Xasanov Anvar Murotalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysida bodom zararkunandalari bioekologiyasi va biotsenozda ular sonini boshqarish usullari”, 06.01.09 –O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD /Qx637.
Ilmiy rahbar: Jumaev Rasul Axmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.Qx.01.01.
Rasmiy opponentlar: Eshchanov Bahodir Ro‘zimboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Xaytmuratov Arslonbek Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITI.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Bodom biotsenozida uchraydigan zararkunandalarning bioekologiyasini o‘rganish, ularning tur tarkibini aniqlash, shuningdek morfologik va molekulyar (DNK) sistematik identifikatsiyani amalga oshirish hamda bodom arisi (mevaxo‘ri) sonlarini boshqarishda qo‘llaniladigan kurash vositalarining samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi bodom biotsenozida uchraydigan Eurytomidae, Coccidae va Aphididae oilasining asosiy vakillarini bioekologiyasi o‘rganilgan va fitofaglik xususiyatlari aniqlangan;
bodom arisi (mevaxo‘ri) (Eurytoma samsonovi Vass.) turining molekulyar (DNK) identifikasiyasi aniqlangan, polemeraza zanjiri reaksiyasi tahlil qilingan hamda olingan ma’lumotlar xalqaro hasharotlar genbankiga (NCBI) kiritilgan;
bodom biotsenozida 6 ta turkum, 12 ta oila va 39 ta turdagi entomofag populyasiyalari rivojlanishi va turli darajalarda uchrashi aniqlangan; 
Trichogramma dendrolimi, Trichogramma pintoi va Bracon hebetor turlarini bodom biotsenozlarida Lepidoptera turkum vakillariga qarshi qo‘llaniladigan  Avaunt 15 % e.k. (0.4 l/ga) insektisidi bilan birgalikda ko‘llanilganida 82,6 % biologik samaradorlikga erishilgan;
 bodom biotsenozida shaftoli shirasi (Myzodes persicae) zararkunandasiga qarshi oltinko‘z (Chrysopa septempunctata) entomofagi qo‘llanilganida 81,8% biologik samaraga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysida bodom zararkunandalari bioekologiyasi va biotsenozda ular sonini boshqarish usullari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida: 
“Bodom (Amygdalis communis L.) zararkunandalarini bioekologiyasi va ularga qarshi kurash usullari” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025 yil 27 avgust 05/06-04-492-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Oliy ta’lim muassasalari o‘quv va ilmiy ishlab chiqarish jarayonlari hamda bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer va dexqon xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
bodom biotsenozida uchraydigan zararkunandalarni tur-tarkiblari, turli populyasiyalarini tarqalishi va ular sonini boshqarishda Tvingo sus.k va A’lfa toro 15% kimyoviy preparatlarini qo‘llanilishi Farg‘ona viloyati Quva tumanida “Quva tomorqa er uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markaz tomorqa xizmati” MChJ 10 ga maydonida hamda Farg‘ona tumanining O‘rmon xo‘jaligi “Kaptarxona” bo‘limining 12 ga maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025 yil 27 avgust 05/06-04-492-son ma’lumotnomasi). Natijada biologik samaradorlik 94,6% ni tashkil etgan;
bodom biotsenozida uchraydigan bodom arisiga (mevaxo‘ri) (Eurytoma samsonovi Vass.) qarshi Espero va A’lfa toro 15% kimyoviy preparatlari Andijon viloyati Izboskan tumani “Abduqodirjon asl merosi” f/x ning 6,2 ga hamda Paxtaobod tumani “Organic Garden of Almond” f/x ning 81 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025 yil 27 avgust 05/06-04-492-son ma’lumotnomasi). Natijada biologik samaradorlik 95% ni tashkil etgan;
bodom biotsenozida uchraydigan zararkunandalarga qarshi oltinko‘z entomofagini 1:5 nisbatda qo‘llash Andijon viloyati Izboskan tumani “Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchmlik va vinochilik ITI” tajriba stansiyasida 1,0 ga va Asaka tumani “Rivoj invest agro” f/x 15 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025 yil 27 avgust 05/06-04-492-son ma’lumotnomasi). Natijada  biologik samaradorlik o‘rtacha 81,8% ni tashkil etgan. Shuningdek bodom biosenozida uchraydigan zararkunandalarga qarshi kimyoviy va biologik usullarni integrasiya qilish texnologiyasi ishlab chiqilgan va bodom bog‘laridan gektariga 6,5 va 7,0 sentner qo‘shimcha hosil saqlab qolish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish