Kamalov Miyrbek Murat ulining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sholining kolleksion namunalarini Qoraqalpog‘iston sharoitida o‘rganish asosida stress omillarga bardoshli donorlarini olish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Qx1598
Ilmiy rahbar: Ziyadullaev Zoxidjon Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.10.01.
Rasmiy opponentlar: Bekbanov Bisenbay Arepovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim; G‘aybullaev G‘ulom Saydalimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston sharoitida sholining kolleksiya namunalarini o‘rganish asosida stress omillarga chidamli donorlarni ajratib olish va ijobiy qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan tizmlarni tanlab olish hamda amaliy seleksiya ishlariga tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ilk bor jahon kolleksiyasining 135 ta sholi nav namunalaridan fenologik kuzatuvlar asosida 13 ta, juda tezpishar (90 kundan erta) 5 ta, 2-00-3, 20-11-2, 65-06-5, 1/10 u/d, D-136 D-8 D-9 namunalar, tezpishar (90-100 kun) 4 ta, 20-11-2/1, 78-05-2, D-69 K-296-17, 412-17 u/d namunalar, o‘rtapishar (101-115 kun) 4 ta, 69-84-4, 11-06-5, 65-06-1, D-70 (K-353) (206-06) ShITI nav namunalari hamda qimmatli xo‘jalik belgilari asosida 4 ta, D-111 d/z b/ost, D-123 b/ost. d/z, D-135 ost d/z, D-120 (D-135) 42-92-1 Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitiga mos donorlar ajratib olingan;
sholi nav namunalari urug‘larini Qoraqalpog‘iston tuproq-iqlimi sharoitining past haroratiga chidamlilik qobiliyatini unib chiqish bosqichida 4 ta, D-80 (K-359), D-80 (K-359) (D-12) shiti ost d/z, 9-06-3, 412-17 d/z namunalar hamda o‘simliklarni perikulyarioz kasalligiga bardoshliligi bo‘yicha 8 ta, 69-84-4, K-39-17, 11-06-5, 8-03-7, 65-06-1, otb. Sharm dz 1/10 d/z nav, 1/10 d/z, 20-11-2 namunalar yuqori ko‘rsatkishlarga ega ekanligi baholangan;
sholining kolleksiya nav namunalarida 1,5%li NaCl konsentratsiyasida skrining o‘tkazilib D-32 (D-135), D-15 (D-158), 1/10, D-15 (D-158), D-39 (otbor 1/10) (1), D-36 (D-149), D-136 (D-8) (D-9) D-141 (D-163) bardoshli namunalar ekanligi baholandi. va 3 ta, D-136 (D-8) (D-9), D-120 (D-135), 1/10, sho‘rlanishga chidamli namunalari tanlab olingan.
sholining tanlab olingan 4 ta, T-1/10, T-69, T-20-11, T-136 tizmalarining qimmatli xo‘jalik belgilari tasnifi ishlab chiqildi hamda tizmalarning umumiy guruch chiqimi T-1/10 (57.0 g), T-69 (59.0 g), T-20-11 (63.0 g), T-136 (61,3 g), texnologik sifat ko‘rsatkichlarini baholab yangi tanlab olingan sholi tizmalarining navdorligi yuqori, o‘ta erta va ertapishar, past harorat va perekulyarioz kasalligiga bardoshli 145 kg, sho‘rlanishga chidamli hamda yuqori hosilli 147 kg, shuningdek, eng muhim ijobiy belgilari jamlangan tizmalardan 78 kg, jami 370 kg orginal urug‘lari tayyorlanib genetik va seleksion tadqiqotlarga tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston sharoitida sholining nav va namunalarining naqulay omillarga bardoshlilik samaradorligini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Tanlab olingan nav namunalar kompleks foydaliy xossalarga ega bo‘lib, ular orasidan sho‘rlanishga bardoshli donorlarni ajratib olingan hamda yangi sholi nav namunalarining genetik axborot bazasi yaratilgan (Qoraqalpog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 2-iyuldagi № 02/017-2205-son ma’lumotnomasi). Natiyjada, sholining ertapishar ekspertga mo‘ljallangan, stress sharoitlarga chidamli, 65-06-5, 20-11-2 nav namunalarining ultra tezpisharligi va o‘simlik bo‘yining balantligi, 412-17 d/z nav namunasi tuplanish koeffisienti yuqorligi, 20-11-2 nav namunasi ro‘vakdagi donlar sonining ko‘pligi, ro‘vak og‘irligi va bir o‘simlik og‘irligi, 20-11-2/1 nav namunasining 1000 dona don massasining yuqorligi bo‘yicha andoza navlardan ustun bo‘lgan. 
Kolleksiya ko‘shatzoridan hosildorlikning barcha parametrlari boyicha ustun bo‘lgan D-111d/z b/ost, D-123b/ost.d/z, D-135 ost d/z, D-120 (D-135) 42-92-1 nav namunalari ajratib olingan va Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining “Sholi seleksiyasi va urug‘chiligi” laboratoryasiga yangi nav yaratish uchun eng chidamli namuna va linyalar kelgusida sho‘rga bardoshli sholi namunalarini yaratish uchun muhim seleksion material sifatida tavsiya etilgan. (Qoraqalpog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 2- iyuldagi № 02/017-2205-son ma’lumotnomasi). Natiyjada, sholining T-1/10, T-69, T-20-11, T-136 navdorligi yuqori bo‘lgan tizmalari yaratilgan va ushbu ashyolardan genetik - seleksion izlanishlarda yangi donorlar sifatida foydalanish va urug‘ini ko‘paytirish uchun tavsiya etilgan.
Sholining Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproq-iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan, naqulay stress omillar past haroratga, sho‘rlanishga va perekulyarioz kasaligiga bardoshli namunalarning ko‘rsatkichlari tahlil qilingan (Qoraqalpog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 2-iyuldagi № 02/017-2205-son ma’lumotnomasi). Natijada, 100C haroratda D-80 (K-359) nav namunasining unuvchanglik ko‘rsatkichi 15 kunni va 10-150C haroratda D-80 (K-359)(D-12) shiti ost d/z, 9-06-3, 412-17 d/z nav namunasining unuvchanglik ko‘rsatkichi 18 kunni tashkil qilib, perekulyarioz kasaligiga bardoshli (7 ta) 69-84-4, 20-11-2, 11-06-5, 8-03-7, 65 06-1, K-39-17, 1/10 d/z, otb. Sharm dz 1/10 d/z sholi namunalari va sho‘rlanishga bardoshli (6 ta) D-136 (K-154), D-32 (D-135), D-15(D 158), D-39(otbor1/10)(1), D-141(D-163), D-6(65-02-2) sholi namunalari tanlab olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish