Axmedov Akmaljon Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi: Bazalt va po‘lat tolalari bilan dispers armaturalangan egiluvchi temir beton elementlarning deformatsiyalanuvchanligi, darzbardoshligi va mustahkamligi.
Ixtisoslik shifri: 05.09.01–Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4304.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xolmirzaev Sattar Abdujabbarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.15.04
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muxammadiev Ne’matjon Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Baxtiyor G‘ulomjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi fibrobetondan tayyorlangan egiluvchi temir beton elementlarning deformatsiyalanuvchanligi, darzbardoshligi va mustahkamligini tadqiq etishdan iborat.
III.Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
eksperimental tadqiqotlar natijasida bazalt tolalari bilan dispers armaturalangan fibrobetonlarning prizmatik mustahkamlik koeffisienti og‘ir betonnikidan farqli bo‘lib, uning qiymati Rb/R=0,85 qabul qilinishi kerakligi asoslangan;
bazalt va po‘lat tolalari bilan dispers armaturalangan fibrobetonning elastiklik moduli og‘ir betonnikidan yuqori ekanligini hisobga olgan holda uni aniqlash formulasi ishlab chiqilgan;
bazalt va po‘lat tolalari bilan dispers armaturalangan egiluvchi temir beton elementlarning darzbardoshligini hisoblash takomillashtirilgan;
bazalt va po‘lat tolalari bilan dispers armaturalangan egiluvchi temir beton elementlarning solqiligini hisoblash formulasi ishlab chiqilgan;
tajriba sinovlari va nazariy hisoblashlar natijalariga asoslanib, bazalt va po‘lat tolalarini optimal nisbatlarda birgalikda qo‘llanilishi orqali dispers armaturalangan fibrotemirbeton to‘sinlarning darzbardoshligi oddiy betondan tayyorlangan temir beton to‘sinlarga nisbatan 1,4÷1,8 martaga yuqori ekani aniqlangan va ilmiy jihatdan asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bazalt va po‘lat tolalari bilan dispers armaturalangan egiluvchi temirbeton elementlarning deformatsiyalanuvchanligi, darzbardoshligi va mustahkamligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bazalt va po‘lat tolalari bilan dispers armaturalangan fibrobeton va fibrotemirbeton, “Jiydakapa industry” MChJ qurilish ishlab chiqarish korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025 yil 27-dekabrdagi 34-06/15520-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bazalt tolalari bilan dispers armaturalash jarayonida mustahkamlikni ortishiga va shu bilan birga namunalarning siqilishdagi mustahkamligini oʻrtacha 38,5% ga ortishiga erishilgan;
fibrobetondan tayyorlangan egiluvchi temir beton konstruksiyalarning deformatsiyalanuvchanligi, darzbardoshligi va mustahkamligini hisoblash dasturi “Yuksalish qurilish loyiha ishlari” MChJ loyihalash ishlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025 yil 27-dekabrdagi 34-06/15520-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihalash va hisoblash jarayonlariga sarflanadigan mehnat sarfi va vaqtni 12% gacha tejalishiga erishilgan;
bazalt tolalarining beton buyum matrisasida teng taqsimlanishini aniqlash DF hisoblash dasturi “Namangan viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi” ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025 yil 27-dekabrdagi 34-06/15520-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihalash va hisoblash ishlarini bajarish vaqti 10–20 % ga qisqartirildi, beton va armatura sarfining optimallashtirilishi hisobiga material tejamkorligi 8–12 % ga tejalishiga erishilgan.