Jumanova Shoxista Rofievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani inglizcha tarjimalarining lingvomadaniy va stilistik tahlili”, 10.00.06– Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4632.
Ilmiy rahbar: Xushmurodova Shahnoza Shaymonkulovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.09.07.
Rasmiy opponentlar: Bobokalonov Ramazon Rajabovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Qo‘ldoshev O‘ktam O‘rozovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi A. Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanining inglizcha tarjimalarini asliyat bilan qiyosiy baholash, ularning lingvomadaniy, stilistik va kognitiv adekvatlik darajasini aniqlash, shuningdek, tarjimon va muallifning kognitiv olamini lisoniy-kognitiv paradigma asosida ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Kecha va kunduz” romani inglizcha tarjimalarida muallif badiiy tafakkuri, madaniy kompetensiyasi va voqelikni konseptuallashtirish modeli qayta semantizatsiya qilinishi aniqlanib, “erkinlik”, “milliy o‘zlik”, “ayol qadr-qimmati”, “kundoshlik” kabi asosiy konseptlarning ingliz tilidagi ifodasida metaforik transformatsiya, semantik torayish va madaniy neytrallashuv jarayonlari ochib berilgan;
asar tarjimalaridagi milliy-madaniy birliklar va iboralarning semantik moslashuvi hamda badiiy obrazlar transformatsiyasi baholanib, tarjimonlar tomonidan kognitiv kompensatsiya usuli qo‘llangani aniqlangan hamda tarjimada kognitiv adekvatlik tushunchasining ahamiyati ochib berilgan;
she’riy segmentlar, poetik obrazlar va badiiy tasvir vositalarining ingliz tiliga o‘girilishida qo‘llangan transpozisiya, modulyasiya, ekspansiya va kompensatsiya kabi usullar tizimlashtirilib, arxaik va tarixiy leksemalarning etnolingvistik mazmuni hamda ularning madaniy implementatsiya darajasi ochib berilgan;
asardagi sodda gaplarning hissiy-intensivlikni ifoda etuvchi vosita sifatidagi funksiyasi hamda ingliz tarjimalarida ularning prosodik va pronominal vositalar orqali qisman qayta yaratilishi, shuningdek, murakkablashgan sodda gaplar tarjimasida mantiqiy tuzilmaning soddalashishi natijasida o‘zbek tiliga xos emotiv diskursning ingliz tilida logik diskursga transformatsiyalanishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani inglizcha tarjimalarini lingvomadaniy, stilistik hamda lisoniy-kognitiv tahlil qilish asosida:
muallifning badiiy tafakkuri, madaniy kompetensiyasi va voqelikni konseptuallashtirish modeli qayta semantizatsiya qilinishi aniqlandi, “erkinlik”, “milliy o‘zlik”, “ayol qadr-qimmati”, “kundoshlik” kabi asosiy konseptlarning ingliz tilidagi ifodasida metaforik transformatsiya, semantik torayish va madaniy neytrallashuv jarayonlari ochib berilganligiga oid xulosalardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 9-iyundagi 317/1-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini qo‘llash ushbu loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda monografiyalar ilmiy saviyasi oshishiga xizmat qilgan;
asar tarjimalaridagi milliy-madaniy birliklar va iboralarning semantik moslashuvi hamda badiiy obrazlar transformatsiyasi o‘rganilib, tarjimonlar tomonidan kognitiv kompensatsiya usuli qo‘llangani aniqlangan va tarjimada kognitiv adekvatlik tushunchasining ahamiyati amaliy dalillar bilan ochib berilganligiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 19-apreldagi 813/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan ishlar badiiy matn tarjimasiga oid ilmiy va amaliy dalillar bilan boyitilishiga erishilgan;
she’riy segmentlar, poetik obrazlar va badiiy tasvir vositalarining ingliz tiliga o‘girilishida qo‘llangan transpozisiya, modulyasiya, ekspansiya va kompensatsiya kabi usullar tizimlashtirilib, arxaik va tarixiy leksemalarning etnolingvistik mazmuni hamda ularning madaniy implementatsiya darajasi ochib berilganligiga doir yangilik va xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat hududiy bo‘limi qoshidagi “Sadoqat” ijodiy to‘garagi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 25-apreldagi 01-03/494-son ma’lumotnomasi). Natijada “Sadoqat” ijodiy to‘garagi a’zolarida badiiy asar tili va yozuvchi uslubini o‘rganishda qiyosiy adabiyotshunoslikning o‘rni, o‘zbek va ingliz tarjimashunoslarining badiiy tarjima masalalari xususidagi nazariy qarashlari, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti namunalarini ingliz tiliga tarjima qilishning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganishga oid ma’lumot va bilimlari takomillashuvi ta’minlangan;
asardagi sodda gaplarning hissiy-intensivlikni ifoda etuvchi vosita sifatidagi funksiyasi hamda ingliz tarjimalarida ularning prosodik va pronominal vositalar orqali qisman qayta yaratilishi, shuningdek, murakkablashgan sodda gaplar tarjimasida mantiqiy tuzilmaning soddalashishi natijasida o‘zbek tiliga xos emotiv diskursning ingliz tilida logik diskursga transformatsiyalanishi isbotlanganligiga oid yangiliklardan Samarqand viloyat televideniyasining 2024-yil 6-mayda efirga uzatilgan “Assalom Samarqand” va “Uchqun” teleko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zMTRK Samarqand viloyati keleradiokompaniyasining 2024-yil 6-maydagi 01-07/98-son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi kunda o‘zbek tarjimashunosligi va uning rivojlanishi, xususan badiiy tarjima va unda milliy o‘ziga xoslikning ifodalanishi, tarjimon mahorati, milliylik va o‘zbek urf-odatlarining boshqa tilga tarjima qilinishiga oid ilmiy bilimlari boyitilishiga erishilgan.