Umurzakova Dilorom Abdumuminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi bilan kasallangan bemorlarning xavf omillarini gigienik baholash va profilaktikasini takomillashtirish», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Tib3933.
Ilmiy rahbar: Mamatkulov Baxramjon, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Xamrakulova Mukaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Li Marina Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozg‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: ijtimoiy-gigienik xavf omillarini kompleks o‘rganish asosida UPO profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor umurtqa pog‘onasi osteoxondrozining rivojlanishida ijtimoiy-gigienik, xulqiy va kasbiy xavf omillarining ahamiyati «hodisa–nazorat» usuli asosida kompleks baholanib, yashash sharoitlari o‘xshash bo‘lgan aholi guruhlarida kasallikning gospitalizatsiyani talab etuvchi shakllari shakllanishida tibbiy-ijtimoiy omillar ta’sirining hududiy xususiyatlari aniqlangan;
mehnat faoliyatining xususiyati va og‘irligi, irsiy moyillik, majburiy ish holatida mehnat qilish va og‘ir yuklarni ko‘tarish, ish joyida hamda kundalik hayotda stress ta’sirlariga duch kelish kabi eng yuqori prognostik ahamiyatga ega xavf omillari asosida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari sharoitida aholini umurtqa pog‘onasi osteoxrozi rivojlanish xavfi darajasi bo‘yicha tabaqalash imkonini beruvchi prognostik jadval ishlab chiqilgan;
bemorlarda umurtqa pog‘onasi osteoxondrozining residivlari chastotasi va depressiv buzilishlarning og‘irlik darajasi o‘rtasida kuchli musbat korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi (r=0,71; p<0,001) hamda profilaktik chora-tadbirlari tizimiga psixologik korreksiya tadbirlarini kiritish zarurati isbotlangan;
birlamchi tibbiy-sanitariya yordam bosqichida tarkibiga gigienik ko‘nikmalarini shakllantirish, davolashga sodiqlikni oshirish hamda kasallikning residivlari chastotasini kamaytirishga yo‘naltirilgan «Umurtqa pog‘onasini sog‘lomlashtirish maktabi» ta’lim moduli kiritilgan umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi bilan og‘rigan bemorlarni klinik-dispanser kuzatuvining kompleks modeli asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Umurtqa pog‘onasi osteozondrozining profilaktikasini takomillashtirishda gospitalizatsiya qilingan bemorlar kasallanishini va xavf omillarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor umurtqa pog‘onasi osteoxondrozining rivojlanishida ijtimoiy-gigienik, xulqiy va kasbiy xavf omillarining ahamiyati «hodisa–nazorat» usuli asosida kompleks baholanib, yashash sharoitlari o‘xshash bo‘lgan aholi guruhlarida kasallikning gospitalizatsiyani talab etuvchi shakllari shakllanishida tibbiy-ijtimoiy omillar ta’sirining hududiy xususiyatlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 noyabrda 11-24/413-t-son bilan tasdiqlangan «Umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi rivojlanishiga ta’sir qiluvchi xavf omillari va ularni integral baholash algoritmi» va 11-24/414-t-son bilan tasdiqlangan «Umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi profilaktikasiga tizimli yondashuv usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti Yusuf Otabekov nomli klinikasi bo‘yicha 29.03.2025 yildagi 45-i/ch-son hamda Toshkent shahar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 02.04.2025 yildagi 378-14-197-TV/2025-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 10 iyundagi 10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: osteoxondroz diagnostikasi va davolashda yagona yondashuvlarni joriy etish, hududiy xususiyatlarni hisobga olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish va tibbiy yordam sifatini oshirish orqali asoratlar va residivlar kamayishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: resurslardan oqilona foydalanish, takroriy gospitalizatsiyalarni qisqartirish va profilaktika tadbirlarini standartlashtirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
ikkinchi ilmiy yangilik: mehnat faoliyatining xususiyati va og‘irligi, irsiy moyillik, majburiy ish holatida mehnat qilish va og‘ir yuklarni ko‘tarish, ish joyida hamda kundalik hayotda stress ta’sirlariga duch kelish kabi eng yuqori prognostik ahamiyatga ega xavf omillari asosida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari sharoitida aholini umurtqa pog‘onasi osteoxrozi rivojlanish xavfi darajasi bo‘yicha tabaqalash imkonini beruvchi prognostik jadval ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 noyabrda 11-24/413-t-son bilan tasdiqlangan «Umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi rivojlanishiga ta’sir qiluvchi xavf omillari va ularni integral baholash algoritmi» va 11-24/414-t-son bilan tasdiqlangan «Umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi profilaktikasiga tizimli yondashuv usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti Yusuf Otabekov nomli klinikasi bo‘yicha 29.03.2025 yildagi 45-i/ch-son hamda Toshkent shahar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 02.04.2025 yildagi 378-14-197-TV/2025-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 10 iyundagi 10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: osteoxondroz xavf omillarini (yosh, jins, og‘ir jismoniy yuklama, ish vaqtidagi majburiy holat, stress, zararli odatlar) tizimlashtirish va tasdiqlash PMSP darajasida ularni baholash bo‘yicha yagona yondashuvni ta’minladi. Bu xavf guruhlarini erta aniqlash, profilaktik tadbirlarni kengaytirish, kasallanish va xurujlarni kamaytirishga xizmat qiladi. Natijada, mehnatga layoqatli aholi sog‘ligi mustahkamlanib, ijtimoiy tanglik pasayadi. Iqtisodiy samaradorligi: davolashdan profilaktikaga mablag‘lar qayta taqsimlanishi orqali davolash qiymati 3,5–5 mln so‘mlik 100 ta gospitalizatsiyaning oldi olinishi natijasida yiliga 350–500 mln so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: bemorlarda umurtqa pog‘onasi osteoxondrozining residivlari chastotasi va depressiv buzilishlarning og‘irlik darajasi o‘rtasida kuchli musbat korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi (r=0,71; p<0,001) hamda profilaktik chora-tadbirlari tizimiga psixologik korreksiya tadbirlarini kiritish zarurati isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 noyabrda 11-24/413-t-son bilan tasdiqlangan «Umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi rivojlanishiga ta’sir qiluvchi xavf omillari va ularni integral baholash algoritmi» va 11-24/414-t-son bilan tasdiqlangan «Umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi profilaktikasiga tizimli yondashuv usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti Yusuf Otabekov nomli klinikasi bo‘yicha 29.03.2025 yildagi 45-i/ch-son hamda Toshkent shahar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 02.04.2025 yildagi 378-14-197-TV/2025-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 10 iyundagi 10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xavf omillarini erta aniqlash va ularni xavf darajasiga ko‘ra stratifikatsiya qilish osteoxondrozga moyil kontingentlarni o‘z vaqtida qamrab olish, aniq yo‘naltirilgan profilaktika tadbirlarini o‘tkazish, kasallik residivlari va rivojlanish chastotasini kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini oshirish, aholining mehnatga layoqatligini saqlash, shuningdek, surunkali kasalliklarning oldini olishda birinchi tibbiy bo‘g‘inning rolini kuchaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: individuallashtirilgan profilaktika yondashuvi bilan birga qo‘llanilgan prognostik jadval osteoxondroz bilan kasallangan bemorlarning gospitalizatsiya chastotasini yil davomida kamida 15–20% ga kamaytirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi; 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: birlamchi tibbiy-sanitariya yordam bosqichida tarkibiga gigienik ko‘nikmalarini shakllantirish, davolashga sodiqlikni oshirish hamda kasallikning residivlari chastotasini kamaytirishga yo‘naltirilgan «Umurtqa pog‘onasini sog‘lomlashtirish maktabi» ta’lim moduli kiritilgan umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi bilan og‘rigan bemorlarni klinik-dispanser kuzatuvining kompleks modeli asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 22 noyabrda 11-24/413-t-son bilan tasdiqlangan «Umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi rivojlanishiga ta’sir qiluvchi xavf omillari va ularni integral baholash algoritmi» va 11-24/414-t-son bilan tasdiqlangan «Umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi profilaktikasiga tizimli yondashuv usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti Yusuf Otabekov nomli klinikasi bo‘yicha 29.03.2025 yildagi 45-i/ch-son hamda Toshkent shahar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 02.04.2025 yildagi 378-14-197-TV/2025-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 10 iyundagi 10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: takroriy gospitalizatsiyalarni kamaytirish, tibbiy yordamning ochiqligi va uzluksizligini oshirish, statsionar bo‘limlar yuklamasini kamaytirish, bemorlarning qoniqishi va sog‘liqni saqlash tizimiga ishonchini oshirishda namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, bemorlar hayot sifati va dispanser kuzatuvi samaradorligi yaxshilanadi. Iqtisodiy samaradorligi: mehnat qobiliyati yo‘qotilishi va nogironlikning oldini olish, resurslardan oqilona foydalanish va bemorlarning tibbiy xizmatlar bo‘ylab harakatlanish yo‘nalishlarini optimallashtirish hisobiga asoratli holatlarni davolash xarajatlari iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish