavjud holatini tahlil qilish hamda muammoli hududlarni aniqlash imkonini bergan;
urbanizatsiya jarayonlarining ijtimoiy sohalarga ta’sirini baholash asosida 2045-yilgacha bo‘lgan davri uchun viloyatda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini rejalashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan istiqbolli reja va takliflaridan Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tizimida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazining 2026-yil 14-yanvardagi 07/6-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatning kelgusi demografik holati va urbanizatsiya tendensiyalarini hisobga olgan holda, ijtimoiy obektlarni joylashtirishning hududiy strategiyasini ishlab chiqish imkonini bergan.