Karimov Dilshod Abdumalikovichning 
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mintaqa iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish (Surxondaryo viloyati misolida)”, 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt1338.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Zokirov Sayidfozil Sayidakbarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, DSc.16/2025.27.12.I.02.01.
Rasmiy opponentlar: Valiev Bobir Botirovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Ro‘ziev Oybek Abdimo‘minovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatida iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanishga oid taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ikki bosqichdan iborat reyting ko‘rsatkichlari shakllantirilgan va ular asosida hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash uslubiyati ishlab chiqilgan;
Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uchun – 15 mln. so‘m, 1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun – 20 mln. so‘m, 2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun – 25 mln. so‘m miqdorida subsidiya ajratish to‘g‘risidagi taklif asoslangan;
Surxondaryo viloyati Bobotog‘ o‘rmon xo‘jaligining tog‘ va tog‘oldi hududlarida 1400 gektar maydonda pista plantatsiyalarini barpo etish bo‘yicha taklif asoslangan;
raqobat afzalliklaridan samarali foydalanishni eʼtiborga olgan holda Surxondaryo viloyati va tumanlarining 2030 yilgacha eksport salohiyatini keskin oshirishni ko‘zda tutuvchi maqsadli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya ishida olingan ilmiy natijalar asosida:
ikki bosqichli reyting ko‘rsatkichlaridan iborat hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash uslubiyati bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida” PQ-4702-son Qarorining 1-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026 yil 17 martdagi 02/30-6052-son ma’lumotnomasi). Bu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash imkonini bermoqda;
Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uchun – 15 mln. so‘m, 1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun – 20 mln. so‘m, 2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun – 25 mln. so‘m miqdorida subsidiya ajratish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 24 apreldagi “Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi 218-sonli qarori ilovasining 4-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 17 iyundagi 04/30-13274-son ma’lumotnomasi). Bu taklifni amaliyotda qo‘llash maqsadida oxirgi bir yil ichida mehmonxonalar qurish uchun viloyatda 2425 mln. so‘m miqdorida subsidiyalar ajratilgan va 11 ta yangi mehmonxona (xonalar soni – 231 ta, o‘rinlar soni – 441ta) ishga tushirilgan. Natijada 78 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan;
Surxondaryo viloyati Bobotog‘ o‘rmon xo‘jaligining tog‘ va tog‘oldi hududlarida 1400 gektar maydonda pista plantatsiyalarini barpo etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 fevraldagi «2021-2023 yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotog‘ hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4995-son qarori 9-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 17 iyundagi 04/30-13274-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif tufayli Bobotog‘ davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida 1700 ga maydonda pista va bodom plantatsiyalari barpo etildi, buning uchun 1648 kg urug‘lik sarflanib, 293,3 mln. so‘mlik ishlar bajarildi;
raqobat afzalliklaridan samarali foydalanishni eʼtiborga olgan holda Surxondaryo viloyati va tumanlarining 2030 yilgacha ishlab chiqilgan eksport salohiyatini keskin oshirishni ko‘zda tutuvchi maqsadli prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 10 maydagi “2022-2026 yillarda Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 245-son Qarorining 1-ilovasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 17 iyundagi 04/30-13274-son ma’lumotnomasi). Bu maqsadli prognoz parametrlari kelgusida eksportbop qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish va mintaqa eksport salohiyatini yuksaltirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish