Razzokova Nazigul Boboqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan va lalmi maydonlarda  no‘xatning kasalliklari va ularga qarshi kurashda yangi preparatlarning samaradorligi”, 06.01.09 –O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Qx928.
Ilmiy rahbar: Raxmonov Jalil Xoliqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.Qx.01.01.
Rasmiy opponentlar: Anorboev Azimjon Raimqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abdiev Anvar Xolmirzaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sug‘oriladigan va lalmi  maydonlarda no‘xat ekinida uchraydigan kasalliklarning tarqalishi, ularga asosiy zarar keltiradigan kasalliklarning infeksiya manbalari hamda navlarning kasalliklarga chidamliligini aniqlash va ushbu kasalliklarga qarshi yangi zamonaviy fungisidlarning biologik samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent, Samarqand va Navoiy viloyatlarida ilk bor sug‘oriladigan va lalmi maydonlarda no‘xat ekinida ildiz chirish, fuzarioz so‘lish, un shudring va askoxitoz kasalliklarini tarqalishi aniqlangan;
sug‘oriladigan va lalmi maydonlarda hosildorlikka zarar keltirayotgan kasalliklarning turlari aniqlangan; 
sug‘oriladigan maydonlarda no‘xat ekinida ildiz chirish, fuzarioz so‘lish, askoxitoz va un shudring kasalliklari, lalmi no‘xat maydonlarda esa asosan fuzarioz so‘lish, askoxitoz va qisman un shudring kasalliklari kuzatilgan. Toshkent viloyatining sug‘oriladigan no‘xat maydonlarida ildiz chirish kasalligi 28,9-30,4% gacha, fuzarioz so‘lish 13,4-27,0% gacha, askoxitoz kasalligi 17,8-26,5% gacha va un shudring 12,8-16,5% gachani, Navoiy viloyatining sug‘oriladigan maydonlarida ildiz chirish kasalligi 20,7-22,3% gacha, fuzarioz so‘lish kasalligining tarqalishi 10,4-11,2% gacha, un shudring kasalligi 7,8-20,6% gacha, askoxitoz kasalligi 9,3-12,7% gacha, Samarqand viloyatining sug‘oriladigan maydonlarida ildiz chirish 37,2% gacha, fuzarioz so‘lish 10,9% gachani, un shudring kasalligi 13,1% gachani, askoxitoz kasalligining tarqalishi esa 24,3% gachani tashkil etgan.  Navoiy viloyatining lalmi maydonlarida  fuzarioz so‘lish kasalligini tarqalishi 26,9% gacha, un shudring kasalligi 15,6% gacha va askoxitoz kasalligini tarqalishi 35,6% gachani, Samarqand viloyatining lalmi maydonlarda esa fuzarioz so‘lish 18,5% gacha, un shudring 12,7% gachani, askoxitoz kasalligi 21,8% ni  tashkil etganligi  aniqlangan;
laboratoriyada kasallangan o‘simlik namunalari kartoshka dekstrozali agar (KDA), Chapek, Saburo va suslo-agar ozuqali muhitlarga ekib fuzarioz ildiz chirish (Fusarium solani f.sp.ciceris), fuzarioz so‘lish (Fusarium oxysporum f.sp.ciceris) va ilk marotoba askoxitoz (Ascochyta rabiei) zamburug‘i no‘xatdan tayyorlangan ozuqa muhitda yaxshi o‘sishi aniqlangan. Askoxitoz kasalligi 25-28oS, fuzarioz kasalligi turlari 26-27oS ,baravj olib rivojanishi kuzatilgan;
sug‘oriladigan maydonlarda no‘xat kasalliklariga nisbatan chidamli Zumrad navi, lalmi maydonlarda Jahongir navi ekish uchun tavsiya etilgan.  No‘xatni ildiz chirish, fuzarioz so‘lish va askoxitoz kasalliklariga qarshi  kimyoviy urug‘dori preparatlardan Maksim XL 035 FS, 3,5% sus.k. (0,8-1,0 l/t), Selest top 312 FS, sus.k. (0,8-1,0 l/t) preparatlari, biologik urug‘dori preparatlardan Bactvipe 2% s.e. (3,0-5,0 l/t), Shild 2% s.e. (3,0-5,0 l/t) Sanjeevni n.kuk. (6,0-8,0 kg/t) sinovdan o‘tkazilganda biologik samaradorlik 66,0-90,2% teng bo‘lganligi aniqlangan;
no‘xat ekinida uchraydigan kasalliklarga qarshi kurashda tebuconazol, propiconazol va triadimefon ta’sir etuvchi moddasiga ega preparatlarning toksik qoldiq miqdorini aniqlash uchun Juke 33% em.k. (0,3 l/ga), Folikur Plus 35% em.k. (0,4 l/ga), Titul Miks 40% k.e.k. (0,2 l/ga) fungisidlari qo‘llanganda  qoldiq miqdori uchramasligi aniqlangan;
no‘xatning o‘suv davrida askoxitoz va un shudring kasalliklarga qarshi kurashda fungisidlardan Juke 33% em.k. (0,3 l/ga),  Folikur plyus 35% em.k. (0,4 l/ga) va Titul Miks 40% k.e.k. (0,2 l/ga) sarf-me’yorlarda sinovdan o‘tkazilgandagi  biologik samaradorliklari 85,6-89,0% tashkil etgan. Kasalliklarga qo‘llanilgan Juke 33% em.k. Folikur Plus 35% em.k. Titul Miks 40% k.e.k. preparatlarni sarflangan har bir so‘mi nazoratga nisbatan 4,0-4,6 marta o‘zini oqlashi kuzatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan va lalmi maydonlarda etishtirilayotgan no‘xat ekiniga uchraydigan kasalliklarning tur tarkibi, bioekologik rivojlanish xususiyatlari, zarar keltirish darajasini o‘rganib, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
“No‘xat kasalliklarini o‘rganish va ularga qarshi kurash choralari bo‘yicha” nomli tavsiyanoma  ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2026 yil 28 yanvardagi 05/05-04-69-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bugungi kunda fermer xo‘jaliklarida no‘xat ekinining etishtirishda fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
no‘xat o‘simligining o‘suv davrida uchraydigan ildiz chirish, fuzarioz so‘lish va askoxitoz kasalliklariga qarshi urug‘dori preparatlarni qo‘llash Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Turkiston Shernazarova Nargiza” fermer xo‘jaligida 3,0 ga, Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, Don va dukkakli ekinlarni ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasining 2,0 gektarli hamda “Nev gold stars” fermer xo‘jaligining 1,0 gektarli maydonida hamda Navoiy viloyati, Nurota tumani, “Jumaniyoz” fermer xo‘jaligining 5,0 gektarli hamda “Mehnatobod” fermer xo‘jaligining 5,0 gektarli maydonida va Xatirchi tumani, “Oltinobod qiroli” fermer xo‘jaligi 5,0 gektarli, jami 21,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2026 yil 28 yanvardagi 05/05-04-69-son). Natijada, ildiz chirish, fuzarioz so‘lish va askoxitoz kasalliklariga qarshi qarshi 66,6-90,2% biologik samaradorlikka erishilgan;
no‘xatning o‘suv davrida Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Turkiston Shernazarova Nargiza” fermer xo‘jaligida 2,0 ga, Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, Don va dukkakli ekinlarni ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasining 3,0 gektarli hamda Navoiy viloyati, Nurota tumani, “Jumaniyoz” fermer xo‘jaligining 5,0 gektarli hamda “Mehnatobod” fermer xo‘jaligining 10,0 gektarli ekin maydonlarida un shudring va askoxitoz kasalliklariga qarshi   Juke 33% em.k. preparatini 0,2-0,25-0,3 l/ga sarf-me’yorlarda, Titul Miks 40% k.e.k. preparatini 0,1-0,15-0,2 l/ga sarf-me’yorlarda, Folikur Plus 35% em.k. 0,3-0,35-0,4 l/ga preparati bilan jami 20 ga maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xuzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2026 yil 28 yanvardagi 05/05-04-69-son ma’lumotnoma). Natijada, samaradorlik 85,6-89,0,% bo‘lib, nazoratga nisbatan hosildorlik 3,8-5,2 s/ga yuqori bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish