Mustafaqulov Asatulla Asrorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagog kadrlar tayyorlash sifatini boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish (Pedagogika va psixologiya yo‘nalishlari misolida)”, 13.00.07–Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped305.
Ilmiy rahbar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Akramova Shaxnoza Abrorovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagog kadrlar tayyorlash sifatini boshqarish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tashkil etuvchi elementlar mazmuni ta’lim sifatini boshqarish tizimi tamoyillari (ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlari, xalqaro standartlar, iste’molga mo‘ljal, doimiy monitoringga ko‘ra) va omillarini (OTM maqsadlari, missiyasi, siyosati, texnologiyalari, vositalari, ilg‘or xorijiy tajribalar, ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash tizimi sifati) aniqlashtirish asosida ochib berilgan;
ta’lim sifatini boshqarishning amaliy-texnologik tuzilmasi axborot-tahliliy, tashkiliy-texnologik, nazorat-diagnostik, korreksion, normativ, integrativ, boshqaruv, faollashtiruvchi va kadrlarni boshqarish funksiyalarini kiritish asosida ishlab chiqilgan;
pedagog kadrlarni tayyorlashda sifatni boshqarishga qaratilgan yondashuvlar SWOT tahlil, kooperativ va refleksiv ta’lim texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etishga yo‘naltirilgan tashkiliy faoliyat jarayonlari (xaritalash, moslashtirish, topshiriqlar, guruhlash) xususiyatlarini belgilash asosida takomillashtirilgan;
pedagog kadrlar tayyorlashning uslubiy-didaktik ta’minoti ta’lim sifatini boshqarishda mavjud innovatsion metodlarning (ekspert baholashi, marketing, benchmarking, reyting) o‘quv samaradorligini oshirish imkoniyatlari hamda talabalarning ta’lim sifatini boshqarishga tayyorgarlik darajasini baholash matrisasidan foydalanishga nazorat-tahlil bosqichida ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pedagog kadrlar tayyorlash sifatini boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tashkil etuvchi elementlar mazmuni ta’lim sifatini boshqarish tizimi tamoyillari va omillarini aniqlashtirishga doir takliflar  «Ta’lim muassasalarini boshqarish» magistratura mutaxassisligi davlat ta’lim standarti hamda malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4732-son ma’lumotnomasi). Natijada yalpi sifat menejmenti talablari asosida ta’lim muassasalarini boshqarish mutaxassisligi o‘quv dasturlari mazmuni takomillashtirilgan;
ta’lim sifatini boshqarishning amaliy-texnologik tuzilmasi axborot-tahliliy, tashkiliy-texnologik, nazorat-diagnostik, korreksion, normativ, integrativ, boshqaruv, faollashtiruvchi va kadrlarni boshqarish funksiyalari, SWOT tahlil, kooperativ va refleksiv ta’lim texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etishga yo‘naltirilgan tashkiliy faoliyat jarayonlari xususiyatlariga doir takliflardan YoA-1-16  raqamli «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi rahbar hamda pedagog kadrlarning malakasini oishirish va qayta tayyorlash bo‘yicha malakaviy tayyorgarlik darajasini kvalimetrik baholash» (2016-2017 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4732-son ma’lumotnomasi). Natijada TQM tamoyillari asosida pedagog kadrlar tayyorlash sifatini boshqarish jarayonida oliy ta’lim muassasasi va ishlab chiqarishning samarali hamkorligini ta’minlashga erishilgan;
pedagog kadrlar tayyorlashning uslubiy-didaktik ta’minotini takomillashirish, ta’lim sifatini boshqarishda mavjud innovatsion metodlarning  o‘quv samaradorligini oshirish imkoniyatlari, ta’lim sifatini boshqarishga tayyorgarlik darajasini baholash matrisasidan foydalanishga nazorat-tahlil bosqichida ustuvorlik berishga doir takliflardan PZ-20170927124 raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4732-son ma’lumotnomasi). Natijada TQM tamoyillari asosida bo‘lajak pedagog kadrlarning amaliy tayyorgarligi samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish