Raxmonova Nigina Tolibovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ma’naviy barqarorlik: mazmuni va mezonlari, mustahkamlash imkoniyatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal1166
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02  
Ilmiy rahbar: Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori, professor 
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Muxtorov Azamat Muxtorovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat iqtisodiyot va servis instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi ma’naviy barqarorlikni mustahkamlash imkoniyatlarini asoslab berishdan dan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatning ma’naviy barqarorlik darajasi mavjud siyosiy dasturlar xarakteri, inson huquq va erkinliklarining ta’minlanganligi, axloqiy muhit, diniy bag‘rikenglik tamoyilining amaliyotga tatbiq etilganligi, ilm-fan nufuzi hamda ziyoli maqomi, badiiy adabiyot va san’at asarlarining ommalashgani, tarixiy xotiraning shakllanganligi, mafkuraviy plyuralizmning qaror topganligi kabi o‘ziga xos pragmatik mezonlar bilan bog‘liq ekanligi asoslangan; 
jamiyatning ma’naviy barqarorligiga tahdid soluvchi millatchilik, diniy mutaassiblik, axborot xurujlari, mafkuraviy tajovuzlar, tarixiy voqeliklarni noxolis talqin qilish, madaniy degradatsiyaning kuchayishi, inson huquqlarining axloqdan ayri holda talqin etilishi, ilm-fan rivojida nooqilona tendensiyalarning yuzaga kelishi bilan bog‘liq omillarning bartaraf etishga qaratilgan innovatsion mexanizmlari ochib berilgan;
jamiyat ma’naviy barqarorlik darajasini baholashda ijtimoiy birdamlik, hamjihatlik, ochiqlik, shaffoflik va bag‘rikenglik kabi indikatorlar shaxslararo ishonch, ijtimoiy mas’uliyat va ma’naviy muhitning sog‘lomligini ifodalovchi determinant mezonlar ekani asoslangan;
O‘zbekiston jamiyati ma’naviy barqarorligini mustahkamlashda ijtimoiy ruhiyatni ijtimoiy ishonch, hamjihatlik va daxldorlik hissi asosida takomillashtirish, milliy mafkurani milliy qadriyatlar va zamonaviy islohotlar uyg‘unligida rivojlantirish hamda ma’naviy ishlab chiqarish jarayonini ta’lim, tarbiya, ma’rifat va axborot-kommunikatsiya muhiti ta’sirchanligini oshirish orqali optimallashtirishga oid takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistondagi ma’naviy barqarorlik negizlari va ularni mustahkamlash imkoniyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
jamiyatning ma’naviy barqarorlik darajasi mavjud siyosiy dasturlar xarakteri, inson huquq va erkinliklarining ta’minlanganligi, axloqiy muhit, diniy bag‘rikenglik tamoyilining amaliyotga tatbiq etilganligi, ilm-fan nufuzi hamda ziyoli maqomi, badiiy adabiyot va san’at asarlarining ommalashgani, tarixiy xotiraning shakllanganligi, mafkuraviy plyuralizmning qaror topganligi kabi o‘ziga xos pragmatik mezonlar bilan bog‘liq ekanligiga oid umumlashma va xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-raqamli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 3-maydagi 04/11-5795-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonda ma’naviy barqarorlikni mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan omillarni aniqlashga xizmat qilgan;
jamiyatning ma’naviy barqarorligiga tahdid soluvchi millatchilik, diniy mutaassiblik, axborot xurujlari, mafkuraviy tajovuzlar, tarixiy voqeliklarni noxolis talqin qilish, madaniy degradatsiyaning kuchayishi, inson huquqlarining axloqdan ayri holda talqin etilishi, ilm-fan rivojida nooqilona tendensiyalarning yuzaga kelishi bilan bog‘liq omillarning bartaraf etishga qaratilgan innovatsion mexanizmlarga doir taklif va tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2024-yil uchun chora tadbirlar dasturining III yoʻnalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 19-bandi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 12-maydagi 10/270-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistondagi ma’naviy barqarorlikni mustahkamlash imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
jamiyat ma’naviy barqarorlik darajasini baholashda ijtimoiy birdamlik, hamjihatlik, ochiqlik, shaffoflik va bag‘rikenglik kabi indikatorlar shaxslararo ishonch, ijtimoiy mas’uliyat va ma’naviy muhitning sog‘lomligini ifodalovchi determinant mezonlar ekaniga oid mulohazalar va takliflardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining II bo‘limi “Ma’naviy yuksalish va madaniyatni rivojlantirish. 2.1. Milliy madaniyat va ma’naviyatni rivojlantirish, Qadriyatlarni asrash va boyitish. 2.2 Madaniy meros muhofazasi, undan foydalanish, tashkiliy huquqiy asoslari” bandlar ijrosini ta’minlashda hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbir dasturining ssenariysini yaratish va amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2025-yil 5-iyundagi 02/06-55-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiyaning saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda, yoshlarning ongida ma’naviy barqarorlik tushunchasining mazmun-mohiyati, uni belgilovchi asosiy mezonlar hamda zamonaviy sharoitda uni mustahkamlash imkoniyatlarini takomillashtirish hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yanada rivojlantirishda xizmat qilgan;
O‘zbekiston jamiyati ma’naviy barqarorligini mustahkamlashda ijtimoiy ruhiyatni ijtimoiy ishonch, hamjihatlik va daxldorlik hissi asosida takomillashtirish, milliy mafkurani milliy qadriyatlar va zamonaviy islohotlar uyg‘unligida rivojlantirish hamda ma’naviy ishlab chiqarish jarayonini ta’lim, tarbiya, ma’rifat va axborot-kommunikatsiya muhiti ta’sirchanligini oshirish orqali optimallashtirishga oid takliflardan “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatilgan “Assalom, O‘zbekiston”, “Hayot va xayol yoʻllarida”, “Hidoyat sari” teledasturlarini ssenariylarini tayyorlash faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi» davlat muassasasining 2025-yil 29-apreldagi 05-09-576-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlarning ilmiy ommabopligini ta’minlashga va keng jamoatchilik orasida ma’naviy yuksalish jamiyatni axloqan poklash va barqarorlikni ichki ruhiyat asosida mustahkamlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish