Xusanov Anvar Djumabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yo‘l-transport hodisalarini qayd etishning kriminalistik ta’minotini takomillashtirish», 12.00.09–Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor qidiruv huquqi va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Yu172.
Ilmiy rahbar: Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.I.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Pulatov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Tulaganova Gulchexra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion kriminalistik texnologiyalar yordamida yo‘l-transport hodisasini qayd etishning kriminalistik ta’minoti samaradorligini oshirish yo‘llarini aniqlashga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyat-protsessual qonunchilikda yo‘l-transport hodisasini qayd etishning kriminalistik ta’minoti chog‘ida ekspertiza muassasasidan tashqaridagi ekspertning maqomini huquqiy mustahkamlash lozimligi isbotlangan;
zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida jinoyat sodir etilgan joyni ko‘zdan kechirish vaqtida yo‘l-transport hodisasining qayd etilishini kriminalistik ta’minlashda trasologik kriminalistik ekspertiza va tadqiqotlar, maxsus turdagi avtotexnik va boshqa turdagi ekspertizalarni o‘tkazish amaliyotini joriy etish zarurati ilmiy asoslangan hamda uning tartib-taomillari va mexanizmlari ishlab chiqilgan;
sifatli va maqbul dalillarni to‘plash samaradorligini oshirish uchun qonun hujjatlarida yo‘l-transport hodisasini qayd etishni kriminalistik ta’minlashga imkon beruvchi sud-transport-trasologik, sud-trasologik va boshqa turdagi ekspertizalar o‘tkazish huquqini nodavlat tashkilotlarga ham berishni nazarda tutuvchi normalarni belgilash zarurati ilmiy asoslangan;
yo‘l-transport hodisasini qayd etishning kriminalistik ta’minoti samaradorligini oshirish uchun mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha an’anaviy va maxsus turdagi ekspertizalarni birlashtirish asosida yo‘l-transport hodisasi mexanizmini kompleks tadqiq etish zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlarni ochish va tergov qilish jarayonida yo‘l-transport hodisasining qayd etilishini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yo‘l-transport hodisasini qayd etishning kriminalistik ta’minoti chog‘ida ekspertiza muassasasidan tashqaridagi ekspertning maqomini huquqiy mustahkamlashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 183-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2019 yil 7 avgustdagi 06/1-05/2778-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi qonunchilik va amaliyotda yo‘l-transport hodisasini qayd etishning kriminalistik ta’minoti mexanizmi bilan bog‘liq mavjud huquqiy bo‘shliq va ziddiyatlarning tugatilishiga xizmat qilgan;
zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida jinoyat sodir etilgan joyni ko‘zdan kechirish vaqtida yo‘l-transport hodisasining qayd etilishini kriminalistik ta’minlashda trasologik kriminalistik ekspertiza va tadqiqotlar, maxsus turdagi avtotexnik va boshqa turdagi ekspertizalarni o‘tkazish amaliyotini joriy etishga doir taklif va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi «Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2898-son Qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 2-bobini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2019 yil 20 noyabrdagi 21/1347-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi ilmiy asoslangan dalillar olish uchun yo‘l-transport hodisasini qayd etishda kriminalistik ekspertizalar o‘tkazish mexanizmini mustahkamlashga xizmat qilgan;
ilmiy asoslangan dalillarga ega bo‘lishda yo‘l-transport hodisasining qayd etilishini kriminalistik ta’minlashga imkon beruvchi sud-transport-trasologik, sud-trasologik va boshqa turdagi ekspertizalarni o‘tkazish huquqini nodavlat tashkilotlarga ham berishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi «Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4125-son Qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan ro‘yxatni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2019 yil 2 dekabrdagi 21/1479-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi sud-transport-trasologik, sud-trasologik va boshqa turdagi ekspertizalarni sifatli o‘tkazish, sud-ekspertiza muassasalarida zamonaviy avtomatlashtirilgan tizim, dastur va ma’lumot bazalari imkoniyatlaridan foydalangan holda ish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
yo‘l-transport hodisasini qayd etishning kriminalistik ta’minoti samaradorligini oshirish uchun mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha an’anaviy va maxsus turdagi ekspertizalarni birlashtirish asosida yo‘l-transport hodisasi mexanizmini kompleks tadqiq etishga qaratilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2017 yil 18 iyundagi «Ekspert-kriminalistika bo‘linmalari ish faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 108-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan yo‘riqnomaning 28-bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2019 yil 7 yanvardagi 21/14-son ma’lumotnomasi). Takliflarning joriy etilishi avtotexnik, trasologik va boshqa turdagi ekspertizalar o‘tkazilishining kriminalistik taktikasini takomillashtirishga, yo‘l-transport hodisasining qayd etilishi, jinoyatlarning ochilishi va tergov qilinishini kriminalistik ta’minlash bo‘yicha amaliyot samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish