Atajanova Guli Maxsudbekovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada paxta to‘qimachilk klasterlarini rivojlantirishning statistik tadqiqoti” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt6353
Ilmiy rahbar: Saidov Dilshodbek Razzakovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Sauxanov Jonibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yaqubova Yulduz Raimovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududiy paxta-to‘qimachilik klasterlarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada paxta-to‘qimachilik korxonalarining daromad taqsimotidagi z-balli anomaliyasini kuzatish asosida maqsadli investisiyalashda ishonchlilik va xavflilik chegaralarini baholashning log-transformlangan F((ln(y^* )-μ)/σ)=α_f probabilistik-uslubiy modeliga asoslangan klasterning integral bahosi (IAL) yordamida investisiya qaytimi yuqori – premium (IAL≥0,7), barqaror – medium (0,4≤ IAL< 0,7), past quvvatli – infirm (IAL<0,4) klaster guruhlarini ajratish usuli taklif etilgan;
mintaqada paxta-to‘qimachilik klasterlarining ishlab chiqarishda innovatsion yondoshuv va energetika samaradorligi, mehnat unumdorligi, eksport salohiyati, investision faolligi, ijtimoiy ta’sir indeksi, sotuv, xarajat va yalpi rentabellik ko‘rsatkichlari negizida shakllantirilgan raqobatbardoshlik indeksining kuchli RI>0,6 va kuchsiz RI≤0,6 mezon ko‘rsatkichlari yordamida takomillashtirilgan barqaror iqtisodiy o‘sish mexanizmi taklif etilgan;
mintaqada to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini innovatsion faollik va CG (Continuous Growth) xususiyatli absolyut marjinal foydali faoliyat ko‘rsatkichlari, eksport hamda mahsulot samaradorligini integrallashtirgan potensial sinergiyasining o‘sish chegaraviy indeksi (0-0,2) juda past, (0,2-0,4) past, (0,4–0,6) o‘rtacha, (0,6–0,8) yuqori o‘rtacha, (0,8–1) yuqori darajalari yordamida tuzilgan klasterlararo samaradorlik xaritasi (efficiency map) asosida klasterli rivojlantirishning EFA modeli taklif etilgan;
Xorazm viloyatida to‘qimachilik va tikuv trikotaj sanoatini klasterli-innovatsion rivojlantirishning ARMAX modellari asosida 2026-2030-yillar uchun prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada paxta-to‘qimachilik klasterlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqada paxta-to‘qimachilik korxonalarining daromad taqsimotidagi z-balli anomaliyasini kuzatish asosida maqsadli investisiyalashda ishonchlilik va xavflilik chegaralarini baholashning log-transformlangan F((ln(y^* )-μ)/σ)=α_f probabilistik-uslubiy modeliga asoslangan klasterning integral bahosi (IAL) yordamida investisiya qaytimi yuqori – premium (IAL≥0,7), barqaror – medium (0,4≤ IAL< 0,7), past quvvatli – infirm (IAL<0,4) klaster guruhlarini ajratish usuli taklifidan Xorazm viloyatini 2025-2026-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini amalga oshirishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 25-martdagi 10-09/2817-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Xorazm viloyati paxta-to‘qimachilik klasterlarini maqsadli investisiyalash mexanizmini ilmiy-metodik takomillashtirishga erishilgan, xavfsiz va ishonchli investision muhitni shakllantirish imkonini bergan;
mintaqada paxta-to‘qimachilik klasterlarining ishlab chiqarishda innovatsion yondoshuv va energetika samaradorligi, mehnat unumdorligi, eksport salohiyati, investision faolligi, ijtimoiy ta’sir indeksi, sotuv, xarajat va yalpi rentabellik ko‘rsatkichlari negizida shakllantirilgan raqobatbardoshlik indeksining kuchli RI>0,6 va kuchsiz RI≤0,6 mezon ko‘rsatkichlari yordamida takomillashtirilgan barqaror iqtisodiy o‘sish mexanizmidan Xorazm viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini amalga oshirishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 25-martdagi 10-09/2817-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Xorazm viloyatida paxta-to‘qimachilik klasterlari raqobatbardoshligini baholash amaliyoti takomillashtirilgan, barqaror iqtisodiy o‘sish mexanizmidan innovatsion samaradorlik va ijtimoiy ta’sir indeksining 9-10 foiz o‘sish sur’atini ta’minlashga xizmat qilgan;
mintaqada to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini innovatsion faollik va CG (Continuous Growth) xususiyatli absolyut marjinal foydali faoliyat ko‘rsatkichlari, eksport hamda mahsulot samaradorligini integrallashtirgan potensial sinergiyasining o‘sish chegaraviy indeksi (0-0,2) juda past, (0,2-0,4) past, (0,4–0,6) o‘rtacha, (0,6–0,8) yuqori o‘rtacha, (0,8–1) yuqori darajalari yordamida tuzilgan klasterlararo samaradorlik xaritasi (efficiency map) asosida klasterli rivojlantirishning EFA modeli taklifidan Xorazm viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini amalga oshirishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 25-martdagi 10-09/2817-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Xorazm viloyatida paxta-to‘qimachilik klasterlari sinergetik quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan. Agroklasterli rivojlantirish mexanizmlarini mahsulot etishtirishda 1,17; foyda marjasida 1,37; innovatsion faollikda 1,43; eksportda 1,3 barobar o‘sish imkonini beruvchi klasterlararo “efficiency map” asosida takomillashtirishga imkon bergan;
Xorazm viloyatida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini klasterli-innovatsion rivojlantirishning ARMAX modellari asosida 2026-2030-yillar uchun prognoz parametrlari Xorazm viloyatini 2024-2025 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini amalga oshirishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 25-martdagi 10-09/2817-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan prognoz parametrlari Xorazm viloyatida to‘qimachilik, tikuv-trikotaj sanoatini kompleks rivojlantirish dasturida muddat bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni asoslashga xizmat qilgan.