Abdullaev Farxod Abdurashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasasini boshqarishda axborot xizmati tizimini takomillashtirish (pedagogika oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.07–Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped700.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti
Ilmiy rahbar: Yuldashev Maqsudjon Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01.
Rasmiy opponentlar: Mirsolieva Muxabbat Tuxtasinovna, pedagogika fanlari doktori (Dsc); Ibraymov Asqar Esbosinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagogika oliy ta’lim muassasalarini boshqarishda axborot xizmati tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy ta’lim muassasasini boshqarishda axborot xizmati tizimi maqsadli yo‘naltirilgan indikatorlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasasini boshqarishda axborot xizmati tizimi uchun shaxsga yo‘naltirilganlik, ijodiy yondashuv, ilmiy-metodik ko‘rsatmalarni intensiv qo‘llash asosida informatsion dasturiy vositalar ishlab chiqilgan;
ta’lim muassasasi boshqaruvida axborot xizmati tizimi ta’lim sifatini oshirishga mo‘ljallangan rejalashtirish, tashkil qilish, bashoratlash, nazorat-administrativ metodlari vositasida takomillashtirilgan;
ta’lim muassasasi boshqaruvi xususiyatlarini baholash darajasini ifodalovchi rejalashtirilganlik, qo‘shimcha ta’lim olish imkoniyatlari resursi, ta’lim muhiti resursi indikatorlari asosida axborot xizmati tizimi modeli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasasini boshqarishda axborot xizmati tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ta’lim muassasasini boshqarishda axborot xizmati tizimi maqsadli yo‘naltirilgan indikatorlarga ustuvorlik berish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiluvchi takliflardan PZ-2014-0905173317 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida axborot-kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tadbiq qilish” mavzusidagi amaliy grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda amalda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3919-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim sub’ektlari faoliyatini axborot ayirboshlash kontekstida zamonaviy yangi yondashuvlar asosida boshqarishni takomillashtirish, tahsil oluvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini avtomatlashtirilgan monitoringini olib borish, o‘zlashtirish natijalarini baholash, ta’lim muassasasini boshqarishda axborot xizmati tizimini baholash imkoniyati vujudga kelgan;
ta’lim muassasasini boshqarishda axborot xizmati tizimi uchun shaxsga yo‘naltirilganlik, ijodiy yondashuv, ilmiy-metodik ko‘rsatmalarni intensiv qo‘llash asosida ishlab chiqilgan informatsion dasturiy vositalardan PZ-2014-0905173317 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida axborot-kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tatbiq qilish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda amalda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3919-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan dasturiy vosita orqali tahsil oluvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari on-line monitoringini, ta’lim sub’ektlari tomonidan didaktik modellarni loyihalash, ulardan ta’lim jarayonida foydalanish, degital va kinestetik hamkorlikni joriy etishga keng imkoniyat yaratilgan;
ta’lim muassasasi boshqaruvida axborot xizmati tizimi ta’lim sifatini oshirishga mo‘ljallangan rejalashtirish, tashkil qilish, bashoratlash, nazorat-administrativ metodlardan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan PZ-2014-0906164153 raqamli «Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘qituvchilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmini ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda amalda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3919-son ma’lumotnomasi). Bu esa, oliy ta’lim muassasalari boshqaruvida ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik adabiyotlarni axborot xizmati kontekstida takomillashtirishga xizmat qilgan;
ta’lim muassasasi boshqaruvi xususiyatlarini baholash darajasini ifodalovchi rejalashtirilganlik, qo‘shimcha ta’lim olish imkoniyatlari resursi, ta’lim muhiti resursi indikatorlari asosida axborot xizmati tizimining takomillashtirilgan modelidan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan PZ-2014-0906164153 raqamli «Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘qituvchilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmini ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda amalda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3919-son ma’lumotnomasi). Bu esa, qo‘shimcha ta’lim olish, seminar, trening, o‘quv mashg‘ulotlarini interaktiv hamkorlik asosida tashkil qilish, ilg‘or pedagogik tajriba almashish, ta’lim sifati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.