Muhibova Ul`patxon Uchqunovnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

   I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Boburiylar davri bhakti adabiyoti» 10.00.05 Osiyo va Afika xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha (filologiya fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /filologiya fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Fil.243.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: A.M. Mannonov, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 16.07.2013.Fil.09.01.

Rasmiy opponentlar: B.To‘xliev, filologiya fanlari doktori, professor; R.Inomxo‘jaev, filologiya  fanlari doktori; Sh. Sirojiddinov, filologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot:  Alisher Navoiy  nomidagi davlat Adabiyot muzeyi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

   II. Tadqiqotning maqsadi: Hindistonda boburiylar hukmronligi davrida rivojlangan bhakti adabiy merosi, shu merosni yaratgan bhakt shoirlar ijodi hamda bhakti adabiyoti rivojiga boburiylar sulolasining qo‘shgan hissasi masalalarini manbalar asosida tadqiq etishdan iborat.

   III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Ilk bor boburiylar sulolasi faoliyatining bhakti adabiyoti rivoji va takomiliga qo‘shgan hissasi manbalar asosida baholangan;

XVI–XVIII asrlar ijtimoiy va diniy–falsafiy qarashlar tizimini qiyosiy tahlili asosida bhakti ta’limotining hal qiluvchi ahamiyati asoslab berilgan;

Boburiylar davridagi mavjud turkiyzabon, saroy, sidh, nath, jayn va tasavvuf kabi adabiy manbalar kesimida bhakti adabiyotining yetakchi mavqei ochib berilgan;

bhakt shoirlar ijodida bhakti g‘oyalarining aks etishi va ularning o‘rta asr hind jamiyati taraqqiyotida tutgan o‘rni yoritib berilgan;

bhakti adabiyotining qadimiy hind eposlari bilan uzviy bog‘liqligi bhakt shoirlar ijodidagi syujet, obraz va motivlar bilan tasdiqlangan;

bhakti adabiy merosi yo‘nalishlar asosida ilk bor tasnif etilgan va bhaktida o‘ziga xos dunyoqarashga ega bo‘lgan, bhaktining yangi yo‘llariga: एकला चलो (ekla chalo) – «mustaqil bo‘l», निज आनंद (nij anand) – «o‘zing rohatlan», ज्योति के साधक (jyoti ke sadhak) – «sham nuri gadosi», गुरुभक्ति (gurubhakti) – «ustozga sadoqat» kabi) asos solgan, boburiy shohlar bilan yaqin munosabatlarda bo‘lgan shoirlar ijodi ilmiy doiraga kiritilgan;

bhakti adabiy merosining til va uslub masalalari badiiy asarlarda uchraydigan त्तसम (tatsam) – sanskrit tilidan o‘zgarishsiz o‘tgan, तद्भाव (tadbhao) – sanskrit tilidan shakli o‘zgargan holda o‘tgan, देशज (deshaj) – mahalliy, प्रांतीय (prantiy) – hududiy hamda boshqa tillardan (jumladan, fors va arab tillaridan) o‘zlashgan so‘zlar o‘rganilgan hamda asarlarning uslubiy o‘ziga xosligi aniqlangan;

qadimda shakllangan hind milliy qadriyat va an’analarining o‘rta asrlarda bhakti g‘oyalari bilan boyitilgani, ularning jamiyatda tutgan o‘rnining mustahkamlangani bhakt shoirlar ijodida aks etgan turli milliy bayram, urf–odat, milliy qadriyat va an’analar asosida isbotlab berilgan.

   IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ilmiy ishning natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:

Tadqiqot natijalari asosida 2008 yilda «Hind adabiyoti (qadim va o‘rta asrlar) » nomli darslik chop etilgan. (12.03.2008; 15/12);

o‘rta asr tasavvuf falsafasi bilan bhakti falsafasini qiyosiy o‘rganishda OT–F8–138 «Tasavvuf adabiyoti lingvopoetikasi (forsiy va turkiy manbalar asosida)» (2006–2008) amaliy loyihasida bhakti ta’limoti bilan bog‘liq materiallardan foydalanilgan;

hind adabiyotida «varta» agiografik janri mavzusi bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqot natijalaridan A 2–238 «Tasavvuf adabiyotining janrlar tizimi» (2006–2008) ilmiy loyihasida sharq adabiyotida agiagiografik janrlar tizimini o‘rganishda foydalanilgan;

bhakti ta’limotining ildizlari va nazariyalari haqidagi qarashlar bo‘yicha olingan natijalardan A2–243 «Sharq falsafasi va uning zamonaviy O‘zbekiston qadriyatlaridagi tutgan o‘rni» (2006–2008) davlat ilmiy loyihasida o‘rta asrlar hind falsafiy qarashlari masalasini o‘rganishda qo‘llanilgan;

bhakti adabiyotida komil inson konsepsiyasi masalasi bo‘yicha erishilgan natijalardan F–1–140 «Sharq falsafasining axloqiy qadriyatlari va ularning O‘zbekiston ma’naviy hayotidagi o‘rni» (2011–2014) davlat ilmiy loyihasida sharq axloqiy qadriyatlarining asosiy tamoyillarini o‘rganishda foydalanilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish