Maxmudov O‘tkir Haydarovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Navbatlab ekish tizimlarida yangi turdagi ekinlarni almashlab ekishning tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligiga ta’siri (Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.01. –Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Qx.262.
Ilmiy maslahatchi: Xalikov Baxodir Meylikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.Qx.01.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Boltaev Saydulla Maxsudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xashimov Ibroxim Nabievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida yangi turdagi ekinlarni qisqa navbatli almashlab ekishning turli tizimlarida (1:1, 1:2, 2:1) asosiy, takroriy va o‘tmishdosh ekin sifatida tuproq unumdorligini saqlash, oshirish hamda g‘o‘zadan mo‘l va sifatli hosil olishdagi samaradorligini aniqlash, asosiy, takroriy va oraliq ekinlarni uyg‘unlashgan komponentlarini ishlab chiqish orqali qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarini takomillashtirish, dukkakli ekin-krotalariyaning maqbul ekish muddati, ma’dan o‘g‘itlar me’yori va sug‘orish tartibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida yangi turdagi ekinlarni qisqa navbatli almashlab ekishning turli tizimlarida (1:1, 1:2, 2:1) asosiy, takroriy va o‘tmishdosh ekin sifatida tuproq unumdorligini saqlash, oshirish hamda g‘o‘zadan mo‘l va sifatli hosil olishdagi samaradorligini aniqlash, asosiy, takroriy va oraliq ekinlarni uyg‘unlashgan komponentlarini ishlab chiqish orqali qisqa navbatli almashlab ekish tizimlari takomillashtirilgan;
dukkakli ekin-krotalariyaning maqbul ekish muddati, ma’dan o‘g‘itlar me’yori va sug‘orish tartibini ishlab chiqilgan;
qisqa navbatli almashlab ekishning turli tizimlarida (1:1, 1:2, 2:1) asosiy, takroriy hamda oraliq ekinlarni hamda krotalariyani tuproqning agrofizikaviy, agrokimyoviy va mikrobiologik xossa-xususiyatlariga ta’siri aniqlab berilgan;
qisqa navbatli almashlab ekishning turli tizimlarida (1:1, 1:2, 2:1) asosiy, takroriy hamda oraliq ekinlar hamda krotalariyaning tuproqdan oziqa elementlarini o‘zlashtirishi hamda tuproqda qoldirgan organik massa (ildiz va ang‘iz) miqdori aniqlangan; 
asosiy, takroriy hamda oraliq ekinlar va krotalariya tomonidan tuproqda qoldirilgan organik massa tarkibidagi oziqa elementlari miqdori, ularni tuproqqa qaytishi va muvozanati o‘rganilgan;
qisqa navbatli almashlab ekishning takomillashtirilgan tizimlarida asosiy, takroriy va oraliq ekinlarning o‘tmishdosh ekin sifatida g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, paxta tolasi sifati hamda tuproq unumdorligiga ta’siri aniqlangan;
krotalariyadan mo‘l va sifatli don hosili olishda uning maqbul ekish muddati, ma’dan o‘g‘itlar me’yori va sug‘orish tartiblari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarini takomillashtirish orqali tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligini oshirish, yangi turdagi ekin-krotalariyani parvarishlashning agrotexnik elementlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida: 
“Qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarida tuproq unumdorligi hamda g‘o‘za hosildorligini oshirishda asosiy, takroriy va oraliq ekinlarni parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar” (Toshkent viloyati misolida) hamda “Krotalariya (Crotalaria juncea) etishtirish bo‘yicha tavsiyalar” (Toshkent viloyati misolida) ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 6-may sanasidagi 05/04-04-406–son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma paxta etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar uchun qo‘llanma sifatida qo‘llanilmoqda.
Qisqa navbatlab almashlab ekishning 1:1, (krotalariya + shabdor + bersim : g‘o‘za), 1:2, (krotalariya + shabdor + bersim : g‘o‘za : g‘o‘za), 2:1, (kuzgi bug‘doy + krotalariya : kuzgi bug‘doy + krotalariya + shabdor + bersim : g‘o‘za) kabi tizimlarida Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida 39 ga, Piskent tumanida 41 ga hamda O‘rtachirchiq tumanida 17 ga, jami viloyat bo‘yicha 97 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 6-may sanasidagi 05/04-04-406–son ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan qisqa navbatlab almashlab ekishning 1:1, (krotalariya + shabdor + bersim : g‘o‘za) tizimlarida oraliq ekin ekilmaganga nisbatan mos ravishda qo‘shimcha 8,0 s/ga paxta hosili olinib, rentabellik darajasi 57,4% ga yuqori bo‘llishiga erishilgan.
Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligini oshirish uchun qisqa navbatlab ekishning 1:2, kuzgi bug‘doy + krotalariya + shabdor + bersim: g‘o‘za: g‘o‘za hamda 2:1, Kuzgi bug‘doy + krotalariya: kuzgi bug‘doy + krotalariya + shabdor+bersim: g‘o‘za almashlab ekish tizimlari ishlab chiqilgan. (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 6-may sanasidagi 05/04-04-406–son ma’lumotnomasi). Natijada, qisqa navbatlab ekishning 1:2, kuzgi bug‘doy + takroriy ekin (krotalariya) + oraliq ekin shabdor + bersim: ikki yil g‘o‘za: g‘o‘za tizmida yoz-kuzgi muddatlarda takroriy ekin sifatida krotalariya parvarishlanib 18,850 t/ga ko‘k massa hosili olinib, ildiz va ang‘iz qoldiqlari qolgan joyga kuz-qish-erta bahorgi muddatlarda oraliq ekin sifatida (shabdor+bersim) ekinlarini qo‘shib ekib parvarishlanganda 250,2 s/ga ko‘k massa hosili olingan. Ildiz va ang‘iz qoldiqlari shudgor ostiga haydab yuborilganda tuproq unumdorligi yaxshilanib paxta hosili, sifati yuqori bo‘lishi tadqiqotlar orqali ilmiy asoslangan. Tavsiya etilgan qisqa navbatlab ekishning 1:2, kuzgi bug‘doy + takroriy ekin (krotalariya) + oraliq ekin shabdor + bersim: ikki yil davomida ketma-ket g‘o‘za: g‘o‘za ekish tizmi qo‘llanilganda, hech qanday takroriy va oraliq ekin ekilmaganga nisbatan qo‘shimcha 9,0-8,0 qg/ga paxta hosili olishga erishilgan. Shuningdek, tadqiqot ishida 2:1, Kuzgi bug‘doy + krotalariya: kuzgi bug‘doy + krotalariya + shabdor+bersim: g‘o‘za almashlab ekish tizimi joriy qilinishi natijasida ikki yil kuzgi bug‘doy va undan so‘ng takroriy ekin sifatida krotalariya parvarishlanganda 19,100 t/ga ko‘k massa hosili olinib, undan so‘ng ushbu maydonga kuz-qish-erta bahorgi muddatlarda oraliq ekinlar shabdor-bersim ikki komponentli aralashmasi parvarishlanganda 255,6 s/ga ko‘k massa hosili olingan. Ildiz va ang‘iz qoldiqlari shudgor ostiga haydab yuborilganda tuproqda oziqa moddalar miqdori ortib, undan so‘ng bir yil g‘o‘za parvarishlanganda nazoratga nisbatan paxta hosili qo‘shimcha 10,6 s/ga ni, rentabellik darajasi 58,9 % ga yuqori bo‘lishga erishilgan.
Krotalariyani maqbul ekish muddatida (01-10.04) ekilib, ma’dan o‘g‘itlarni N80P120K80 kg/ga me’yorini qo‘llab, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 75-80-70 % namlikda sug‘orishga oid tavsiyalarga asoslanib, ishlab chiqarishda tajribalar Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida 47 ga, Piskent tumanida 44 ga, O‘rtachirchiq tumanida 20 ga, jami 111 gektar gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 6-may sanasidagi 05/04-04-406–son ma’lumotnomasi). Natijada krotalariya maqbul agrotexnikaga mos xolda parvarish qilinganda nazoratga nisbatan 11,4-12,3 s/ga miqdorida qo‘shimcha don hosili olinib, shartli sof foyda 3850900 so‘m/ga ni, rentabellik darajasi 55,3 % bo‘lishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish