Daniyarov Quatbay Dauirxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tartibga solishning moliyaviy mexanizmini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt34.
Ilmiy rahbar: Zaynalov Jahongir Rasulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbanov Xayrilla Abdurasulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tartibga solishning moliyaviy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari kreditlarining asosiy kapitalga qilingan investisiyalarni moliyalashtirish hajmidagi salmog‘ini kreditlashning lizing, faktoring, forfeyting shakllarini qo‘llash orqali oshirish taklif etilgan;
kichik biznes sub’ektlarining eksport faoliyatini moliyalashtirish jihatidan qulay va muvofiq bo‘lgan moliyaviy resurs turlarini jalb qilish va joylashtirilishini ta’minlash orqali eksportdagi ulushini oshirish taklif qilingan;
fermer xo‘jaliklari faoliyatini moliyalashtirish hajmini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning bonifikatsiya va kafolat usullaridan foydalanishni kengaytirish orqali oshirish asoslangan;
fermerlarning tashqi savdo faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish maqsadida to‘lov majburiyatlari va tovarlar sifati yuzasidan beriladigan kafolatlar va hujjatlashtirilgan akkreditivlardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tartibga solishning moliyaviy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini modernizatsiyalash jarayonini kreditlashning innovatsion usullarini qo‘llash orqali tijorat banklari kreditlarining asosiy kapitalga qilingan investisiyalarni moliyalashtirish hajmidagi salmog‘ini oshirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2019 yil 28 martdagi 01/10-14/1–son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik sub’ektlarining asosiy kapitalga qilingan investisiyalarini moliyalashtirishning umumiy hajmida tijorat banklari kreditlarining salmog‘i 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 1,9 foizli punktga oshganligi ko‘zda tutilgan;
kichik biznes sub’ektlarining eksportini tartibga solishning moliyaviy mexanizmini takomillashtirish orqali kichik biznesning eksportdagi ulushini oshirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2019 yil 28 martdagi 01/10-14/1–son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi eksporti hajmida kichik biznesning ulushi 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 1,1 foizli punktga oshish imkoniyati yaratilgan;
fermer xo‘jaliklari faoliyatini moliyalashtirish jarayonini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning bonifikatsiya va kafolat usullaridan foydalanishni kengaytirish orqali fermer xo‘jaliklari faoliyatini moliyalashtirish hajmiin oshirish taklifi O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi tomonidan joriy etilgan. (O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashining 2019 yil 15 iyuldagi 01/03-2002–son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan moliyaviy mablag‘lar hajmi 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 13,7 foizga oshganligi ko‘zda tutilgan;
fermerlarning tashqi savdo faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish maqsadida to‘lov majburiyatlari va tovarlar sifati yuzasidan beriladigan kafolatlar va hujjatlashtirilgan akkreditivlardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish taklifi O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi tomonidan joriy etilgan (O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashining 2019 yil 15 iyuldagi 01/03-2002–son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi savdo faoliyati bo‘yicha to‘lovlari hajmi 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 17,3 foizga oshishiga erishgan.