Ubaydullaev Sherozbek Farxodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tirsak bo‘g‘imini jarohatdan keyingi val`gusli deformatsiyalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashni takomillashtirish», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib6077.
Ilmiy rahbar: Xadjanov Iskandar Yunusovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan mujassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06.2025.27.12.Tib.19.01.
Rasmiy opponentlar: Urinbaev Payzilla Urunbaevich, tibbiyot fanlari doktori, rrofessor; Xojanazarov Ilxom Eshqulovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tirsak bo‘g‘imi val`gusli deformatsiyalari bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi 
elka suyagi bo‘g‘im yuzi boshchasining soxta bo‘g‘imi asosida yuzaga kelgan  “patologik o‘choq defekti” hajmini aniqlashning takomillashtirilgan  taktikasi orqali bo‘g‘im yuzi boshchasining (gipertrofiyalangan yoki atrofiyalangan) holati, distal metafizning o‘lchami, blok soxasidagi aseptik nekrozi darajasi tirsak bo‘g‘imining val`gus deformatsiyasining darajasiga  to‘g‘ri proporsional ekanligi isbotlangan; 
elka suyagi bo‘g‘im yuzi boshchasi soxta bo‘g‘imi asosida yuzaga kelgan tirsak bo‘g‘imining val`gusli deformatsiyasini xirurgik davolashda elka suyagini do‘nglar usti korreksiyalovchi osteotomiyasi xamda qisman  rezeksiyasi bajarilib, soxta bo‘g‘im soxasida gibrid texnologiya: suyak fragmentlarini uchtagacha spongioz vintlarini diagonal va gorizontal  kesimlarda o‘rnatgan xolda bir vaqtning o‘zida Ilizarov apparati bilan fiksatsiya qilish usuli  ishlab chiqilgan; 
elka suyagi distal qismi “patologik o‘choq defekti”ning hajmi, tirsak bo‘g‘imi val`gusli deformatsiyasi darajasi va soxta bo‘g‘im muddati ko‘rsatkichlarini inobatga olish tirsak bo‘g‘imi val`gusli deformatsiyasini davolash taktikasini belgilashda elka suyagi distal qismi defektini bartaraf etish va qo‘l o‘qini normallashtirish uchun optimal ekanligi isbotlangan;
tirsak bo‘g‘imi val`gusli deformatsiyalarini bir bosqichli va gibrid texnologiyani qo‘llagan xolda jarrohlik amaliyoti bajarilgan bemorlarning qo‘l ish faoliyatini baholash uchun soddalashtirilgan va amaliy tibbiyotga moslashtirilgan baholash mezonlari bemorlarning funksional imkoniyatlarini adekvat baholashga imkon berishi isbotlangan, bunda 77,8% qiyosiy guruh bemorlaridan farqli ravishda 94% asosiy guruh bemorlarida yaxshi natijalar ulushining oshganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. 
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Ekspert kengashining 2023 yil 23 martidagi 03/5-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘likni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining 2023 yil 20 yanvardagi 03/80a-son xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: elka bosh suyagi psevdoartrozi fonida yuzaga kelgan tirsak bugimining valgus deformatsiyasini jarroxlik yuli bilan davolash jarayonida suprakondilar korrektiv osteotomiya va yelka suyagining kisman rezeksiyasi amalga oshirildi va psevdoartroz soxasida gibrid texnologiya ishlab chikildi - bu suyak bulaklarini Ilizarov apparati bilan bir vaktning uzida diagonal va gorizontal unalishlarda uchtagacha kanselusli vintlarni urnatish bilan fiksatsiya kilish usuli bulib, bu suyak kini tekislash va barkaror fiksatsiyaga erishish imkonini berdi. Tadkikot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya iliy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filialining Travmatologiya va ortopediya bulimi (25.08.2025, Nº 7/1) va Xorazm viloyat bolalar kup tarmokli tibbiyot markazi (11.08.2025, Nº 221/1) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ushbu iliy innovatsiyaning ijtimoiy tasiri kuyidagilarda: tirsak bugimining valgus deformatsiyasini davolash uchun yangi gibrid jarroxlik usuli ishlab chikildi, bu tirsak kapitatining yukori kismining psevdoartrozi tufayli rivojlanadi. Bu usul suprakonditar korrektiv osteotomiya va va tirsak suyagining kisman rezeksiyasini, shuningdek, suyak bulaklarini bir vaktning uzida kanselus vintlar va Ilizarov apparati bilan fiksatsiya kilishni uz ichiga oladi. Natijada anatomik yaxshilanishga erishildi. Suyak kini tiklash va uning barkaror fiksatsiyasi. Ushbu innovatsiyaning ijtimoiy samaradorligi bemorlarda kul funksiyasini tiklash va ularning xayot sifatini yaxshilash bilan izoxlanadi. Xarajatlar samaradorligi konikarli natijalar kursatkichining 20,5% ga oshishi, konikarsiz xolatlar kursatkichining 5,8% ga kamayishi va xar bir bemor uchun urtacha 1000000 sum tejash bilan oklanadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: elka suyagi boshchasining soxta bo‘g‘imida «patologik o‘choq nuqsoni» hajmini aniqlashning takomillashtirilgan taktikasi orqali tirsak bo‘g‘imining val`gus deformatsiyasi darajasi bilan boshchaning holati (gipertrofiyalangan yoki atrofiyalangan), distal metafiz o‘lchami va elka suyagi g‘altagi sohasidagi aseptik nekroz darajasi o‘rtasida to‘g‘ri proporsional bog‘liqlik borligi isbotlandi. Tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filialining travmatologiya va ortopediya bo‘limi (25.08.2025 y., № 7/1) hamda Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (11.08.2025 y., № 221/1) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: elka suyagi boshchasining soxta bo‘g‘imida «patologik o‘choq nuqsoni» hajmini aniqlashning takomillashtirilgan taktikasi ishlab chiqildi. Bunda bo‘g‘im yuzasining holati, distal metafiz o‘lchamlari, aseptik nekroz darajasi va tirsak bo‘g‘imining val`gus deformatsiyasi darajasi o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik mavjudligi isbotlandi. Ijtimoiy samaradorligi: tashxislash va davolash taktikasini optimallashtirish, reabilitatsiyani erta boshlash imkoniyati hamda qoniqarsiz natijalar sonini 4,6 foizgacha kamaytirishda ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorligi: davolash jarayonlarini optimallashtirish hisobiga bir bemor uchun o‘rtacha 725000 so‘m mablag‘ tejalishi bilan izohlanadi.
uchinchi ilmiy yangilik: tirsak bo‘g‘imining jarohatdan keyingi val`gus deformatsiyalarini davolash uchun innovatsion xirurgik gibrid texnologiya ishlab chiqildi. Ushbu usul qo‘l oyoq o‘qini normallashtirish, tashqi fiksatsiya apparatlarini erta echish va suyak bo‘laklari barqarorligini saqlash imkonini berdi. Tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filialining travmatologiya va ortopediya bo‘limi (25.08.2025 y., № 7/1) hamda Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (11.08.2025 y., № 221/1) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Tirsak bo‘g‘imi funksiyasining yaxshilanishi, bemorlarning hayot sifati va mehnat qobiliyatining oshishi bilan belgilanadi. Iqtisodiy samaradorligi: Asoratlar va nogironlik darajasini kamaytirish hisobiga bir bemor uchun o‘rtacha 5325000 so‘m mablag‘ tejalishi bilan isbotlandi..
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Tirsak bo‘g‘imi val`gus deformatsiyalarini xirurgik davolash uchun Ilizarov apparati va spongioz vintlarni qo‘llashga asoslangan yangi gibrid texnologiya ishlab chiqildi. Ushbu yondashuv suyak bo‘laklarining barqaror fiksatsiyasini ta’minladi va bu tirsak bo‘g‘imida erta reabilitatsiyani boshlash imkonini berdi. Tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filialining travmatologiya va ortopediya bo‘limi (25.08.2025 y., № 7/1) hamda Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (11.08.2025 y., № 221/1) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va erta nogironlik xavfini kamaytirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytirish va reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish hisobiga erishiladi. Bu har bir bemor uchun o‘rtacha 5325000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish