Usmanova Nargiza Abdugafurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxixoriodal kasalliklarni angiografiya modulli optik kogerent tomografiya yordamida tashxislash va monitoringini takomillashtirish» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2PhD/Tib3539.
Ilmiy rahbar: Fayzieva Umida Sanoatovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ihtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.12.01.
Rasmiy opponentlar: Izmaylov Aleksandr Sergeevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Kasimova Munira Sadikjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston ko‘z kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxixorioidal kasallikning bir tomonlama kechishida subklinik o‘zgarishlarni erta aniqlash va intakt juft ko‘z holatini baholash maqsadida xorioretinal kompleksning anatomo-topografik va mikrotomir o‘zgarishlarini angiografik modulli Swept Source OKT yordamida kompleks baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
makulyar sohada xorioideya qalinligining kompleks topografik va morfometrik tahlili amalga oshirildi, bu esa foveolyar, parafoveolyar va perifoveolyar segmentlarni differensial baholash bilan birga paxixorioidal holatlarda hamda turli refraksiya turlariga ega sog‘lom shaxslarda ko‘z tubi markaziy sohasidagi tomirli pardaning regionar topografik xususiyatlarida o‘zgarishlar aniqlangan;
ilk bor turli refraksiyaga ega sog‘lom shaxslar va paxixorioidal spektr kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda dasturiy ta’minot yordamida identifikatsiya qilingan xorioideyaning maksimal qalinlik sohalarida xorioretinal kompleks anatomik tuzilmalarining topografik o‘zaro munosabatlaridagi ishonchli tafovutlar ilk bor aniqlangan hamda ushbu parametrlarning differensial diagnostika mezonlari sifatida qo‘llanilishi mumkinligi isbotlangan;
sog‘lom shaxslarda xorioideyaning maksimal qalinlik sohalarida angioarxitektonik va mikrotsirkulyator o‘zgarishlar, xususan xoriokapillyarlar gipoperfuziyasi, Sattler qatlamida tomirlararo bo‘shliqning kengayishi, Galler qatlamida tomirlarning tartibsiz joylashuvi, suv ayirg‘ich chizig‘ining qisman saqlanib qolishi, vartikoz venalarning assimetrik joylashuvi va mahalliy kengayish zonalari aniqlandi, bu esa paxixorioidal fenotip asosida yotuvchi patofiziologik mexanizmlarni isbotlagan;
paxixoroidal jarayonning unilateral kechishi kuzatilgan bemorlarning intakt juft ko‘zlarida asoratlanmagan paxixoroidning potensial biomarkerlari aniqlangan va verifikatsiya qilingan bo‘lib, bu ushbu patologiyani erta doklinik tashxislash va profilaktik monitoring qilish istiqbollarini ochib berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxixorioid kasalliklari bo‘lgan bemorlarda xorioideyaning morfometrik, morfologik, shuningdek, qon tomir o‘zgarishlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026 yil 28 martdagi 05/15-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: makulyar sohada xorioideya qalinligining kompleks topografik va morfometrik tahlili amalga oshirildi, bu esa foveolyar, parafoveolyar va perifoveolyar segmentlarni differensial baholash bilan birga paxixorioidal holatlarda hamda turli refraksiya turlariga ega sog‘lom shaxslarda ko‘z tubi markaziy sohasidagi tomirli pardaning regionar topografik xususiyatlarida o‘zgarishlar aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar "Asoratlanmagan paxixoroidni erta subklinik tashxislashda Swept Source OKT angiografiyasining ma’lumotliligi" (RIKMIATM ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, 5-son, 08.09.2025 y) va "Yoshga bog‘lik makulyar degeneratsiyaning «nam» shakli va markaziy seroz xorioretinopatiyaning surunkali shaklining differensial-diagnostik mezonlari" (RIKMIATM ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, 5-son, 08.09.2025 y) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Milliy tibbiyot markazi (buyruq № 01-03/121, 27.11.2025 y.) va Respublika klinik oftal`mologiya shifoxonasi (buyruq № 43-P, 13.11.2025 y.) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: TABS dasturiy ta’minotidan foydalanish sog‘lom shaxslarda klinik ko‘rinishlar rivojlanishidan oldin xorioideya qalinligining dastlabki o‘zgarishlarini o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi, bu esa profilaktika choralarini erta boshlashga, kasallikning rivojlanish xavfini kamaytirishga, markaziy ko‘rish qobiliyatini saqlab qolishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: TABS dasturiy ta’minoti yordamida paxixoroidal kasalliklarni erta, shu jumladan subklinik davrid qo‘shimcha uskuna hamda sarf materiallariga doir xarajatlarsiz aniqlash imkonini began. Makulyar sohada xorioideya qalinligining ob’ektiv topografik va morfometrik tahlilini qo‘llash diagnostika jarayonini optimallashtirish, asossiz qo‘shimcha tekshiruvlar va kech tashxis qo‘yish davriligini kamaytirish imkonini beradi, bu esa birgalikda paxirioidal spektr kasalliklarini davolash xarajatlarini kamaytirishga va sog‘liqni saqlash tizimi resurslarini tejashga olib kelgan. Xulosa: makulyar sohada xorioideya topografiyasi va morfometriyasini baholashning ob’ektiv va noinvaziv usulini joriy etish orqali oftalmologik yordam sifatini oshirib, paxirioidal kasalliklarni erta, shu jumladan subklinik davrida aniqlashni imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor turli refraksiyaga ega sog‘lom shaxslar va paxixorioidal spektr kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda dasturiy ta’minot yordamida identifikatsiya qilingan xorioideyaning maksimal qalinlik sohalarida xorioretinal kompleks anatomik tuzilmalarining topografik o‘zaro munosabatlaridagi ishonchli tafovutlar ilk bor aniqlangan hamda ushbu parametrlarning differensial diagnostika mezonlari sifatida qo‘llanilishi mumkinligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar "Asoratlanmagan paxixoroidni erta subklinik tashxislashda Swept Source OKT angiografiyasining ma’lumotliligi" (RIKMIATM ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, 5-son, 08.09.2025 y) va "Yoshga bog‘lik makulyar degeneratsiyaning «nam» shakli va markaziy seroz xorioretinopatiyaning surunkali shaklining differensial-diagnostik mezonlari" (RIKMIATM ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, 5-son, 08.09.2025 y) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Milliy tibbiyot markazi (buyruq № 01-03/121, 27.11.2025 y.) va Respublika klinik oftal`mologiya shifoxonasi (buyruq № 43-P, 13.11.2025 y.) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: identifikatsiya qilingan xorioideyaning maksimal qalinlik sohalarida xorioretinal kompleks anatomik tuzilmalarining topografik o‘zaro munosabatlaridagi erta dinamik kuzatuv va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish, kasallikning rivojlanish xavfini kamaytirish, ko‘rish o‘tkirligini saqlab qolish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va sog‘liqni saqlash tizimiga ijtimoiy yukni kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Cross Line rejimida aniqlangan differensial-diagnostik mezonlardan qo‘shimcha asbob-uskunalar va tekshiruvlarsiz foydalanish imkoniyati bilan izohlanadi, bu paxixorioidal kasalliklar tashxisi aniqligini oshirish, asossiz qo‘shimcha tekshiruvlar hajmini qisqartirish hamda kasallikni erta va aniqroq aniqlash hisobiga davolash xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: xorioideyaning qalinlashgan sohalarida Cross Line rejimida aniqlangan ob’ektiv differensial-diagnostik mezonlarni joriy etish orqali oftalmologik yordamning sifati va aniqligi oshirildi, bu esa xorioideyaning boshlang‘ich morfologik o‘zgarishlarini paxixorioidal spektr kasalliklarining klinik ko‘rinishlari rivojlanishidan oldin erta tashxislashni ta’minlagan.
uchinchi ilmiy yangilik: sog‘lom shaxslarda xorioideyaning maksimal qalinlik sohalarida angioarxitektonik va mikrotsirkulyator o‘zgarishlar, xususan xoriokapillyarlar gipoperfuziyasi, Sattler qatlamida tomirlararo bo‘shliqning kengayishi, Galler qatlamida tomirlarning tartibsiz joylashuvi, suv ayirg‘ich chizig‘ining qisman saqlanib qolishi, vartikoz venalarning assimetrik joylashuvi va mahalliy kengayish zonalari aniqlandi, bu esa paxixorioidal fenotip asosida yotuvchi patofiziologik mexanizmlarni isbotlagan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar "Asoratlanmagan paxixoroidni erta subklinik tashxislashda Swept Source OKT angiografiyasining ma’lumotliligi" (RIKMIATM ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, 5-son, 08.09.2025 y) va "Yoshga bog‘lik makulyar degeneratsiyaning «nam» shakli va markaziy seroz xorioretinopatiyaning surunkali shaklining differensial-diagnostik mezonlari" (RIKMIATM ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, 5-son, 08.09.2025 y) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Milliy tibbiyot markazi (buyruq № 01-03/121, 27.11.2025 y.) va Respublika klinik oftal`mologiya shifoxonasi (buyruq № 43-P, 13.11.2025 y.) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: paxixorioidal spektr kasalliklarini erta tashxislashni optimallashtirish va profilaktik ko‘riklar samaradorligini oshirish imkonini began, bu esa mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslarning markaziy ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish xavfini kamaytiradi va ko‘rish bo‘yicha nogironlik bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy xarajatlarni kamaytirishi mumkin bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori informativ noinvaziv OKT-angiografiyani usulining tadqiqotga joriy etilishi paxixorioidal fenotipni erta bosqichlarda tashxislash va qimmatli invaziv tekshiruvlar hajmini qisqartirish imkonini berib, davolash xarajatlarini optimallashtirish hamda ko‘rish a’zosi nogironligi bilan bog‘liq bevosita va bilvosita iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytirishni ta’minlagan. Xulosa: en face va xorioidal vaskulografiya rejimlarida OKT-angiografiya natijalarini amaliyotga joriy etish noinvaziv diagnostika aniqligini oshirishga, invaziv tekshiruv usullarini qo‘llash zaruratini va bemorlarga diagnostik yuklamani kamaytirishga yordam bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: paxixoroidal jarayonning unilateral kechishi kuzatilgan bemorlarning intakt juft ko‘zlarida "asoratlanmagan" paxixoroidning potensial biomarkerlari aniqlangan va verifikatsiya qilingan bo‘lib, bu ushbu patologiyani erta doklinik tashxislash va profilaktik monitoring qilish istiqbollarini ochib berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar "Asoratlanmagan paxixoroidni erta subklinik tashxislashda Swept Source OKT angiografiyasining ma’lumotliligi" (RIKMIATM ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, 5-son, 08.09.2025 y) va "Yoshga bog‘lik makulyar degeneratsiyaning «nam» shakli va markaziy seroz xorioretinopatiyaning surunkali shaklining differensial-diagnostik mezonlari" (RIKMIATM ekspertlik kengashi tomonidan tasdiqlandi, 5-son, 08.09.2025 y) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Milliy tibbiyot markazi (buyruq № 01-03/121, 27.11.2025 y.) va Respublika klinik oftal`mologiya shifoxonasi (buyruq № 43-P, 13.11.2025 y.) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi o‘z vaqtida profilaktik monitoringni amalga oshirish, kasallikning asoratlangan shakllari rivojlanishining oldini olish, ko‘rish funksiyalarini saqlab qolish va nogironlik darajasini pasaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Aniqlangan biomarkerlarning qo‘llanilishi paxixorioidal jarayonni erta aniqlashga, kasallikning asoratli shakllari rivojlanish chastotasini kamaytirishga, qimmat davolanishga (intravitreal terapiya, lazer va jarrohlik aralashuvlariga) bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga imkon bergan. Ishlab chiqilgan diagnostik yondashuvning klinik amaliyotga joriy etilishi sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan oqilona foydalanishni va bemorlarning mehnat qobiliyatini yo‘qotishi bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy xarajatlarni kamaytirishni ta’minlagan. Xulosa:Swept Source OKT, angiografik modul` va qisqa to‘lqinli autofluoressensiyani birgalikda qo‘llashda "asoratlanmagan" paxixoroidning potensial biomarkerlarini aniqlash va tekshirish, unilateral kechishida kontralateral ko‘zlarni o‘z ichiga olgan paxixoroidal jarayonda erta klinikagacha tashxis qo‘yish va maqsadli profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini bergan.