Karimov Mohir Ma’rifovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Surunkali buyrak etishmovchiligi bor bemorlarda almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarni qo‘llashning samaradorligi», 14.00.05– ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari)

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim-izlanuvchi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Tib.24.

Ilmiy maslahatchi: Daminov Botir Tungunpulatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti huzuridagi, 16.07.2013.Tib.19.01.

Rasmiy opponentlar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Gadaev Abdig‘affor, tibbiyot fanlari doktori, professor, Roytman Aleksandr Pol`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Andijon tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

   II. Tadqiqotning maqsadi. SBE dializ oldi davridagi bemorlarda kasallikning transformatsiya “indikatori” sifatida SBE terminal bosqichiga o‘tishida oqsil-energiya muvozanatini va buyraklar  gemodinamikasi xolatini o‘rganish va almashinmaydigan aminokislotalar bilan kompleks davolash samaradorligini baholash..

   III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

ilk bor nutritiv status ko‘rsatkichlarining informativligi, organizmning aminokislota tarkibining miqdoriy-sifatiy tavsifi, SBE ni avj olib borishi nuqtai-nazaridan va uning terminal bosqichga o‘tish ehtimoli baholangan. Oqsillar tanqisligi va organizmning aminokislota tarkibini patologik qayta taqsimlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan nutritiv buzilishlar, oqsil-energetik etishmovchiligi va tubuloepitelial shikastlanishlar rivojlanishiga sabab bo‘lishi ko‘rsatilgan;

ilk bor dializgacha bo‘lgan davrda SBE etiologik sabablaridan qat’iy nazar, turli arteriya shoxlarida buyraklar gemodinamikasining xususiyatlari o‘rganilgan va buyrak ichi gemodinamikasidagi buzilishlar arxitektonikasi ko‘rsatilgan. Tubuloepitelial buzilishlarni avj olib borish mexanizmlarida ushbu buzilishlarning ahamiyati aniqlangan;

ilk bor oqsil-energetik disbalans nuqtai-nazaridan almashinmaydigan aminokislotalar ketoanaloglari yordamida oqsil tanqisligi va aminokislota tarkibini buzilishini o‘rnini to‘ldirish orqali, SBE ning dializgacha bo‘lgan davrini uzaytirishdagi samaradorligi isbotlangan.

   IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Dissertatsiyada olingan natijalar SBE mavjud bemorlarda kasallikni kechishi va terminal bosqichiga o‘tishini bashorat qilish maqsadida an’anaviy klinik-biokimyoviy tekshirish usullari bilan birgalikda oqsil energetik balansini (qonda aminokislotalar miqdori) va buyrak gemodinamikasini  (buyrak ichi tomirlari qarshiligini o‘lchash) aniqlash hamda organizmning oqsilga bo‘lgan talabini almashinmaydigan aminokislotalar berish orqali nutritiv statusni yaxshilash bo‘yicha olingan natijalar amaliyotga jumladan Toshkent tibbiyot akadamiyasi 3-klinikasi, Respublika nefrologiya markazi va Toshkent shahar nefrologiya markazi klinikasiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2015 yil 25 noyabrdagi 83/17 son ma’lumotnomasi). Bunda SBE mavjud bemorlarda kasallikni kechishini tarzini bashorat kilish imkoni yaratilib, kasallangan bemorlarda dializgacha bo‘lgan davrni 60-70 foiz uzaytirishga va ularning xayot sifatini yaxshilash imkonini berdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish